T = I/Io (x100%)
qiymat yorug‘lik o‘tkazish koeffitsienti deb ataladi.
Yorug‘likning yutilish qonunlari, yutilish spektri.
Fotolyuministsentsiya moda tomonidan yutilgan nur kvanti bir qismining nurlanish tarzida sochilishini ifodalaydi. Yoruglik oqimining yutilishi Buger –Lambert konuni va Ber konuni asosida boradi.
Buger-Lambert qonuniga ko‘ra :
Bir jinsli rangli muhitning o‘zgarmas qalinlikka ega har bir yupqa qatlami undan o‘tadigan monoxromatik nurning faqat mahlum bir qisminigina yutadi.
2. Ber qonuni:
Ber qonuni bo‘yicha berilgan yupqa qatlam tomonidan yutilgan nur intensivligi yutuvchi molekulalar kontsentratsiyasiga proportsionaldir. Ushbu qonunlarning yig‘indisi quyidagicha ifodalanib, Buger-Lambert- Ber qonuni deb ataladi.
Buger-Lambert- Ber qonuni
I = Io´ e-eSl ,
Yoki
lg(Io/I) = lg(1/T) = D = eSl,
bu yerda: D – o‘tik zichlik, yoki ekstinktsiya (nur yutish);
S - kontsentratsiya (mol/l);
l – kyuveta qalinligi (sm);
e - molyar ekstinktsiya koeffitsienti (M-1sm-1 o‘lchamga ega),
S = 1 mol/l va l = 1 sm da D = e ga teng bo‘ladi.
e - molyar ekstinktsiya koeffitsienti modda kontsentratsiyasi bilan o‘zgarmaydi, lekin moddalar tabiatiga va yutilayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lib, «moddaning ‘asport xarakteristikasiga» doir belgilar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |