Mantiqiy topshiriqlar to`plami


Download 98.94 Kb.
Sana13.10.2023
Hajmi98.94 Kb.
#1701203
Bog'liq
MANTIQIY TOPSHIRIQLAR TO


MANTIQIY TOPSHIRIQLAR TO`PLAMI
Didaktik o`yinlar bolaning his tuyg`usiga ta`sir etib unda o`qishga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi.Bolalar o`yinini zo`r mamnuniyat bilan ijro etadi.O`yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar,ularning ongida beixtiyor ertangi o`quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.O`yin jarayonida hatto bolalardan ba`zi birlari bevosita ishtirok etmasa ham ,ular o`yinda imo-ishoralar vositasida bevosita qatnashadilar.Bu esa o`qituvchiga o`quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo`lish imkonini beradi.Biz bilamizki,bolalar o`qishning o`zidagina o`smaydilar,balki ular o`yin jarayonida ham hamjihat bo`lishga ,hayotni bilishga o`rganadilar.Bu o`yinlarda bolalarning o`z-o`zlarini boshqara ,tuta bilishga o`rganishlarini ta`kidlab o`tish lozim.
“UCH BO`G`IN “O`YINI
Bu o`yinda sinf jamoasi 3 guruhga bo`linadi.1 ta o`quvchi tanlab olinib,tashqariga chiqariladi va uch bo`g`inli so`z tanlanib ,har bir guruhga aralashtirib bo`g`inlar beriladi.Tashqaridagi o`quvchi sinf xonasiga kiradi va guruh tomonida bir vaqtning o`zida bo`g`inlar aytiladi va tanlab olingan o`quvchi u so`zni topishi kerak.Masalan :MAM-LA-KAT
“UCH PREDMET” METODI
Bunda o`qituvchi tomonidan 3 predmet tanlab olinadi va o`sha predmet ishtirokida o`quvchilar gap tuzishadi.Masalan:daftar ,ko`zoynak,o`qituvchi.
Xonaga ko`zoynak taqqan va qo`lida daftar ko`targan o`qituvchi kirib keldi.
“XOTIRA MASHQI” O`YINI
Hozirjavoblik va zukkolikni oshirish maqsadida ,ayniqsa birinchi tanishuv darsida qo`llash mumkin bo`lgan o`yin.O`quvchi o`zi ismini aytadi va shu ism bilan boshlanuvchi biror meva nomini aytadi.Adham-Anor .
“BO`G`IN “ O`YINI
O`quvchilarning tezkor fikrlashlari,so`z boyligini aniqlash maqsadida o`tkaziladi.Bunda birinchi aytilgan so`zning oxirgi bo`g`ini keyingi so`zning birinchi bo`g`iniga to`g`ri kelishi kerak bo`ladi. Masalan:Maktab-tabrik,rassom-somsa va hokozo.

“SO`ZDAN SO`Z YASASH” O`YIN


Bu o`yin o`quvchilarni so`z boyligini boyligini oshirishga ,qayta xotiralashga ,va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi.Yozuv taxtasiga o`qituvchi tomonidan bir so`z yozib qo`yiladi.Shundan so`ng o`qituvchi ma`lum vaqt davomida ana shu so`z harflaridan foydalangan holda boshqa so`z yashashlarini aytadi.Belgilangan vaqtda qaysi o`quvchi ko`proq so`z yoza olgan bo`lsa shu o`quvchi g`oliblikni qo`lga kiritadi.Masalan :zanjir –zar,zira ,arz,ariza,jar...

MANTIQIY SAVOLLAR


*32 janchining bir qo`mondoni bor.
Javob:tish,lab,til
*Qaysi hayvonlar doimo ko`zlarini ochib uxlaydilar.
Javob:baliqlar
*Diqqat tungi 12 da yomg`ir yog`sa yana 72 soatdan kiyin quyoshli ob-havo bo`lishini kutish mumkinmi?
Javob:yo`q,negaki 72 soatdan kiyin tun bo`ladi.
*Parkda 8 ta o`rindiq bor,3 tasi bo`yalgan.Parkda nechta o`rindiq bor.
Javob:8 ta
*U narsa ham tepaga chiqadi ham pastga tushadi,lekin joyida qoladi.U nima?
Javob:yo`l
*Daraxtda 7 ta chumchuq bor edi ,ulardan birini mushuk yeb qo`ydi,daraxtda nechta chumchuq qoldi?
Javob:daraxtda tirik qolgan qushlar uchib ketishadi.
*Qiz uzukni choy to`la piyolaga tshladi lekin uzuk ho`l bo`lmadi,bu qanday sodir bo`ladi.
Javob:piyolada quruq choy bo`ladi.
*Fil kabi katta ,lekin o`g`irligi yo`q. nima?
Javob:filni soyasi
*3 ta ayiq qish uyqusiga ketti; Birinchisi 24-dekabrda ikkinchisi 29-dekabrda ,uchinchisi 2- yanvarda uxlab qoldi.Ayiqlarning har biri qachon uyg`onadi.
Javob:bahorda
*Bu paytda ham yengil ,ammo 10 daqiqa ham ushlab tura olmaysiz.Bu nima?
Javob:havo
*Mahmudning 10 ta qo`yi bor edi ,ulardan 9tadan boshqa hamma qo`yi o`lib qoldi.Mahmudda nechta qo`y qoldi.
Javob:9 ta
*U sizga tegishli, ammo boshqalar sizga nisbatan ancha ko`p foydalanishadi.U nima?
Javob:ism
*Kim o`tirgan holda yuradi?
Javob:Shaxmatchilar
*FARQINI TOPING.


Download 98.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling