Maqola haqida


Download 138.78 Kb.
bet2/13
Sana19.06.2023
Hajmi138.78 Kb.
#1611687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Siddiqova Nazokat

Adabiyotlar tahlili
Bolani ruhiy rivojlanishida ota-ona va tarbiyachilarning vazifalari haqida bizgacha juda ulkan me’ros yetib kelgan. Sharq va G‘arb allomalarining bu boradagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolani ruhiy rivojlanishida aynan shu ulkan me’ros bizga dasturi amal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Odam bolasining rivojlanishi-muhim jarayon hisoblanadi. Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi.3 Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta’sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo‘lishi va salbiy tomondan ta’sir qilsa badaxloq kimsaga aylanishi mumkin. Bolaning ruhiy va jismoniy shakillanishiga ta’sir qiluvchi omillar haqida islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G‘arb faylasuflari ham o‘zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Biz G‘arab va Islom dunyosining bolaning ruhiy va jismoniy shakillanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini yoritib o‘tamiz. G‘arbda bolani ruhiy va jismoniy rivojlanishi haqida faylasuflarning quyidagi fikrlar mavjud: Biologik yo‘nalish-bu yo‘nalish tarafdorlari bolaning rivojlanishida-tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidaligi vaqtida avlod-ajdodlaridan o‘tgan tug‘ma xususiyatlargina rivojlandi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo‘yishadi. Yo‘nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi. Preformizim yo‘nalishi-XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyondalarining fikricha, bo‘lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo‘ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishdi. Bixeviorizim yo‘nalishi-bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o‘tadi. Bu bilan E. Torandayk tarbiyaning shaxsning ruhiy va jismoniy rivojlanishiga ta’sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta’sir etishidan ojiz deb biladi. Insonning ruhiy va jismoniy shakillanishida islom dini va mutafakkirlarining asarlarida bolaning shakillanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta’siri alohida ta’kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchli va natjasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo‘lsa, tarbiyaning ta’siri sezilmasligi mumkin. Biz uch omil borasida Islom dini va ulamolari o‘z qarashlarida ahamiyatga molik fikrlar qoldirishgan. Bolaning ruhiy va jismoniya shakillanishida tarbiyaning ahamiyati Islom ulamolaridan Rog‘ib Asfig‘oniy, O‘rta Osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Farobiy, Abu Ali inb Sino kabi buyuk allomalarimiz bola shasining rivojlanishida ota-onaning ta’siri borasida qimmatli fikrlarini qoldirishgan. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to‘xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq-odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko‘maklashishi ilm-fan va kasb-hunar egallashining moddiy asosi bo‘lmish oziq-ovqat, kiyim-kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jonbozlik ko‘rsatishi kerak. Mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar obro‘yini bolaga ta’sir kuchi haqida ham fikr yuritgan. Bu esa hozir zamon maktabgacha ta;lim tashkilotlari talablariga javob bera oladi. U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta’sirining bor kuchiobro‘ga asoslanadi deydi. Biroq bu obro‘ tabiatan berilmaydi., sun’iy ravishda yaratilmaydi, qo‘rquv, qo‘rqitish, zo‘rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatidan kelib chiqadi, deb ta’kidlaydi. Buyuk bobokalaonimiz Alisher Navoiy xulq-atvorning eng oddiy masalalarini ham chetda qoldirmagan edi. Alisher Navoiy oilad bola tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli-tumanligi, ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-onaning haddan tashqari hukmronlikka intilishidir deya ta’kidlaydi. Bolaning erka bo‘lishi unga nisbatan biror talabning yo‘qligi bilan bog‘liq, ota-ona va kattalar tomonidan tarbiyaga yagona talablarning yo‘qligidandir deydi mutafakkir o‘z qarashlarida. Buyuk pedagoglardan Ya.A. Komenskiy “Onalar maktabi” kitobida qayd etilishicha “-oiladagi birlamchi tarbiyaning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli, ota-onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan iboratdir” deyilgan. Demak bola shaxsining rivojlanish bosqichalrida ota-ona va oilaning bolaga e’tibori va g‘amxo‘rligi bolani kegingi kelajagiga ta’sir qilar ekan. Shuningdek Yan Amos Komenskiy tarbiyani ota-onalar ular qanday mavqeyga ega ekanliklaridan qatiy nazar ularni asosiy vazifasi ekanligini tushuntirib o‘tga. Komenskiy o‘tmishdagi pedagoglar ichida birinchilardan bo‘lib maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish masalasiga etibor qaratgan. K.D. Ushinskiy bola bilan ishlash jarayonida oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson tarbiya predmeti sifatida" degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlim-tarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan. K.D. Ushinskiy o‘z asarlarida bola shaxsini rivojlanishida ota-ona va tarbiyachi-pedagogning vazifalari va pedagogning bola bilan ishlashda e’tibor berishi lozim bo‘lgan jarayonlar haqida fikrlar qoldirib ketgan. O‘zbek olimlarimizdan esa, Z .T.Nishonovani ilmiy qarashlari yosh va pedagogik-psixologiya sohasida bo‘lib olima aynan maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlanishga ko‘ra bosqichlarini tadqiq etib asoslab bergan. Maktabgacha yoshdagi bolani psixologiyasi haqida to‘xtalar ekan, bu yoshda bolani ehtiyojlari, qiziqishlari va rivojlanishi borasida tajribalar olib borgan. Sh. A. Do‘stmuhammedova. F. Qodirova, O‘. Asqarova, M. Maxsudovalar ham o‘z ilmiy izlanishlari asoisda yaratgan kitoblarida bola shxsi kamolotida ota-ona va tarbiyachining roli, bolaning rivojlanish bosqichlaridagi psixologi, fiziologi o‘zgarishlari jaryonida ularning roli haqida fikrlar keltirib o‘tishgan. Sh. A. Do‘stmuhammedova o‘zining “ Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” kitobida maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy taraqqiyoti haqida to‘xtalib, “Bog‘cha yoshidagi bolalarga berilgan tarbiya, ularning murakkab harakatlarni o‘zlashtirish, elementar gigena, madaniy va mehnat malakalarini shakillantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy ahloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim”-deya ta’kidlab o‘tgan.4 F. Qodirova va noshqalar tomonidan yaratilgan “Maktabgacha pedagogika” kitobida esa, maktabgacha ta’lim muassasasi va oila hamkorligi ish shakillari, hamkorlik ishlarining mazmuni va usullari, ota-onalar qo‘mitasi va jamoatchilik bilan ishlash masalalariga keng to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur kitobda MMTda bolalar hayotini tashkil etishda prinsiplar yoritilib o‘tilgan bo‘lib, “Fiziologiya, gigena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida MMTda kichkintoylar hayotini tashkil etishda har bir guruhda bolalarning jamoatchilik ruhida tarbiyalsh va bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar zaruati” haqida fikrlar yoritilgan.5

Download 138.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling