Mantiqiy savol smgs va сotif bo’yicha xalqaro temir yo’l moddiy huquqiy tartibga solishning


Savol:  MDH  davlatlari  doirasida  vasiylik  va  homiylik  tayinlash  qaysi


Download 320.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi320.17 Kb.
#201393
1   2   3   4
Bog'liq
Jo'rayev. xalqaro xususiy huquq. yakuniy

Savol:  MDH  davlatlari  doirasida  vasiylik  va  homiylik  tayinlash  qaysi 

huquqiy normalap asosida amalga oshiriladi. 

 Jismoniy  shaxsning  shaxsiy  qonuni  umumlashgan  qonuniy  tushunchani 

mustahkamlaydi.  Avval  mazkur  tushuncha  faqatgina  xalqaro  xususiy  huquq 

doktrinasida  ishlatilgan  bo‗lib,  normativ-huquqiy  aktlarda  mustahkamlanmagan 

edi.  Shaxsiy  qonun  jismoniy  shaxsning  huquq  layoqati  va  muomala  layoqati, 

shaxsni  bedarak  yo‗qolgan  deb  topish  yoki  uni  vafot  etgan  deb  e‘lon  qilish, 

jismoniy  shaxsning  ismga  bo‗lgan  huquqi,  vasiylik  va  homiylik  masalalarini  hal 

etishda  qo‗llanishi  lozim  bo‗lgan  huquqni  aniqlaydi.  Shu  bilan  birga  shaxsning 

shaxsiy qonunining o‗zi shaxsning fuqaroligi mansub bo‗lgan mamlakat huquqi  – 

lege  nationalis  bilan  yoki  yashash  joy  qonuni  –  lege  domicilii  bilan  belgilanadi. 

Bir-biridan  farqli  ikki  kollizion  bog‗lovchining  birlashuvi  qonun  chiqaruvchiga 

jismoniy  shaxsning  shaxsiy  qonunini  aniqlashning  asosiy  masalalarini  to‗liq 

tartibga solish imkoniyatini berdi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  ravishda  yashayotgan  chet  el 

fuqarolariga O‗zbekiston fuqarolari kabi vasiylik va homiylik to‗g‗risidagi qoidalar 

tatbiq  qilinadi.  Ya‘ni  o‗z  xatti-harakatlarining  mohiyatini  anglamaydigan  yoki 



 

ularni boshqara olmaydigan yoxud 14 yoshga to‗lmagan, ruhiy kasal yoki aqli zaif 



bo‗lgan,  uning  manfaatlarini  himoya  qiladigan  qonuniy  vakillari  bo‗lmagan 

O‗zbekiston  hududida  yashab  turgan  chet  el  fuqarolarining  bolalariga  nisbatan 

vasiylik  tayinlanishi  mumkin.  Homiylik  o‗z  huquqlarini  himoya  qilishga  qodir 

bo‗lmagan  chet  el  fuqarolariga,  fuqaroligi  bo‗lmagan  shaxslarga  nisbatan 

tayinlanadi.  Fuqarolik  kodeksining  1174-moddasida  vasiylik  va  homiylik 

munosabatlarining  kollizion  masalalari  haqida  norma  belgilangan  bo‘lib,  unga 

ko‘ra  voyaga  yetmaganlar,  muomalaga  layoqatsizlar  yoki  muomala  layoqati 

cheklangan  voyaga  yetgan  shaxslar  ustidan  vasiylik  va  homiylik  sud  qaysi 

mamlakatga tegishli bo‘lsa, o‘sha mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi va bekor 

qilinadi.  Vasiyning  (homiyning)  vasiylikni  (homiylikni)  qabul  qilish  majburiyati 

uning  vasiy  (homiy)  tomonidan  belgilanadigan  shaxsiy  qonuni  bo‘yicha 

aniqlanadi. 

    Undan  tashqari,  ―O‗zbekiston  Respublikasida  vasiylik  va  homiylik 

to‗g‗risida‖ nizomga muvofiq vasiylik va homiylik faoliyati: 

a) voyaga yetmaganlarga nisbatan — tuman (shahar) xalq ta‘limi bo‗limlari; 

b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 

deb e‘tirof etilgan fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar tibbiyot birlashmalari

v)  sog‗lig‗ining  holatiga  ko‗ra  homiy  tayinlashga  muhtoj  bo‗lgan  voyaga 

yetgan  muomalaga  layoqatli  fuqarolarga  nisbatan  —  tuman,  shahar  bandlikka 

ko‗maklashish  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  markazlari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

O‗zbekiston  Respublikasidan  tashqarida  yashaydigan,  ota-onasining 

qaramog‗idan  mahrum  bo‗lgan  voyaga  yetmagan,  muomalaga  layoqatsiz  yoki 

muomala  layoqati  cheklangan  O‗zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga,  shuningdek 

sog‗lig‗ining  holatiga  ko‗ra  mustaqil  ravishda  o‗z  huquqlarini  amalga  oshira 

olmaydigan  va  o‗z  majburiyatlarini  bajara  olmaydigan  voyaga  yetgan  O‗zbekiston 

Respublikasi  fuqarolariga  nisbatan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  vasiylik 

yoki  homiylik  belgilash  O‗zbekiston  Respublikasining  konsullik  muassasalari 

zimmasiga yuklanadi. 



 

Vasiylik  va  homiylik  organlaridan  tashqari  boshqa  organlar,  yuridik  va 



jismoniy  shaxslarning  vasiylik  yoki  homiylik  belgilanishiga  muhtoj  bo‗lgan 

shaxslarni aniqlash va joylashtirish bo‗yicha faoliyat yuritishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 

Yuqoridagilardan  xulosa  qilishimiz  mumkinki,  o‗z  xatti-harakatlarining 

mohiyatini  anglamaydigan  yoki  ularni  boshqara  olmaydigan  yoxud  14  yoshga 

to‗lmagan, ruhiy kasal yoki aqli zaif bo‗lgan, uning manfaatlarini himoya qiladigan 

qonuniy  vakillari  bo‗lmagan  O‗zbekiston  hududida  yashab  turgan  chet  el 

fuqarolarining  bolalariga  nisbatan  vasiylik  tayinlanishi  mumkin.  voyaga 

yetmaganlar,  muomalaga  layoqatsizlar  yoki  muomala  layoqati  cheklangan  voyaga 

yetgan shaxslar ustidan vasiylik va homiylik sud qaysi mamlakatga tegishli bo‘lsa, 

o‘sha  mamlakat  huquqi  bo‘yicha  belgilanadi  va  bekor  qilinadi(Fuqarolik 



kodeksining  1174-moddasi).  Shuningdek,  14  yoshga  toʻlmagan  voyaga 


Download 320.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling