Maqolasida shu haqda so‘z boradi
Amerikaliklar ham ishlatishgan
Download 219.25 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurolga sajda
Amerikaliklar ham ishlatishgan
Avtomat turli mintaqa va sharoitlarda sinovdan o‘tgan, ayniqsa, Yaqin Sharqning qumli sahrolarida hech qachon pand bermagan. Hatto 2000-yillarda Iroq va Afg‘onistonda urush harakatlarini olib borgan Amerika harbiylari ham qo‘llaridagi M-16 avtomatlarini tashlab AK-47lardan foydalanishgan, chunki bu qurol chang va qumga yaxshi dosh bergan. 2007-yili Iroqda bu mamlakatning qurolli kuchlarini tuzish chog‘i AQSh qo‘shinlari ularni AK-47 avtomatlari bilan qurollantirishgan (bularning ko‘pini amerikaliklar Iordaniyadan sotib olishgan) edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay ularning Kalashnikovlari o‘rniga o‘zlarining M-16larini berishga majbur bo‘lishdi, chunki aksariyat AK-47lar Amerikaga qarshi isyonchi guruhlar qo‘liga o‘tib ketgandi. AQSh Iroq urushi mobaynida shu tariqa 110 mingta Kalashnikov avtomatini «yo‘qotib qo‘ygan». Iroq mavzusidan chetlashmagan holda yana bir faktni eslash o‘rinli: 2004-2005-yillarda bevosita Pentagon (AQSh Qurolli Kuchlari) boshchiligida va NATO kuchlari roziligi ostida 350 mingtadan ziyod AK-47 Bosniya va Gersegovinadan Iroqqa keltirilgan. Sobiq Yugoslaviyada 90-yillarda kechgan urushlardan so‘ng yuz minglab Kalashnikov avtomatlari kriminal va terrorchi guruhlar qo‘liga o‘tib ketib «yo‘qolgan». Bu qurolning jahondagi noqonuniy savdo aylanmasi yiliga 1,7 — 3,5 milliard dollarga yetadi, ya’ni xuddi shu qurol qonuniy savdosi aylanmasining 10 — 20 foizi atrofida. Yiliga milliontagacha yangi AK-47 ishlab chiqarilyapti, demakki, yana bir necha o‘n yillar olovli hududlar va jinoiy to‘dalar o‘zaro hisob-kitoblarida u ko‘plarning boshiga yetadi. Qurolga sajda Zamonamizning hech bir quroli AK-47chalik mashhur emas. Hatto shunchalikka borib yetdiki, Afrikaning Mozambik mamlakati uni o‘z bayrog‘i va gerbiga joyladi. AK-47 shuningdek Sharqiy Timor gerbiga tushirilgan. Aksariyat partizanlik, terrorchilik, harbiy va yarim harbiy to‘dalarniku qo‘yaverasiz. Mozambik bayrog‘i va gerbi. Yevropa va AQShda Kalashnikov avtomati birinchi navbatda «Sovuq urush» va Sharqiy blok timsoli sifatida gavdalansa, dunyoning boshqa nuqtalarida, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda AK-47 milliy-ozodlik, mustamlakachilar va imperialistlarga qarshi kurash ramziga aylangan. AK-47 dunyoni o‘zgartirgani rost. Ammo yaxshi tomongami yoki yomoniga? Bir haqiqat qo‘lida himoyachi bo‘lgan bo‘lsa, bir bechoralarning qonini to‘kish uchun ishga solingan. Uning yordamida ozod etishgan va bosib olishgan, himoyalanishgan va shafqatsizlarcha o‘ldirishgan. Xo‘sh, Kalashnikov avtomati nima berdi? Ochig‘i, hech narsa. Shunchaki temir, tilsiz, jonsiz matoh. Hammaga gap u kimning qo‘lida ekanida. Download 219.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling