15-ma`ruza. Polimerlar kimyosi reja: Polimerlar, plastmassa, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi
Download 257.33 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MA‟RUZA POLIMERLAR KIMYOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chekli bo`kish.
Cheksiz bo`kish. Yuqorida aytib o`tilganidek cheksiz bo`kish erishning
birinchi bosqichi bo`ladi, so`ngra polimer zanjirlari bir-biridan ajraladi va quyi molekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi. Polimerlarni erishining asosiy xususiyati shundan iboratki, erish davridagi aralashayotgan komponentlarning molekulalari katgaligi va harakatchanligi bo`yicha bir-biridan bir necha ming marotaba farq qiladi. Odatda quyi molekulyar erituvchining molekulalari juda harakatchan bo`ladi va polimerga erituvchi q¢shilganda suyuqlik molekulalari polimer orasiga kira boshlaydi va polimer zanjirlarini bir-biridan ajratadi, ya'ni bo`kish sodir bo`ladi; kam harakatchan bo`lgan makromolekulalarning quyi molekulyar suyuqlik fazasiga tarqalishi esa ma'lum vaqt talab qiladi. Demak, polimerning erish jarayonidan oldin doim bo`kish kuzatiladi. Bo`kkan polimer, ya'ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi, ma'lum vaqt toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud bo`la oladi. So`ngra makromolekulalar bir-biridan ajrala boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari orasiga tarqalib bir jinsli eritma hosil qiladi. Demak, cheksiz bo`kish ikki suyuqlikning o‘zaro aralashishiga o`xshagan jarayondir. Uning o`ziga xos farqi komponentlardan birining zanjirsimonligi va bukiluvchanligidadir. Shuning uchun agar polimer molekulalari sferik tuzilishga ega bo`lsa, ular erish davrida bo`kmaydi. Masalan, molekulyar massasi 800000 bo`lgan glikogen molekulalari sferik tuzilishga ega bo`lganligi uchun erish davrida bo`kmaydi. Chekli bo`kish. Bo`kish har doim ham erish bilan tugayvermaydi. Ko`pincha jarayon ma'lum bo`kish darajasiga yetishi bilan to`xtaydi. Buning sababi polimer bilan erituvchining chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita faza hosil bo`ladi, yukorimolekulyar birikmaning erituvchidagi to`yingan eritmasi va erituvchining polimerdagi to`yingan eritmasi (iviq). Bunday chekli bo`kish doimo muvozanatda bo`ladi, ya'ni ma'lum darajagacha bo`kkan polimerning hajmi o`zgarmas bo`lib qoladi (agar sistemada kimyoviy o`zgarish bo`lmasa). Bo`kishning bunday turi suyuqliklarning chekli aralashishiga o`xshashdir. Chekli erish bilan boradigan bo`kishni polivinilxlorid-atseton va polixloropren-benzin va boshqa sistemalarda kuzatish mumkin. Chiziqli va to`rsimon polimerlarning bo`kishi bir- biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga o`xshash bo;lib, ma'lum sharoitda (ya'ni harorat yoki komponentlar konsentrasiyasining ma'lum qiymatida) chekli bo`kish cheksiz erishga o`tishi mumkin. O`zbekistonda ishlab chiqiladigan polimer materiallar. ―Shurtan gaz kimyo majmuasi‖da polietilen; suyultirilgan gaz; yengil kondensat; oltingugurt; tozalangan tabiiy gaz va boshqa turdagi tayyor polietilen mahsulotlar ishlab chiqaradi. Download 257.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling