Manzillash jadvali


Download 215.86 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi215.86 Kb.
#1039606
  1   2   3
Bog'liq
1 laboratoriya Tarmoq xavfsizligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Axborot texnologiyalari ” kafedrasi

Tarmoq xavfsizligi”
fanidan

Laboratoriya ishi

Bajardi: Sapayev Sardor 031-19g


Qabul qildi: Dilsoraxon Fayziyeva

Toshkent 2022

1 – laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish – telnet, ssh.
Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Ushbu laboratoriya ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlarini amalga oshirish.


Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi.

Manzillash jadvali


Qurilma

Interfeys

IP-manzil

Tarmoq maska

Asosiy shlyuz

S1

VLAN 1

192.168.1.100

255.255.255.0

192.168.1.1

PC-A

Tarmoq adapteri

192.168.1.2

255.255.255.0

192.168.1.1


Kommutatorni dastlabki holatini tekshiramiz

Switch> enable
Switch#
Switch# show running-config
2960 kommutatori nechta FastEthernet interfeyslari mavjud? 24 ta
2960 kommutatori nechta Gigabit Ethernet interfeyslari mavjud? 2 ta
VTY-kanalining diapazon qiymati qancha? 0 dan 4 gacha
c. VLAN 1 uchun SVI harakteristikalarini o‘rganing.
Switch# show interface vlan1

VLAN 1 tarmog‘i uchun IP-manzil qo‘yilganmi? Yo`q qo`yilmagan
SVI qanday MAC-manzilga ega? 0004.9aa9.e02b
Ushbu interfeys yoqilganmi? Yo`q
Switch# show ip interface vlan1 qanday ma’lumotlar chiqdi?

Vlan 1 ochirilgan deb chiqdi.

d. Kommutatorning Cisco IOS operatsion tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rganing. Switch# show version

Hozirda ishlab turgan kommutator qaysi Cisco IOS operatsion tizimda ishlaydi? C2960 Software (C2960-LANBASE-M), Version 12.2(25)FX
Tizimning fayl obrazi qanday nomlanadi? C2960 Boot Loader (C2960-HBOOT-M) Version 12.2(25r)FX, RELEASE SOFTWARE (fc4)

Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash


Kommutatorning asosiy parametrlari: qurilmaning nomi, lokal parollar, MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri, boshqaruv manzili va Telnet orqali kirishlarni sozlang

  1. Agar kommutatorning NVRAM xotirasida konfiguratsiyaning fayli saqlanmagan bo‘lsa, siz imtiyoz rejimda bo‘lasiz. Agar qator Switch> ga o‘zgargan bo‘lsa enable ni yozing.

Switch> enable
Switch#

  1. Global konfiguratsiya rejimiga o‘ting.

Switch# configure terminal
Switch(config)#
Global konfiguratsiya rejimini ko‘rsatish uchun qator yana o‘zgardi.

  1. Kommutatorga nom bering.

Switch(config)# hostname S1
S1(config)#


  1. Parolni shifrlanishini sozlang.

S1(config)# service password-encryption
S1(config)#

  1. Imtiyoz rejimiga kirish uchun maxfiy parol sifatida class bering.

S1(config)# enable secret class
S1(config)#

  1. MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) bannerini sozlang.

S1(config)# banner motd # Qurilmaga kirish taqiqlanadi#


  1. Rejimlarga o‘tishdagi o‘tishlarni sozlanganligini tekshiring.

S1(config)# exit
S1# exit
Foydalanuvchi rejimidan imtiyoz rejimiga o‘ting. Parol so‘ralganda class ni kiriting.
S1> enable
Password:
S1#
Izoh: kiritishda Parol ko‘rinmaydi.


  1. Kommutatorning SVI siga IP manzil qo‘yish uchun global rejimga kiring. Bu esa kommutatorni uzoqdan boshqarish imkoniyatini beradi.

S1 kommutatorni uzoqdagi PC-A kompyuter orqali boshqarishdan oldin kommutatorga IP manzil qo‘yish kerak. Kommutatorning dastlabki xolatidagi konfiguratsiyaga asosan kommutatorni boshqarish VLAN 1 orqali amalga oshiriladi.
Kommutatorning ichki virtual interfeys (SVI) VLAN 1 ga IP manzil 192.168.1.100 va tarmoq maskasi 255.255.255.0 ni sozlang.
S1(config)# interface vlan1
S1(config-if)# ip address 192.168.1.100 255.255.255.0
S1(config-if)# no shutdown
S1(config-if)# exit
S1(config)#


Download 215.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling