Mantiqiy savollar


Download 17.09 Kb.
bet2/2
Sana13.11.2023
Hajmi17.09 Kb.
#1771065
1   2
Bog'liq
JH Yakuniy nazorat 2023

Kazuslar
1. T. viloyat o‘rta ta’lim boshqarmasida xodimlar bilan ishlash bo‘limida ishlab kelayotgan tanishi A.dan institutni tugatgan o‘g‘lini ishga joylashtirishga yordam berishini so‘ragan. A. T.ning o‘g‘lini shahardagi maktablarning biriga ishga joylashtirishi evaziga 5 mln. so‘m berishini aytgan. T. ariza bilan shahar prokuraturasiga murojaat qilgan. Pulni olayotgan vaqtida A. prokuratura xodimlari tomonidan ushlangan.
Kazus bo‘yicha savollar:
1. A. ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.
2. Vaziyatni jinoyat qonunchiligi asosida huquqiy tahlil qiling?

2. R. Jizzax iqtisodiy zonasi hududida joylashgan kabel ishlab chiqarish korxonasida texnika xavfsizligi muhandisi lavozimida ishlab kelib, korxona atrof- tabiiy muhitni ifloslantirayotganligi haqida ma’lumotlarni buzib ko‘rsatib kelgan. Bir yil davomida korxonada ishlagan ishchilarning 50 foizi turli allergik kasalliklarga duchor bo‘lishgan.


Kazus bo‘yicha savollar:
R. ning qilmishida jinoyat tarkibi bormi?
Jinoyat tarkibi bo‘lsa R.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling.

3. P. muddatli harbiy xizmatga chaqiruvidan bo‘yin tovlab, harbiy xizmatga bormaslik maqsadida o‘zini daraxtdan yerga tashlab, o‘ng qo‘lini sindirib, o‘ziga tan shikasti yetkazgan. Tergov organi tomonidan unga nisbatan JK 225-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan. Himoyachi P. muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligi sababli unga nisbatan jinoyat ishini tugatib, ma’muriy ish qo‘zg‘atishni so‘radi.


Kazus bo‘yicha savollar:
1. P. ning qilmishini jinoyat tarkibi mavjudmi?
2. Vaziyatga Jinoyat Kodeksi asosida huquqiy baho bering.

4. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha ayb e’lon qilinib, tergov harakatlari olib borilayotgan D. qarindoshi V.dan yolg‘on ko‘rsatma berishi haqida iltimos qiladi. V. tergovda D. jinoyat sodir qilgan kuni u bilan birga Toshkent shahrida bo‘lganligi haqida yolg‘on ko‘rsatuv beradi. Tergov davomida V. yolg‘on ko‘rsatuv berganligi aniqlanadi va unga nisbatan jinoyat ishi qo ‘zg‘atilib, JK 238-moddasi bilan ayb e’lon qilinadi.


Kazus bo’yicha savollar:
1. V. ning qilmishi to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganmi?
2. Vaziyatni huquqiy tahlil qiling.
5. T. 2022-yil yil 1-sentyabr kuni Orom buyum bozori hududida spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda bo‘lib, yonidan o‘tib ketayotgan fuqaro A.ning qo‘lidagi yuki unga tegib o‘tganidan jahli chiqib, uni to‘xtatib, uni haqorat qilib va urib, sog‘ligining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazgan.
Unga nisbatan JK 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kazus bo‘yicha savollar:
T.ning qilmishini kvalifikatsiya qiling?
Vaziyatni jinoyat qonuni asosida huquqiy tahlil qiling.

6.B. Rossiya Federatsiyasida bir yil ishlab uyiga qaytishida ukasi F.ga avval ishlatilgan bir dona uyali aloqa telefonini sovg‘aga oladi va O‘zbekistonga olib kelib ukasiga beradi. S. telefonini o‘rtoqlariga ko‘rsatadi. Telefonni yaxshi biladigan R. uning xotirasida mavjud bo‘lgan diniy mazmundagi videolar borligini ko‘radi va ushbu videolarni sinfdoshlariga ko’rsatishadi.


Kazus bo’yicha savollar:
1.B. F. R. larning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjudmi?
2. Vaziyatni huquqiy tahlil qiling.
Download 17.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling