15-ma`ruza. Polimerlar kimyosi reja: Polimerlar, plastmassa, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi
Download 257.33 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MA‟RUZA POLIMERLAR KIMYOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimerlarning eritmalarining xossalari. Bo`kish va erish.
Polimer eritmalari. Polimerlarning fizikaviy xossalari kimyoviy tuzilishi bilan
belgilanadi. Polimerlarning kimyoviy tuzilishi va fizikaviy xossalari orasidagi o`zaro bog`lanish juda murakkab bo`lib, XX asrning o`rtalarigacha buning sabablarini va mohiyatini tushuntirish imkoniyati bo`lmadi, chunki polimer birikmalarning tuzilishi haqidagi nazariyalar (ayniqsa misellyar nazariya, ya'ni polimerlarni kolloidlar deb tushunish) yuqorimolekulyar moddalarning xossalarini tushuntira olmadi. XX asrning buyuk kashfiyotlaridan hisoblangan makromolekulalarning Shtaudinger tomonidan ochilishi ham hali uzil-kesil makromolekula xossalarini to`la tushuntira olmadi, chunki bu nazariyaga asosan makromolekulalar uzun qattiq, tayoqchasimon holatda bo`ladi degan tushunchaga asoslangan edi, lekin bu tushuncha bilan polimerlarning juda muhim qator xossalarini tushuntirib bo`lmas edi. Shuning uchun ham, masalan, kauchukning juda yuqori qaytar deformasiyaga ega ekanligini makromolekulasining spiralsimon ekanligi bilan tushuntirishga harakat kilinar edi, ammo bu ilmiy asoslanmagan edi. Makromolekulalarning shakli haqidagi to`g`ri tasavvurlar molekulalardagi harakatlarning xillari- molekulani tashkil qiluvchi alohida qismlarining bir-biriga nisbatan ichki aylanma harakatlarning kashf qilinishi bilan paydo bo`ldi. Ichki aylanma harakat hodisasini eng oddiy organik birikma- etan va uning hosilalari misolida ko`ramiz. Polimerlarning eritmalarining xossalari. Bo`kish va erish. Yuqorimolekulyar birikmalar quyimolekulyar birikmalarda erish qobiliyatiga ega. Hosil bo`lgan eritmalar molekulyar-kinetik xossalari bo`yicha (osmotik bosimning juda pastligi, diffuziya harakatining kichikligi, yarim o`tkazgich membranalardan makromolekulaning o`ta olmasligi) kolloid eritmalarni eslatadi. Bunday o`xshashlikning sababi shundan iboratki, ikki xil eritmadagi zarrachalarning o`lchami bir-biriga yaqin bo`lib, oddiy molekulalarda buning aksidir, lekin polimer eritmalari kolloid eritmalardan tubdan farq qiladi. Kolloid eritmalardagi harakatchan zarrachalar misella shaklida, ya'ni Van-der-Vaals kuchlari yordamida bog`langan molekulalar yig`indisi shaklida bo`ladi, polimerlarda esa harakatchan zarrachalar juda katta o`lchamga ega bo`lgan mustaqil molekulalardir. Shunday qilib, polimer eritmalari kolloid sistemalardan farq qiladi va oddiy eritmalarga o`xshab bir jinsli va termodinamik barqaror bo`lib, stabilizatorsiz ham turg`un bo`la oladilar, ya'ni polimerlar ma'lum sharoitda chin eritmalar hosil qiladilar. Erish nima? Erish- bir komponentning ikkinchi komponentda tarqalishining xususiy holidir. Erish davrida hosil bo`ladigan chin eritmalar uchun quyidagilar xarakterlidir: 1) komponentlar orasidagi moyillikning mavjudligi; 2) erish jarayonining o`z-o`zicha borishi; 3) vaqt o`tishi bilan eritma konsentrasiyasining o`zgarmasligi; 4) bir jinslilik; 5) termodinamik barqarorlik va boshqalar. Yuqorimolekulyar birikmalar, xuddi quyimolekulyar moddalarga o`xshab, har qanday suyuqliklarda erimaydi. Ba'zi bir suyuqliklarda polimer o`z-o`zicha erisa, ba'zilarida umuman erimasligi mumkin. Masalan, polistirol benzolda o`z-o`zicha eriy oladi, lekin suvda erimaydi. Jelatina esa suvda yaxshi erib, spirtda erimaydi. Demak, birinchi ko`rsatilgan hollarda polimer va erituvchi orasida o`zaro moyillik kuzatiladi, boshqa hollarda esa moyillik kuzatilmaydi. Yuqorimolekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning erishidan farq qiladi. Polimerlar erishdan oldin bo`kadi, ya'ni bo`kish erishning birinchi bosqichidir. Bo`kish davrida yuqori molekulyar modda suyuqlikni yutadi og`irligi ortadi, yumshoq va cho`ziluvchan bo`lib qoladi. Hajmi hatto 10-15 marta ortadi. Yuqorimolekulyar birikmalarning erish davrida erituvchi molekulalari dastlab polimer modda orasida tarqaladi natijada bo`kish jarayoni kuzatiladi. Erituvchi molekula asosan amorf polimerlarning makromolekulalari orasidagi g`ovaklarda joylashadi va asta-sekin makromolekulalarni bir-biridan ajrata boshlaydi. Vaqt o`tishi bilan makromolekulalar orasidagi bog`lanish susayadi va makromolekula asta-sekin erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, natijada chin eritma hosil bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, bo`kish erish oldidan bo`ladigan kinetik effektdir. Polimerlarni molekulyar massasi qanchalik katta bo`lsa, uning erishi va bo`kishi shunchalik qiyinlashadi va aksincha, qanchalik molekulyar massa kamaysa shunchalik polimerning erishi quyi molekulyar modlalarning erishiga o`xshab ketadi. Haqiqatdan ham, quyi molekulyar modda eriganida erigan moddaning molekulalari erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, ya'ni bo`kish jarayoni kuzatilmaydi. Bo`kish chekli va cheksiz bo`ladi. Download 257.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling