Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari


Download 1.17 Mb.
bet2/5
Sana30.01.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1141974
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu.Mantiqiy amallar

bool a,b,c ;
Mantiqiy toifadagi o`zgaruvchilarga qiymat berish quyidagicha amalga oshiriladi:
a = true; // rost, 1
b = false; // yolg`on, 0
Biz mana shu mantiqiy elementlardan «If» yordamida shartni murakkablashtitrish uchun foydalanamiz.
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsipi quyidagicha

«&&, and» «VA» - mantiqiy ko'paytirish elementi








X va Y(ya`ni A va B) kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z chiqishda “1” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo'lsa), chiqishda «0» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi).


Mantiqiy ko`paytirish amalida qo`yilgan barcha shartlar rost ya`ni to`g`ri bo`lsagina buyurilgan jarayon bajariladi.
Hayotiy misol: Agar men darsga o`z vaqtida kelsam va berilgan topshiriqlarni yaxshi bajarsam 5 baho olaman.Bittasi bajarilib ikkinchisi bajarilmasaham 5 baho olmaydi. Demak hamma shartlar rost ya`ni to`g`ri bo`lsagina jarayon bajariladi.
Dasturiy ko`rinishi quyidagicha
«If (darsga vaqtida kelsam VA topshiriqlarni yaxshi bajarsam){5 baho olaman; }»
Hayotiy misol: Agar meni pulim bor bo`lsa VA do`kon ochiq bo`lsa men narsa sotib olaman.Qachonki ikkala shart ham bajarilsa o`shanda narsa sotib olishim mumkin.
«If (pulim bo`lsa VA do`kon ochiq bo`lsa){narsa sotib olaman; }»
2.Topshiriq: 1-knopka bosilib va 2-knopka bosilmay turganda svetodiod yonsin. Knopkalar sonini ko`proq berish ham mumkin.

3.Topshiriq: 1-knopka bosilib va 2-knopka bosilmay turganda svetodiod yonsin va Serial portda « 1-knopka bosildi 2-knopka bosilmadi va svetodiod yondi » degan ma`lumot chiqarilsin.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling