Maqolalarni turli XIL guruxlarda reklama qiling, bu bilan kanalni rivojiga kata xissa qo’shgan bo’lardingiz ! Mendeleyev haqida 11 fakt


Download 25.37 Kb.
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1189711
1   2   3   4
Bog'liq
mendeleyev haqida 11 fakt

Qoloq ikkichi va oltin medalchi!
Dmitriy Mendeleyev gimnaziyada unchalik yaxshi o‘qimagan. U ayniqsa lotin tili va ilohiyot darslarini umuman xushlamagan. Peterburgdagi pedagogika institutidagi o‘qish chog‘ida u yaxshi o‘zlashtirmaganligi uchun, bir marta kursdan kursga ham qoldirilgan. U birinchi kursda, matematikadan tashqari boshqa barcha fanlardan qoniqarsiz baho olgan ekan. Matematikadan ham u zo‘rg‘a 3 ga topshirgan... Biroq, yuqori kurslarga o‘tib, bo‘lajak olimning ishlari yurishib ketdi: u barcha fanlarni a’loga o‘zlashtirib, o‘rtacha 4.5 ball bilan institutni yakunladi, faqat ilohiyot darslaridan Mendeleyev 3 baho olgan. 1855 yilda, Dmitriy Mendeleyev institutni oltin medal bilan yakunlaydi va Simferopol gimnaziyasiga katta o‘qituvchi qilib ishga tayinlanadi. Biroq, bu orada boshlanib qolgan Qrim urushi tufayli, Mendeleyev ish faoliyatini Odessadagi Rishyel litseyida davom ettirishga majbur bo‘ladi.
Chamadon yasash bo‘yicha tan olingan mohir usta.
Mendeleyevning asosiy ishidan tashqari, qo‘shimcha hunari, yoki xobbisi – kitoblarni muqovalash, portretlar uchun ramkalar tayyorlash va chamadonlar yasash borasida yetuk usta bo‘lganligini ko‘pchilik yaxshi bilmasa kerak. U yasagan chamadonlar, Moskva, Qozon, Peterburg va butun sharqiy Yevropa bozorlarida xaridordir bo‘lib, o‘ziga xos og‘zaki brend – «aynan Mendeleyevniki» nomi ostida, savdogarlar orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, olim, o‘z davri uchun g‘oyat mukammal va mustahkam sanalgan kley mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ham dong taratgan. U o‘z kley tayyorlash retseptini qattiq sir saqlagan.
Olim – ayg‘oqchi.
Dmitriy Ivanovich sanoat ayg‘oqchiligi bo‘yicha ham uncha-muncha ishlar qilganini ko‘pchilik bilmasa kerak. U 1890 yilda, Chor Rossiyasi dengiz vazirligi buyurtmasiga ko‘ra, tutunsiz poroxni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha, g‘arb davlatlari tomonidan sir tutiladigan ma’lumotlarni qo‘lga kiritish borasida ish olib borgan. Bunday poroxni chet eldan oltin evaziga sotib olish ruslarga juda qimmatga tushar edi. Hukumat buyurtmasini qabul qilgach, Mendeleyev Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya davlat kutubxonalari va statistika idoralaridan, so‘nggi 10 yillik tegishli ko‘mir va hokazo porox tayyorlashda qo‘llanuvchi tarkibiy ingridientlarning iste’mol va sarf miqdori haqidagi hisobotlarni tekshirib chiqib, ular asosida, tegishli proportsiyalarni keltirib chiqaradi va 1 haftalik izlanishlardan so‘ng, Chor hukumati dengiz floti uchun tutunsiz porox tayyorlash usulini ochib beradi.

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling