Maqola haqida
(5-rasm) Kuzatuv natijalari foiz ko‘rsatkichida
Download 138.78 Kb.
|
Siddiqova Nazokat
(5-rasm) Kuzatuv natijalari foiz ko‘rsatkichida.
Tadqiqot muhokamasi Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi bugungi kunda keng tadqiq qilinayotgan mavzuklarimizdan biridir. Bola tarbiyasida oila, maktabgacha ta’lim, maktab va jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda pedagoglardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirokida talab etadi. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urug‘lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yor-u do‘stlarining ma’naviy hayotdagi omillari muhokama qiladilar, ularning hayotga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o‘z ota-onalariga baho beradilar. To‘plangan tarjibalarini bog‘cha, maktabdagi do‘stlari bilan muhokama qiladilar. Shu sababli hozirgi kunda oilaviy tarbiyada sifat va mazmun jihatidan o‘zgarishlar qilish uchun yangi yo’l ya’ni hamkorlik vujudga kelmoqda. Maktabgacha ta‘lim yoshdagi bolalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ayniqsa erta bolalik davridagi bolalar uchun ota-onalar bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, ota-onalar bilan hamkorlik bolalarning ta’lim olishi uchun muhim hisoblanadi. Ko‘pincha ota-onalar o‘z farzandlarining ta’lim va rivojlanishidagi asosiy rolini turli hamkorlik usullari orqali ekanligini bilishmaydi. Ushbu tadqiqot ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotilari o‘rtasidagi hamkorlikni va bu hamkorlikning aloqa, maktabgacha ta’lim muhiti, ota-onalarning o‘z kasbiy tajribasini bolalarga o‘tkazishi va ota-onalarning maktabgacha ta’lim o‘quv dasturlari va ulardan foydalanish imkoniyati kabi omillar bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqadi. Bularning barchasi bolalarning ta’limini yaxshilashga xizmat qiladi. Tadqiqot ota-onalar bilan pedagogik-psixologik yondashuv va tarbiyachilar bilan sifatli yondashuv orqali amalga oshirildi, bu hamkorlikni yaxshilash uchun muammolar va ehtiyojlarni, shuningdek, ikkala tomonning roli va imkoniyatlarini o‘rganildi Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ota-onalar bilan hamkorlikning shakllari va vositalarini aniqlash uchburchak maktabgacha ta'lim tashkiloti- oila- jamiyatni birlashtirishga, ota-onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bunday hamkorlikning afzalliklari to'g'risida xabardorlik darajasini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Download 138.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling