Mantiqiy savol smgs va сotif bo’yicha xalqaro temir yo’l moddiy huquqiy tartibga solishning
Download 320.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo'rayev. xalqaro xususiy huquq. yakuniy
4
O’zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari vorislik huquqiga egaligini asoslantiring va xalqaro konvensiyalarda keltirilgan kollizion bog’lovchilarni sharhlagan holda munozaraga kirishing. Vorislik huquqi – fuqarolik huquqining instituti sifatida vafot etgan shaxsning huquq va majburiyatlari boshqa shaxsga o‗tishi bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasida vorislik huquqi doirasida chet el fuqarolariga milliy tartib joriy etiladi. O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha chet el fuqarolari mulkni meros qilib qoldirishlari va qabul qilishlari mumkun. Mol-mulkning merosxo‘rlari bo‘lganda ularning huquqlari to‘la ravishda o‘zbekistonlik fuqarolar huquqiga tenglashtiriladi. Shu asosda chet el fuqarolariga milliy tartib qo‘llaniladi va o‘zarolik tadbiq etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1197-moddasiga binoan vorislikka doir munosabatlar meros qoldiruvchi vasiyatnomada o‘zi fuqarosi bo‘lgan mamlakatning huquqini tanlagan bo‘lmasa, meros qoldiruvchi oxirgi doimiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi. Vorislik doirasida meros qoldiruvchining oxirgi turar joyi kollizion tamoyili bo‘lib qoladi. Agar meros qoldiruvchi O‘zbekiston Respublikasida oxiriga turar joyga ega bo‘lgan bo‘lsa bu yerda O‘zbekiston qonunchiligi tadbiq etilishi lozim. Ushbu qonunchilik bo‘yicha merosxo‘rlarning doirasi belgilanadi, meros mulkida ularning ulushlari aniqlanadi. Agarda meros qoldiruvchining oxirgi turar joyi chet el mamlakati bo‘ladigan bo‘lsa, bu holatda ushbu chet el davlatining qonuni tadbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 21-moddasiga binoan fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi. Ko‘chmas mulkka vorislik mazkur mulk joylashgan mamlakat huquqi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining reestrida qayd etilgan mol-mulkka vorislik esa, O‘zbekiston Respublikasining huquqi bo‘yicha belgilanadi Fuqarolik Kodeksining 1199- moddasida ko‘rsatilgan. Vasiyat bo‘yicha vorislik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1198-moddasida shunday holat belgilab qo‘yilgan: shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, shuningdek
5
vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli, agar meros qoldiruvchivasiyatnomada o‘zi fuqaro bo‘lgan mamlakatning huquqini tanlagan bo‘lmasa, hujjat tuzilayotgan paytda meros qoldiruvchi doimiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uning bekor qilinishi, agar shakl hujjat tuzilgan joyning yoki O‘zbekiston Respublikasining huquqi talablarini qanoatlantirsa, shaklga rioya etilmaganligi natijasida haqiqiy emas deb topilmaydi. Shunday qilib, vasiyatnoma shaklini aniqlaganda, turar joyi tamoyili asosiy, qolgan tamoyillar esa qo‘shimcha bo‘lib hisoblanadi, vasiyatnoma tuzish layoqatida esa asos qilib turar joy tamoyili olingan. Vorislik bo‗yicha kollizion masalalar asosan har bir davlatning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga vorislik huquqining ayrim masalalariga bag‘ishlangan ko‘ptomonlama xalqaro konvensiyalar ham qabul qilingan. Jumladan, Vasiyatnoma shakli to‗g‗risidagi 1961-yil 5-oktabrdagi konvensiya; 1973-yil 26-oktabrda Vashingtonda o‗tkazilgan diplomatik konferensiyasida Xalqaro vasiyatnomaning shakli to‗g‗risida ko‗p tomonlama Konvensiya qabul qilingan.
6
Kazus 17 Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 173-193-moddalariga koʻra, agar
Oʻzbekiston Respublikasida oʻz xatti-harakatlarining mohiyatini anglamaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan yoxud 14 yoshga toʻlmagan, ruxiy kasal yoki aqli zaif boʻlgan, uning manfaatlarini himoya qiladigan qonuniy vakillari boʻlmagan chet ellik yashab turgan boʻlsa, unga nisbatan vasiylik tayinlanishi mumkin. Homiylik oʻz huquqlarini himoya qilishga qodir boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida istqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan vasiylik va homiylik respublika organlari tomonidan mamlakat qonunchiligiga binoan belgilanadi. Download 320.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling