Maqolalarni turli XIL guruxlarda reklama qiling, bu bilan kanalni rivojiga kata xissa qo’shgan bo’lardingiz ! Mendeleyev haqida 11 fakt


Nobel mukofotining uch karra laureati


Download 25.37 Kb.
bet4/4
Sana11.02.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1189711
1   2   3   4
Bog'liq
mendeleyev haqida 11 fakt

Nobel mukofotining uch karra laureati.
Dmitriy Mendeleyevning nomzodi, jahondagi eng nufuzli ilmiy mukofot bo‘lmish – Nobel mukofoti uchun uch marta 1905, 1906, hamda, 1907 yillarda ilgari surilgan. Biroq har safar, mukofot uning raqobatchilariga topshirilgan.
O‘zinikilar ichida begona, begonalar ichida o‘zlariniki.
Kimyo dahosi Mendeleyev, o‘zining yuksak ilmiy salohiyati va beqiyos amaliy ishlari bilan tirikligidayoq butun dunyoda katta shuhrat qozongan. Chunonchi u, Yevropa va okean ortining yirik nufuzli ilmiy uyushmalari va akademiyalarining haqiqiy va faxriy a’zoligiga saylangan. Biroq shunday ajoyib olimni, o‘z vatani fanlar akademiyasining a’zoligiga qabul qilishmagani qiziq va taajjubli holat. Yana shunisi g‘alatiki, Dmitriy Mendeleyevning nomzodi Neobel mukofotiga tavsiya etilgan yillarda, yashirin ovoz berish jarayonlarida, aynan rus Fanlar Akademiyasining o‘zi, uning nomzodiga qarshi(!) ovoz bergan ekan...
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tuzgan birinchi olim emas!
Haqiqatan ham, Dmitriy Mendeleyev, kimyoviy elementlar davriy jadvalini tuzgan eng birinchi olim emas. U kimyoviy elementlarning xossalarining davriyligi haqidagi g‘oyani ham birinchi bo‘lib ilgari surgan emas. Mendeleyevning yutug‘i va fan oldidagi eng katta xizmati, kimyoviy elementlarning xossalarining davriyligi qonuniyatlarini aniqlaganligi va uning asosida, o‘zigacha fanga ma’lum bo‘lgan elementlarni jadvalga joylashtirib chiqqanligidir. Olim, xossalarning davriyligi asosida, hali fanga noma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlar uchun bosh katakchalar qoldirib ketgan. Jadvalning davriyligi va oraliq bo‘sh kataklarga to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lgan fizik va kimyoviy xossalarga ko‘ra, hali ochilmagan kimyoviy elementlar haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish va ularni qanday qilib kashf qilish yoki sintez qilish mumkinligi haqida xulosalar chiqarish imkoni paydo bo‘lgan.

Hayr sog’-salomat bo’ling ,biz bilan bo’lganingiz uchun kata raxmat ! Hurmat bilan telegram @Kimyo kanali ma’muiyati !



Jahongir Yo’ldoshev maxsus @Kimyo kanali uchun tayyorladi: Tell: +99 891 982 49 49

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling