Nokovalent bog‘lar, yoki juda sust o‘zaro ta’sirlashishlar :
Ion bog‘lar - 40-400 kDj/mol
Ion-dipol bog‘lar - 4-40 kDj/mol
Vodorod bog‘lar- 8-25 kDj/mol
Gidrofob o‘zaro ta’sirlashish - 4-2,5 kDj/mol.
Dispersion o‘zaro ta’sirlashish (London kuchlari). 4-40 kDj/mol
Van-der-Vaalso‘zaro ta’sirlashish - 0,5 kDj/mol
London kuchlari Van-der-Vaals bilan muvozanatlashtirilgan masofaga Van-der-Vaals radiusi deb ataladi.
Van-der-Vaals ta’sirlashish kuchlari - molekuladagi dipol-dipol, dispersion, elektrostatik va dipol-dipol induktsiyalangan dipol ta’sirlashgan kuchlar yigindisidan iborat. Van-der-Vaals ta’sirlashish kuchlari energiyasi 4-8 kj/mol ni tashkil etadi va makromolekulada elektromagnit xususiyatga ega bo‘ladi. Bu ta’sirlashishlar ta’sir ostida kutblangan kobik xosil kiluvchi atomlar guruxlari o‘rtasida xosil bo‘ladi.
Dipol-dipol bog‘lar ta’sirlashuvchi kuchlar- doimiy dipol momentiga ega ikkita qutbli guruxlar o‘rtasida yuzaga keladi.
Dispersion o‘zaro ta’sirlashish (London kuchlari)- neytral guruxlar va molekulalar o‘rtasida yuzaga keladi. Bu kuchlar valent bo‘lmagan yoki qutblangan xolatda bo‘lib, doimiy dipol momentiga ega bo‘lmagan molekulalar o‘rtasida yuzaga keladi.Bu ko‘rinishdagi ta’sirlashishlar odatda bog‘lanish energiyasi kam bo‘lgan atomning tashki qobig‘idagi elektronlar xisobiga xosil bo‘ladi.
Elektrostatik ta’sirlashuvchi kuchlar - manfiy va musbat zaryadlarning tortishishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu kuchlar biotuzilmalarda barkarorlikni saklovchi aloxida bog‘lanishlarni keltirib chikaradi.
Gidrofob o‘zaro ta’sirlashish -suv bilan makromolekula o‘rtasidagi tortishidan yuzaga keladi. Biopolimerlarning qismlari,mahlum bir guruxlari orasidagi tortishish, itarilish va boshqa kuchlarga xarorat ta’sir kiladi. Xaroratning ko‘tarilishi guruxlar, qismlar yoki monomerlar orasidagi o‘zaro itarilish kuchini oshiradi aksincha xaroratning pasayishi esa ularning bir-biriga tortilishini kuchaytiradi. Ma’lum bir xaroratda itarilish kuchi va tortishi kuchi bilan tenglashib, bu ikki qarama-qarshi ta’sirlanishlar kompensatsiyalanadi. Bunday xarorat kritik xarorat deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |