Mantiqiy savol smgs va сotif bo’yicha xalqaro temir yo’l moddiy huquqiy tartibga solishning


Download 320.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi320.17 Kb.
#201393
  1   2   3   4
Bog'liq
Jo'rayev. xalqaro xususiy huquq. yakuniy



 

Mantiqiy savol 



SMGS va СOTIF bo’yicha xalqaro temir yo’l moddiy huquqiy tartibga solishning 

asosiy shartlarini yoriting. 

             Xalqaro  temir  yo‘l  orqali  tashish  xalqaro  miqyosda  tashishning  bir  turi 

hisoblanadi.  Xalqaro  tashishlar  ikki  yoki  undan  ortiq  davlatlar  o‘rtasida  ushbu 

davlatlar  tomonidan  tuzilgan  xalqaro  shartnomalarda  belgilangan  shartlar  asosida 

amalga oshiriladigan yuklarni, yo‘lovchilarni va ularning yuklarini tashish. Xalqaro 

tashishlar turli shakllarda amalga oshiriladi, jumladan, transportning qaysi bir turidan 

foydalanishga qarab xalqaro tashish temiryo‗l, avtomobil, havo, dengiz transportida 

tashishlarga  ajratiladi.  Shu  bilan  birga,  xalqaro  yo‗nalishlarda  turli  transport 

vositalari  bilan  tashishlar  (masalan,  temiryo‗l  –  suv  transporti  bilan),  O‗zbekiston 

hududi  orqali  tranzit  hamda  konteynerli  tashishlar  ma‘lum  o‗ziga  xos  xususiyatlar 

bilan ajralib turadi. Amaldagi xalqaro bitimlarning qoidalaridan kelib chiqqan holda 

xalqaro qatnovning quyidagi asosiy turlarini farqlash zarur:  

1.  ishtirok  etuvchi  transport  tashkilotlarining  xususiyatlariga  ko‗ra  – 

transportning  ayrim  turlarida  tashish  va  turli  transport  vositalari  qatnovida 

tashish;  

2.  tashish  predmetiga  ko‗ra  –  yuklarni,  yo‗lovchilarni  tashish,  temiryo‗l 

transportida  esa  yuk  bagajini  (tovar  bagajini)  tashish;  transport 

operatsiyalarining  davriyligiga  qarab  –  muntazam  (yo‘nalishli)  va 

nomuntazam tashishlar;  

3.  yuklar  va  yo‗lovchilar  chegara  punktlaridan  (o‗tib  borilayotgan  portlardan) 

o‗tishi tartibini hisobga olgan holda qayta ortishlarsiz (boshqasiga o‗tirilmay) 

va qayta ortiladigan (boshqasiga o‗tiriladigan) tashishlar;  

4.  tashish  qo‗shni  davlat  hududida  tugallanishi  yoki  tugallanmasligiga  ko‗ra  – 

qo‗shnilararo,  tranzit  va  to‗g‗ridan  to‗g‗ri  o‗tadigan  (aylanma,  halqa 

shaklidagi) tashishlar;  

5.  qatnov  bir  yoki  bir  nechta  tashish  shartnomasi  asosida  amalga  oshirilishiga 

qarab to‗g‗ri bog‗lanadigan, to‗g‗ri bog‗lanmaydigan (bo‗linishli) tashishlar, 

birin-ketin  tashuvchilar  tomonidan  tashishlar  va  yangi  joyga  jo‗natish  bilan 




 

bog‗liq tashishlar;  



6.  transportning  ayrim  tarmoqlarida  xalqaro  qatnovlarning  alohida  turlari  – 

chegara yonidagi (temiryo‗l transporti) tashishlar.

1

  

Quyida  xalqaro  temiryo‘l  tashishlari  va  ushbu  munosabatlarning  SMGS  va 



COTIF  bo‘yicha  tartibga  solinishi  haqida  so‘z  yuritamiz.  Xalqaro  temiryo‗l 

tashishi – ikki va undan ortiq davlatlar o‗rtasida xalqaro temiryo‗l konvensiyalari 

asosida amalga oshiriladigan yuk va yo‗lovchi tashish munosabatlari hisoblanadi. 

Xalqaro  temiryo‗l  tashishlar  bir  necha  shartnomalar  bilan  rasmiylashtiriladi. 

Chegara  stansiyasigacha  yuk  va  yo‗lovchilarning  borishi  jo‗natuvchi  mamlakat 

qonuni bilan rasmiylashtirilsa, chegarani kesib o‗tgandan keyin esa tegishli chet 

el  davlatning  milliy  qonunchiligi  bilan  tartibga  solinadi.  1890-yildan  boshlab 

Yevropa  mamlakatlari  o‘rtasida  temir  yo‘l  transporti  to‘qqizta  davlat,  shu 

jumladan  Rossiya  tomonidan  tuzilgan  ―Temir  yo‘l  orqali  xalqaro  tashish 

to‘g‘risida‖gi  Bern  konvensiyasi  bilan  tartibga  solinmoqda.  1980-yilda  ―Temir 

yo‘l  orqali  yuklarni  tashish  to‘g‘risida‖gi  Bern  konvensiyasi  va  ―Temir  yo‘l 

transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish to‘g‘risida‖gi Bern konvensiyasining 

birlashtirilgan matnini o‘z ichiga olgan xalqaro temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi 

konvensiya (COTIF) qabul qilindi. COTIF xalqaro temir yo‘l transporti shartlari 

bo‘yicha  fuqarolik  qoidalarini  o‘z  ichiga  olgan  ikkita  ilovaga  (A  va  B)  ega. 

Yo‘lovchilarni  tashish  shartlarini  belgilaydigan  A  ilova  hamda  yuklarni  tashish 

shartlarini o‘z ichiga olgan B ilova.

2

 Ushbu Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra, 



ushbu  Konvensiyaning  a‘zolari  Temiryo‘l  orqali  xalqaro  tashish  bo‘yicha 

hukumatlararo  tashkilot  (the  Intergovernmental  Organisation  for  International 

Carriage by Rail – OTIF) tuzishga kelishib oladilar. 5-moddasga muvofiq ushbu 

tashkilotning  asosiy  organlari  belgilab  qo‘yilgan.  Ular  quyidagicha:  Bosh 

Assambleya;  Boshqaruv  Qo‘mitasi;  Kuzatuv  Qo‘mitasi;  Xafvli  yuklarni  tashish 

bo‘yicha  ekspertlar  Qo‘mitasi;  Temiryo‘l  orqali  xalqaro  tashish  Markaziy 

Boshqarmasi.  Xalqaro  tashishlarni  tartibga  solishda  ushbu  Konvensiyaning 

                                                      

1

 Xalqaro xususiy huquq. Darslik. Mualliflar jamoasi. Y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU, 



2019. 200-bet. 

2

 Батычко Т. Международное частное право. 2011. Ст.60. 




 

maqsadlari  2-moddaga  ko‘ra,  xalqaro  miqyosda  a‘zo  davlatlar  o‘rtasida 



yo‘lovchi,  yuk,  tovarlarni  temiryo‘l  orqali  tashishga  oid  munosabatlarga 

qo‘llaniladigan  barqaror  huquq  tiziminishakllantirish  hamda  ushbu  tizimning 

amalda qo‘llanilishi va rivojlanishini ta‘minlashdan iborat.   


Download 320.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling