Maqolalarni turli xil guruxlarda reklama qiling , bu bilan kanalni rivojiga kata xissa qo’shgan bo’lardingiz !
Mendeleyev haqida 11 fakt.
Mendeleyev – jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olimlardan biri. Ko‘pchiligimiz uni odatda, maktab kimyo xonasidagi sersoqol portreti hamda, uning nomi bilan ataluvchi, kimyoviy elementlar davriy jadvali orqali bilamiz. Ushbu maqolamizda esa, mashhur kimyogarning hayotiga oid biz bilmagan yana boshqa qirralari haqida fikr almashamiz...
Oilada 17-chi farzand.
Dmitriy Mendeleyev, Tobol shahri gimnaziyasining direktori lavozimida ishlagan Ivan Pavlovich Mendeleyev oilasidagi 17-farzand bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda, bunchalik ko‘p bolali oilaga ega bo‘lish, rus ziyolilari orasida nihoyatda kam urf bo‘lgan hodisa sifatida qaralgan. 17 ta farzand deganda, ajablanib yoki, hayratlanib qarashdan oldi, Ivan Pavlovichning Dmitriydan oldingi nechta farzandi yashab ketganiga ham e’tibor qaratish zarur: 17-chi farzanddan avvalgilaridan faqat ikki o‘g‘il va 5 qiz hayotda yashab ketgan. Dmitriydan avvalgi 8 ta aka-opalari chaqaloqligidayoq o‘lib ketgan, ulardan uchtasi esa, o‘lik tug‘ilgan ekan...
Aslida u Mendeleyev emas!
Hayron bo'lmang, haqiqatan ham Dmitriy Ivanovichning asl familiyasi Mendeleyev emas. Bu hatto taxallus ham emas. Aksincha, Mendeleyev - Ivan Pavlovichlarning qo'shnisining familiyasi! Gap shundaki, ularing oilasining asl familiyasi Sokolov bo'lgan. Biroq, Dmitriy Ivanovichning bobosi, ya'ni Pavel Maksimovich, o'zining hudojo'yligi tufayli, cherkov xizmatiga kirib, u yerda ma'lum martabaga erishgach, o'sha zamon an'analariga ko'ra, o'z o'g'illariga boshqa familiyalar bergan. Xususan, katta o'g'li Aleksandrga familiyani, cherkov joylashgan qishloq nomini - Tixomandritskiy deb o'zgartirgan bo'lsa, Ivanga, ya'ni, mashhur olimning otasiga, qishloqdagi qo'shnilari - Mendeleyevlarning fmiliyasini bergan ekan. Ana shunaqa, hozir biz Mendeleyev emsa, balki, Sokolov davriy jadvali haqida gaplashayotgan bo'lishimiz mumkin edi...
Do'stlaringiz bilan baham: |