Maqom haqida
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
osmir-yoshlarni ommaviy madaniyat tasiridan saqlashda ozbek musiqa merosidan foydalanishning ahamiyati
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti : Davlat ta’lim standartiga muvofiq
o`quvchilarni milliy musiqiy qadriyatlarimiz bilan tanishtirib borish, musiqa san’atining durdonalari, O`zbekiston bastakor va kompozitorlarining asarlari namunalari orqali milliy hamda jahon musiqalariga bo`lgan ijobiy munosabatni shakllantirish ham ko`zda tutilgan. Yosh avlodning kamolotida barcha omillar qatori qo`shiq kuylash,raqs, folk lor ansamblini tuzish,bir so`z bilan aytganda musiqiy to`garaklar faoliyati hamda madaniy tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, raqs va musiqa san’atining 7 buyuk ijodkori tarixini har tomonlama o`rganish va bu borada chuqur izlanishlar qilib xalqimizga yetkazish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Kuy-qo`shiq inson ruhiyatiga ta’sir etib, u insonni faqat yaxshi sifatlarga chorlaydi. Bu haqda Ibn Sino shunday deydi : «San’at –mo`jizadir».Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat san’at vositasidagina kirib borish mumkin.Barchamizga ayonki, kuy-qo`shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining «musiqa madaniyati» darslari hamda musiqa to`garaklari faoliyatida, musiqa va san’at maktablari faoliyatlarida mashg`ulotlarning to`g`ri tashkil etilishi, bu fanga ikkinchi darajali qaramaslik, o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanib qiziqarli mashg`ulotlar jarayonini tashkil etish, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish, milliy, an’anaviy, klassik, zamonaviy, estrada kuy qo`shiqlardan, raqslardan foydalanib mashg`ulotlarni tashkil etish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling