Polikondensatlanish reaksiyasi -tarkibida ikki yoki undan ko`p funksional
guruhi bo`lgan monomerlarning bir-biri bilan ta'sirlanishi yoki polimerning reaksion
qobiliyatli
guruhlari
bilan
ta'sirlanishi
hamda
hosil
bo`lgan
polimerlar
makromolekulalarini o`zaro ta'sirlanishi natijasida yuqorimolekulali moddalar hosil
bo`lishiga aytiladi. Polikondensatlanish natijasida makromolekulalarni hosil bo`lishi
uchun organik kimyoda ma'lum bo`lgan xoxlagan kondensatlanish yoki birikish
reaksiyasidan foydalanish mumkin, lekin bunday reaksiyalarda monomerlarda turli
xil kamida ikki funksional guruhi bo`lishi kerak. Odatda polikondensatlanish
reaksiyalari natijasida polimer bilan quyimolekulali moddalar ham (suv, spirt,
ammiak, vodorood xlorid va h.k.) ajralib chiqadi.
Polikondensatlanishning turlari
a) polikondensatlanishga faqat bifunksional guruhli monomerlar qatnashsa,
reaksiya natijasida chiziqsimon tuzilishli polimerlar hosil bo`ladi. Bunday
polikondensatlashga chiziqli polikondensatlanish deyiladi. Yuqorida keltirilgan
poliefirlar va poliamidlar olish reaksiyalari bunga misol bo`la oladi;
b) ikkidan ortiq funksional guruhli monomerlarni polikondensatlanishi
natijasida tarmoqlangan polimerlar hosil bo`ladi. Bunday reaksiyalarga fazoviy
polikondensatlanish
deyiladi.
Masalan:
gliserin
bilan
ftal
kislotasining
polikondensatlanishi natijasida to`rsimon ko`rinishga ega bo`lgan polimer hosil
bo`ladi;
c) polikondensatlanishga eng kamida ikki funksional guruh tutgan bitta
monomer uchrasa, bunday reaksiyaga gomopolikondensatlanish deyiladi. Masalan:
хНО-(СН
2
)
6
-СООН →Н[-О-(СН
2
)
6
-СО-)
х
-ОН + (х-1) Н
Do'stlaringiz bilan baham: |