15-ma`ruza. Polimerlar kimyosi reja: Polimerlar, plastmassa, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi


Download 257.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana16.06.2023
Hajmi257.33 Kb.
#1498153
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
15-MA‟RUZA POLIMERLAR KIMYOSI



15-MA`RUZA. POLIMERLAR KIMYOSI 
Reja: 
1. Polimerlar, plastmassa, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi. 
2. O`zbekistonda ishlab chiqiladigan polimer materiallar. 
 
Tayanch so`zlar: polimer, plastmassa, monomer, molekula, makromolekula
polimerlaniosh. 
O`quv mashg`ulotining maqsadi: polimerlar haqida, ularning turlari, olinishi 
xossalari va O‘zbekiston Respublikasidagi ayrim korxonalar haqida ma‘lumot berish. 
Polimerlar kimyosi- polimer moddalar, ularning tuzilishi, xossalari va kimyoviy 
o‘zgarishlari haqidagi kimyo fanining juda muhim va katta bo‘limidir. 
Har qanday fan kabi polimerlar kimyosining ham o‘z tili, atamalari bor. Poli- 
ko‘p, meros- o`lcham demakdir. Polimerlarning molekulyar massasi juda katta, ulkan 
bo‘ladi. Ularning aniq ilmiy nomi- yuqorimolekulali birikmalar. Uning qisqaroq 
`polimer` deb ataluvchi nomi fan, texnika va hayotda ko‘p qo‘llaniladi. 
Polimerlarning molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo‘lgani uchun 
makromolekula deb ataladi. 
Polimerlar deb makromolekulasi zanjirsimon tuzilishga ega bo‘lib, ko‘p marta 
qaytariluvchi atomlar guruh (bog‘in)laridan tashkil topgan yuqorimolekulali 
birikmalarga aytiladi. 
Polimerlarni monomer deb ataluvchi quyi molekulali moddalardan sintez qilib 
olinadi. Polimer makromolekulasining tarkibiga kirgan va uning ko‘p marta 
qaytariluvchi atomlar guruhini tashkil qilgan bo‘g‘ini- `monomer` yoki oddiy bo`g`in 
deb ataladi. Bo‘g‘inning kimyoviy brutto formulasi monomernikiga teng. 
Makromolekuladagi bo‘g‘inlar soni makromolekulaning nechta monomerni kimyoviy 
bog`lab sintez qilinganini bildiradi, shuning uchun makromalekulalarning bo‘g‘inlar 
soni `n` polimerlanish darajasi deyiladi. (Polimerlanish- monomerlardan polimerlarni 
sintez qilish usulidir). Odatda n- 10,100,1000 va undan ham katta bo`lishi mumkin. 
Polimerlar makromolekulasining eng muhim xususiyati uning zanjirsimon 
tuzilganligi, ya'ni molekulani chiziqli uzunligining ko`ndalang o`lchamidan ko`p 
marta (bir necha tartibga) kattaligidir. Masalan, ko`p ishlatiladigan har xil polietilen 
tasmalaridagi makromolekulalarning uzunligi diametridan 1000-10000 marta katta. 



Download 257.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling