Maqolaga sarlavha qo‘ying va berilgan topshiriqlarni bajaring. Topshiriqlar: Maqola matnining leksik xususiyatlari haqida qanday ijtimoiy-siyosiy leksikadan foydalanganligi; ko


Download 18.17 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi18.17 Kb.
#1060464
Bog'liq
uslubiyat. Abduvoxidova laylo 1930


ORALIQ NAZORAT
1930-guruh
Abduvohidova Laylo
Publitsistik uslubga mansub quyidagi maqolani o‘qing va o‘z fikrlaringiz asosida o‘rtadagi qismni to‘ldiring. (To‘ldirilgan qism taxminan 150 - 160 so‘z atrofida bo‘lsin. Uni sariq fonda berishni unutmang). Maqolaga sarlavha qo‘ying va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Topshiriqlar:
1. Maqola matnining leksik xususiyatlari haqida (qanday ijtimoiy-siyosiy leksikadan foydalanganligi; kochma manoli sozlarning ishlatilishi; badiiy tasvir vositalarini qo‘llash; emotsional-ekspessivlikning mavjudligi; obrazlilik, aniqlik, to‘g‘rilik, ishonchlilik, mantiqiylik, hissiylik, baho berish, asoslilik, da’vat etish, dalillarning aniqligi, jo‘shqinlik, hammaboplik kabi publitsistik uslubga xos asosiy belgilarga egaligi) fikringizni to‘liq yozing.
2. Maqola matnining grammatik xususiyatlarini (gaplarning tuzilishiga kora turi; ifoda maqsadiga kora turi; muallif nutqining nechanchi shaxsga mansubligi; uyushiq bo‘laklar, kiritmalar (kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap)ning qo‘llash darajasi) birma-bir izohlang.
Javoblar:
Ushbu matnda ijtimoiy-siyosiy leksikadan foydalanilgan.
Matnda qo’llanilgan ko’chma ma’noli so’zlar: bombardimon, bombardimonchilar, onlayn ota-onalar, o’tkir deppressiya, sog’lom turmush tarzi, ko’zni ochmoq
Badiiy tasvir vositalari: pismiq fojea
Emotsional- ekspressivlik: xudbin ota-onalar

Da’vat etish: Muhimi, vaqtida koʻzni ocha bilish, ernet degani ham faqat ijtimoiy tarmoqlardanginaiborat ems.
Undan oqilona foydalanish bilan katta imkoniyatlargaega boʻlishimiz mumkinligini anglasak, olam guliston. 
Virtual hudud – real hayotda mavjud boʻlmagan hudud. Vaqt esa real hayotimizda bizga berilgan eng kattaneʼmat va imkoniyatdir. Bunday boylikni mavjudboʻlmagan olam uchun sarflash aqldan emas.
Dalillarning aniqligi:
- Bolalar oʻrtasida diqqatni jamlay olmaslik sindromi43 foizga ortgan;
- oʻsmirlik davrida oʻtkir depressiyani boshdankechirish holatlari 37 foizga ortgan;
- 10-14 yosh oraligʻidagi bolalar oʻrtasida oʻz jonigaqasd qilish holatlari 200 (!) foizga ortgan... 
2. Ifoda maqsadiga ko’ra turlari: 
Darak gaplar: Tortinmay aytishim mumkin, farzandlarimiz asab tizimi “bombardimon” qilib boʻlindi. ”Bombardimonchilar”: virtual olamda faol, real olamda sust hayot kechiradigan, farzandidan koʻra koʻproq virtual doʻstlariga eʼtibor qaratadigan, internet resurslari bilan farzandidan koʻra koʻproq mashgʻul boʻladigan, hamisha va har yerda “onlayn” ota-onalar.Bugun deyarli har bir oilada, har bir uyda umumiy manzara kuzatiladi: ota yoki ona yo monitor qarshisida yoki qoʻlida telefon, bolalar ham yoki monitor qarshisida yoki qoʻlida telefon... Hamma jimgina internet bilan band.
So’roq gaplar: Xoʻsh, “bombardimonchilar” kim?Qanday qilib shu koʻyga tushishdi? Masalan, siz sogʻlom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?Haqiqatni tan olishimiz uchun bizga bundan ortiq yanaqanday maʼlumot kerak?!
Undov gaplar: Axir bu sassiz fojia-ku, ota-onalar!
Uyushiq bòlaklar: ota yoki ona yo monitorjumlalarida kòrinmoqda.
Muallif nutqi 1-shaxs birlik.
Kirish so‘z: Aniqlanishicha,

Tutqun
Tortinmay aytishim mumkin, farzandlarimiz asab tizimi “bombardimon” qilib boʻlindi. Xoʻsh, “bombardimonchilar” kim? ”Bombardimonchilar”: virtual olamda faol, real olamda sust hayot kechiradigan, farzandidan koʻra koʻproq virtual doʻstlariga eʼtibor qaratadigan, internet resurslari bilan farzandidan koʻra koʻproq mashgʻul boʻladigan, hamisha va har yerda “onlayn” ota-onalar. Bugun deyarli har bir oilada, har bir uyda umumiy manzara kuzatiladi: ota yoki ona yo monitor qarshisida yoki qoʻlida telefon, bolalar ham yoki monitor qarshisida yoki qoʻlida telefon... Hamma jimgina internet bilan band. Birov birov bilan gaplashmaydi, birov birov bilan qiziqmaydi, birov birovga xalaqit qilmaydi. Axir bu sassiz fojia-ku, ota-onalar! Bu pismiq fojia bizdan eng aziz neʼmatlarni – bolalarimizni tortib olyapti-ku.
Ish faoliyatim davomida turli psixik muammolarga yoʻliqqan, turli ruhiy buzilishlarga uchragan bolalarni koʻp koʻrdim. Ularning barchasi toʻrt muchasi sogʻ, chiroyli boʻlib tugʻilgan edi. Ular Allohning eng ajoyib hadyalari, omonatlari edi. Qanday qilib shu koʻyga tushishdi? Sogʻlom turmush tarzi kechirmaydigan ota-onalari tufayli. Masalan, siz sogʻlom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz? Javobingizni taxmin qilaman: spirtli ichimliklar ichishdan, chekishdan, yengil tabiatlilikdan xoli hayot kechirishni sogʻlom turmush tarzi deb bilasiz. Bugun sogʻlom turmush tarzi shartlariga internetga mukkasidan ketmaslik va ijtimoiy tarmoq quliga aylanmaslikni ham qoʻshish kerak boʻladi.
Eʼtiboringizga dunyo miqyosida olingan, oxirgi oʻn yillikka oid statistik maʼlumotlarni havola etaman:
- bugun dunyodagi har beshta boladan bittasi asabiylik xastaligiga chalinmoqda;
- bolalar oʻrtasida diqqatni jamlay olmaslik sindromi 43 foizga ortgan;
- oʻsmirlik davrida oʻtkir depressiyani boshdan kechirish holatlari 37 foizga ortgan;
- 10-14 yosh oraligʻidagi bolalar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlari 200 (!) foizga ortgan...
Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, bu fojiaga maktab ham, mamlakatlarning taʼlim tizimlari ham mutlaqo aybdor emas. Aybdor – bu oʻsha – bolasidan koʻra internetni koʻproq yaxshi koʻradigan, bolasi bilan dildan suhbatlashmaydigan, bolaning oʻy-fikrlari, hayotidagi oʻzgarishlar bilan qiziqmaydigan, bola boqish deganda faqat kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlashnigina tushunadigan, bolasining internet orqali nimalarni kuzatayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilan doʻstlashayotgani, qanday virtual guruhlarga aʼzo boʻlayotganidan bexabar, oʻzidan ortmaydigan, gʻofil va xudbin ota-onalardir. Aniqlanishicha, farzandidan bir kunda bir marta hol soʻramaydigan onalar ijtimoiy tarmoqdagi dugonalariga bir kunda oʻrta hisobda oʻn-oʻn besh martagacha “Ahvollaring yaxshimi?” degan soʻrovni yuborar ekanlar... va yana eng yomoni, ota-onalari internet quliga aylangan bolalarning asab tizimidagi salbiy oʻzgarishlar ota-onasi giyohvandlikka yoki ichkilikbozlikka berilgan bolalarning asab tizimidagi salbiy oʻzgarishlar bilan deyarli bir xil kechar ekan. Shular haqida yozar ekanman, bundan uch yil oldin mening guvohligimda sodir bo’lgan bir voqea yodimga keldi. O‘shanda kech kuz edi. Metrodan chiqib, ishga shoshib ketayotganimda ko‘zim daraxt tagida o‘rnatilgan o‘rindiqda sigaret chekib o‘tirgan ikki navqiron yigitga tushdi va ularning bu holatiga ko'z yumgan holda o'tib keta olmadim bilasiz, kasbim shuni taqozo etadi. Ularning yoniga bordim va ular faxrlangan holatda go' yoki zor ish gilayotgandek zavg bilan tamaki tutunlarini chigarar va ulardan turli xil shakllar chigara olishini korsatib maqtanar, yana biri bo'lsa internet olamidagi ularning yoshlariga mos bo'Imagan behayo video yozuvlarni tomosha gilish bilan band edi. Shu bois ulardan sekin soradim "Og'lim yoshing nechada?" ular menga hayron holatda tikilib garashdi va " Birlari 15 , birlari esa 16 da" ekanligini aytishdi Men ulardan nima sababdan bunchalik yosh bola turib bu umrning zavoli bo"Imish sigaretni hech ikkilanmay iste'mol gilayotganini va ushbu internet tarmog'ida behuda vagt sar flamasdan internetdan foydali maqsadlarda foydalanishini maslaha berdim va tamaki mahsulotlari ularning sog'ligiga jiddiy ta' sir gilishi haqida ham ta'kidlab o'tib kettim. Shunda ulardan biri " E nimalar deyapsiz, ganaga sog lik hagida gapiryapsiz. Ana dadam necha yillardan beri chekadi hech narsa bo'lgani yog-ku .Oolaversa ular har doim asabiylashganda yoki sigilganlarida meni sigaret tinchlantiradi deya chekadilar , demak men ham asablarimni tinchlantiryapman.
Buni hech ham yomon tarafi yo'q. Video yozuvlarga keldigan bo'lsak hozir hamma shunday narslarni ko'radi "- deya javob berdi. Bundan hech ham ajablanganim yo'q sababi hozirgi kunda ota -onalar farzandlariga o'zlari bilmagan holda o'rnak bo'lib golishmogda . Birgina noto' gri tushuncha ortidan bolaning tarbiyasida ushbu noxush holatlar kuzatila boshlandi. Ahir ota- onalar ko'zgudir ular ganday bo'lishsa farzandlari ulardan o' rnak olishadi. Xulosa gilib aytganda" Qush uyasida ko'rganini qiladi”.
Haqiqatni tan olishimiz uchun bizga bundan ortiq yana qanday maʼlumot kerak?!
Uyimizda sassiz sodir boʻlayotgan fojia girdobidan farzandlarimizni qutqarib qolish uchun virtual olamda besamar va darbadar kezishdan zudlik bilan voz kechishimiz, eng avvalo, ruhiyatimizni, hayot tarzimizni tartibga solishimiz, oʻzimizni davolashimiz, oʻzimizni tarbiyalashimiz lozim. Ingliz maqolida aytilganidek, “Bolalaringizdan oldin oʻzingizni tarbiyalang, zero, bolalaringiz hamma masalada sizga oʻxshashga urinadilar”.
Dunyoning turli mamlakatlaridagi psixologlar bu masalada umumiy fikrdalar. Yaʼni kasallik belgilari quyidagilarda kuzatiladi:
1. Ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni, elektron pochtani, telegram, vatsap kabi tarmoqlarni zarurat boʻlmagan hollarda ham tekshirib turish. Biror xat-xabarni oʻtkazib yubormaslik uchun kecha-kunduz onlayn rejimda boʻlish.
2. Monitor qarshisida real hayotni unutish, yaʼni “ijtimoiy tarmoqni yoki internetdagi yangiliklarni birrov koʻzdan kechiraman, xolos” degan oʻy bilan internetga kirasiz va... oqibatda kuningizning yarmidan koʻprogʻi shu yerda befoyda oʻtib ketganini anglab dahshatga tushasiz.
3. Tarmoqdagi statusni doimiy yangilab turishga kuchli ehtiyoj sezish. Yaʼni har kuni tarmoqdagi virtual doʻstlaringizga nimadir yangi gap aytgingiz keladi, hayotingizning har bir voqeligini ular bilan tahlil qilishni istaysiz, har yerda tarmoq uchun suratga tushishni yoki suratga olishni xohlaysiz va siz uchun statuslaringizga bildirilayotgan fikrlar, ularni qancha odam kuzatayotgani va kimlarga maʼqul boʻlayotgani hamma narsadan muhimroq hisoblana boshlaydi.
4. Barcha doʻstlar bilan, hatto yaqin masofalarda yashaydigan yoki ishlaydigan doʻstlar bilan ham faqat onlayn muloqot qilish. Ular bilan qachon yuz koʻrishganingizni unutib ham yuborasiz.
5. His-tuygʻularning soxtalashishi. Yaʼni virtual doʻstlaringizning statuslari ostida, aslida, jilmayib ham qoʻymaganingiz holda, xaxolab turgan smayliklarni yoki koʻzingizga yosh kelmagani holda, yigʻlab turgan smayliklarni izoh sifatida qoldirasiz; virtual doʻstlaringiz yozgan fikrlarni oxirigacha oʻqib ham oʻtirmay, “menga yoqdi”, “ajoyib” yoki “hamdardman” ishoralarini qoldirasiz va bu harakatlarni dasturlashtirilgan mashina kabi avtomatik tarzda bajarasiz.
6. Qandaydir sabablar bilan internetga bogʻlana olmay yoki ijtimoiy tarmoqlarga kira olmay qolgan taqdirda, qattiq gʻazablanish, xafa boʻlish, siqilish, oʻzini dunyodan uzilib qolgan odamdek his qilish.
Mabodo oʻzingizda bu belgilarning hammasini aniqlagan taqdiringizda ham, tushkunlikka tushishga hojat yoʻq. Barchamizda oʻzimizni qoʻlga olish va oʻzimizga oʻz vaqtida “Toʻxta!” deya olish imkoni bor.
Ishonavering, ijtimoiy tarmoqdagilarning hammasi oʻzi bilan oʻzi shu qadar bandki, mabodo tarmoqdagi ishtirokingizni butkul toʻxtatgan taqdiringizda ham, buni sanoqli doʻstlaringizdan boshqa hech kim sezmaydi.
Virtual hudud – real hayotda mavjud boʻlmagan hudud. Vaqt esa real hayotimizda bizga berilgan eng katta neʼmat va imkoniyatdir. Bunday boylikni mavjud boʻlmagan olam uchun sarflash aqldan emas.
Internet degani ham faqat ijtimoiy tarmoqlardangina iborat emas. Undan oqilona foydalanish bilan katta imkoniyatlarga ega boʻlishimiz mumkinligini anglasak, olam guliston. Muhimi, vaqtida koʻzni ocha bilish.
Oraliq nazorat ishi topshiriqlarini tuzuvchi: O‘zDJTU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Ya.I.Avlakulov
Download 18.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling