Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari


Download 1.17 Mb.
bet1/5
Sana30.01.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1141974
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu.Mantiqiy amallar


Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari

Button mavzusining oxirgi vazfasini bajarish ya`ni, 2 ta knopka teng bosilgandagina svetodiod yonsin. Bu topshiriqda albatta mantiqiy elementga ehtiyoj paydo bo`ladi. O`quvchilarga vaqt berib fikrlarini tinglash.
Bu holatda «VA» mantiqiy elementi kerak

Insonlar hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ya`ni bir biri bilan gaplashish uchun turli hil ma`lumotlarni ishlatadi.
Mulohaza – biror bir narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatadi. Boshqacha aytganda, mulohaza – narsa yoki hodisaning xususiyati rost yoki yolg’onligi haqida ma`lumot berishi mumkin. Mulohazalar sodda va murakkab bo‘ladi. Faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi.Masalan: « Bugun havo issiq»
Sodda mulohozalardan foydalanib murakkab mulohazalar tuziladi. Ya`ni , bir nechta holatni ifodalovchi mulohazalar murakkab mulohazalar deyiladi. Masalan; « Bugun havo sovuq va yomg`irli». Bu yerda 2 ta holatni ifodalayapti.
Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.
Ana endi mantiqan o`ylab qarasak holatni ifodalayotgan mulohazalar to`g`ri yoki noto`g`ri bo`lishi mumkin. Ya`ni rost yoki yolg`on. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolg‘on” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.
Yuqorida aytib o`tilgan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilardan biz dasturlashda foydalanamiz va ularni mantiqiy elementlar deb ataymiz.
Biz butun sonlarni e`lon qilishda «integer» ya`ni «int» butun sonlar toifasidan foydalanamiz.
Ana endi aynan mantiqiy ma`lumotlarni e`lon qilishda alohida Mantiqiy toifa mavjud. Mantiqiy toifa ikki hil qiymat qabul qilishi mumkin: true (rost, 1) va false (yolg`on, 0). Mantiqiy ma`lumotlarni e`lon qilish uchun «boolen» ya`ni «bool» xizmatchi so`zidan foydalaniladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling