Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari Farg’ona polixnika instituti
Download 3.37 Kb.
|
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari Farg’ona pol-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqdimoti Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari
- 2YOKI» - mantiqiy qo‘shish, dizyunksiya» elementi
- ‘EMAS’ - mantiqiy inkor (‘INKOR’, ‘NOT’) elementi
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari Farg’ona polixnika instituti Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplariFarg’ona polixnika instituti71-20 IMT gurux talabasiIsmatov HayotbekningElektronika va sxematexnika fanidan tayyorlaganTaqdimotiMantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplariMantiqiy elementlar mantiqiy funktsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Quyidagi rasmlarda amalda keng tarqalgan asosiy mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplarini tushuntiruvchi sxemalar, jadvallar keltirilgan. Quyidagi 1.6-rasmda «2VA» - mantiqiy ko‘paytirish funksiyasi va bu funksiyani bajaruvchi «konyunksiya» elementining sxematik belgisini va ishlash printsipini tushintiruvchi elektr zanjiri hamda bu elementning “Haqiyqiylik jadvali” tasvirlangan: A va B kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Q chiqishda “1” signali hosil bo‘ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo‘lsa), chiqishda «0» signali hosil bo‘ladi (ya'ni lampa o‘chgan holda bo‘ladi). «2VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida Q = A & B , hamda Q = A*B yoki Q = A ^ B ko‘rinishlardan birortasi bilan tasvirlanashi mumkin. 2YOKI» - mantiqiy qo‘shish, dizyunksiya» elementi:A va B kirishlarga bir vaqtda “0” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulanmagan holda bo‘lsa), Q chiqishda “0” signali hosil bo‘ladi (ya'ni lampa o‘chiq holda bo‘ladi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulansa), chiqishda «1» signali hosil bo‘ladi (ya'ni lampa yorishadi). ‘YOKI’ elementi mantiqiy funksiya sifatida Q = A+B hamda Q = A v B ko‘rinishlarda tasvirlanadi. ‘EMAS’ - mantiqiy inkor (‘INKOR’, ‘NOT’) elementi‘EMAS’ elementining chiqishidagi kod uning kirishidagi kodga nisbatan teskari bo‘ladi. ‘EMAS’ elementi mantiqiy funksiya sifatida quyidgi ko‘rinishda tasvirlanadi: F(x) = x, yoki→Q = x . Sxematik belgisi, ishlash printsipi va haqiyqiylik jadvali quyidagi 1.8-rasmda tasvirlangan: ‘EMAS’ - mantiqiy inkor (‘INKOR’, ‘NOT’) elementi«2VA – EMAS» - mantiqiy ko‘paytirishning inkor elementiBu elementning mantiqiy funktsiyasi Q = AB, yoki→Q = A&B. Quyidagi rasmda 2VA-EMAS (NAND) funktsiyasining U1- bitta elementda hamda 2AND va NOT elementlaridagi realizatsiyasining sxematik belgisi va haqiyqiylik jadvali ko‘rsatilgan. 21 A va B mantiqiy kirish signallari, Q – output – chiqish signali belgisidir. Har bir shematik yechim 1.9-rasmda ko‘rsatilganidek bir hil natija beradi A va B kirishlariga bir vaqtda “1” signali berilsa, Q chiqishda “0” signali hosil bo‘ladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa, chiqishda «1» signali hosil bo‘ladi.http://fayllar.org Download 3.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling