Mantiqiy Funksiyalar


Download 42.5 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1201090
Bog'liq
Mantiqiy Funksiyalar

Mantiqiy Funksiyalar


09/11/2017Iskandar AshurovExcelNo Comments
Excelning shart (IF, ЕСЛИ), “va” (AND, И) hamda “yoki” (OR, ИЛИ) kabi mantiqiy funksiyalarini qanday ishlatishni o’rganing.
Shart (If, Если) funksiyasi
ЕСЛИ (IF) funksiyasi biror shart bajarilishini tekshiradi, va agar rost (TRUE, ИСТИНА) bo’lsa bir qiymatni va agar yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) bo’lsa boshqa bir qiymatni qaytaradi.
C1 katakni tanlang, va quyidagi funksiyani kiriting.
=IF(A1>10,”To’g’ri”,”Noto’g’ri”) yoki
=если(A1>10,”To’g’ri”,”Noto’g’ri”)

ЕСЛИ (IF) funksiyasi “To’g’ri” qaytaradi chunki A1 katakdagi qiymat 10 dan kattaroq.
“VA” (And, И ) Funksiyasi
И (AND) funksiyasi agar barcha shartlar rost bo’lsa, rost (TRUE, ИСТИНА) qiymat qaytaradi, va agar shartlardan ihtiyoriy bittasi yolg’on bo’lsa, yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qaytaradi.
D1 katakni tanlang va quyidagi formulani kiriting.
=IF(AND(A1>10,B1>5),”To’g’ri”,”Noto’g’ri”) yoki
=ЕСЛИ(И(A1>10,B1>5),”To’g’ri”,”Noto’g’ri”)

И (AND) funksiyasi yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qaytaradi chunki B1 katakdagi qiymat 5 dan kata emas. Natijada ЕСЛИ (IF) funksiyasi “Noto’g’ri” qaytaradi.
“Yoki” (Or, Или) Funksiyasi
ИЛИ (OR) funksiyasi agar shartlardan ihtiyoriy bittasi rost (TRUE, ИСТИНА) bo’lsa, rost (TRUE, ИСТИНА) qaytaradi va barcha shartlar yolg’on bo’lsa, yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qaytaradi.
E1 katakni tanlang va quyidagi formulani kiriting.
=IF(OR(A1>10,B1>5),”To’g’ri”,”Noto’g’ri”) yoki
= ЕСЛИ(ИЛИ(A1>10,B1>5),”To’g’ri”,”Noto’g’ri”)

ИЛИ (OR) funksiyasi rost (TRUE, ИСТИНА) qaytaradi, chunki A1 katakdagi qiymat 10 dan kattaroq. Natijada ЕСЛИ (IF) funksiyasi “To’g’ri” qaytaradi.
Umumiy izoh: И (AND) va ИЛИ (OR) funksiyalari 255 tagacha shartlarni tekshira oladi.
Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling