Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi : Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim
maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga e’tibor kuchaytirildi
.Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy
davomi bo`lmish 2004-2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy
davlat dasturi qabul qilindi .
Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo`lgan o`n mingga yaqin
umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash , ta’lim
jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish , o`qituvchilarning mehnatini
moddiy va ma’naviy rag`batlantirish bo`yicha katta ishlar qilinmoqda .
Jumladan , O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 1995-yil
20-oktyabrda chiqargan : « O`zbekistonda teatr va musiqa san’atini rivojlantirishni
qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida »gi Farmoni
musiqa san’atini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi .
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 7-yanvardagi « Bolalar musiqa
va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning
faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014-yillarga mo`ljallangan davlat
dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonida maktab ta’limi,
ayniqsa , badiiy ta’lim mazmunini oshirish borasida yangi yo`nalishlarni ochib
berdi. Zero, bu Farmonda ta’lim va tarbiya masalalari bilan bir qatorda «san’at
maktablarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, soha uchun o`qituvchilarni
tayyorlash » asosiy vazifalardan biri sifatida e’tirof etilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |