4 – Mavzu: Molekulyar biofizika asoslari.
Reja:
-
Makromolekulalarning fazoviy strukturasi va struktura shakllanishida ishtirok etuvchi bog‘lar.
-
Makromolekulalar faoliyati, ligandlar va kooperativlik xossasi.
-
Molekulyar biofizika metodlari.
Oqsil molekulasining xususiyatlari:
-
Kolloidli eritmalar berish qobiliyatiga ega.
-
Suvda katta miqdorda bo‘kadi — bu esa gidrofil xususiyatni beradi.
-
Katta o‘lchami bilan yarim o‘tkazuvchi membranalardan o‘ta olmaydi.
-
Denaturatsiyalanish qobiliyatiga ega.
-
Kuchli kislotalar bilan ishlanganda oqsillar molekulyar massasi kichik bo‘lgan fragmentlarga peptidlar (yoki polipeptidlar) parchalanadi.
-
oqsilni gidroliz jarayonida «elementar zarrachalarga» - aminokislotalarga parchalanadi.
Oqsilning kislotali gidrolizi
Oqsil globo‘la strukturasi– uch tipdagi molekulyar o‘zaro ta’sirlashish natijasidagi muvozanat
-
Oqsilni maxsus biologik faolligini na oqsil molekulasining kattaligi, na aminokislotalar tarkibi aniqlaydi. Oqsil molekulasining turliligi tarkib topgan aminokislotalar ketma-ketligi aniqlaydi.
-
Ikkita oqsilni bir xil deb atashimish uchun ularning aminokislotalar ketma-ketligi bir xil yoki birlamchi strukturasi bir xil bo‘lishi kerak.
-
Gomologik oksillarning birlamchi strukturasidagi o’zgarish biologik funktsiyaning o’zgarishiga olib bormaydi.
-
Oksilning birlamchi strukturasi genlar strukturasida kodlangan bo‘lib, organizmdagi barcha xususiyatlarini aniqlab beradi.
-
Gomologik oksillarning birlamchi strukturasidagi o’zgarish biologik funktsiyaning o’zgarishiga olib bormaydi.
-
Oqsilning birlamchi strukturasi genlar strukturasida kodlangan bo‘lib, organizmdagi barcha xususiyatlarini aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |