Ko’rinmas chiziqlarni (qirralarni) chiqarib yuborish (chetlatish) Robert algaritimi
Kavrik ko’pburchaklardan tuzilgan ob’ektning ko’rinmas qirralarinini chiqarib yuborish algoritimi Robert algaritimi bo’ladi. Ushbu algoritimni keltiramiz.
Dastlab ikkita aniqlovchi yoqlarni ko’rinmaydigan bo’lgan qirralar chiqarib yuboriladi. Keyingi qadamlarda qolgan qirralar har bir yoqlar bilan yopiqlikka tekshiriladi. Uchta holat mavjud va tekshiriladi:
1. Yoq qirrani yopmaydi, bu holda qirra chiqarib tashlanmaydi.
2. Yoq qirrani to’lik yopadi, bu holda qirra qirra chiqarib yuboriladi.
3. Yoq qirrani qisman yopadi, bu holda kirra bir necha bo’laklarga bo’linadi. Kirra ko’rilgan kirralar ro’yxatiga kirraning yok bilan yopilmaydiga kisimlari ko’yiladi.
Ko’rinmas yoqlarni chiqarib yuborish. Z bufer usuli.
Ko’rinmas chiziq va sirtlarni chiqarib yuborish algoritimlaridan biri bu Z bufer usuli bo’ladi.
Bu usul 1 yondoshishga to’g’ri keladi va har bir nuqta bilan ishlaydi. Tasvir tekistligidagi har bir nuqtaga (pikselga) (x,u) rangdan tashqari u xotirada saqlanadi. Dastlab uni (chuqurlik) +∞ teng deb hisoblaymiz. Ixtiyoriy yoqni tasvir tekistligiga tasvirlash uchun uning har bir pikseli uchun Z chuqurligi hisoblanadi. Agar u dastlabki chuqurligidan kichik bo’lsa bu qiymat Z buferi kiritiladi va eski qiymati chiqarilib yuboriladi. Va Z buferidagi piksellar ekranda chiqariladi. Ko’shni piksellarni Z chukurligini hisoblashdi butun qiymati Brizensheyim algoritimidan foydalanish tavsiya etiladi. Aytish joizki Z koordinatsiya qiymati ob’ektlarning yorug’ligini berishda yoki ularni umuman chikarib yuborishda keng qo’llaniladi.
Tartiblash algoritimlari.
Chuqurligi bo’yicha tartiblash usuli.
Yoqlarni tartiblashning eng oddiy algoritimi bu ularning proektsiyalash yo’nalishi bo’yicha tasvir tekistligigacha bo’lgan minimal masofa bo’yicha tartiblash hisoblanadi. Ularni yaqinlashish tartibida chiqarish maqsadida.
OZ o’qi bo’yicha paralel proektsiyalashni ko’ramiz. Faraz qilamizki bizga R va Q yoqlari berilgan bo’lsin. Ularni tasvir tekistligida (kompyuter ekranda) tartiblangan holda chiqarish uchun 5 ta shartni tekshirish tavsiya etiladi. Ularni tekshirish murakkabligi oshishi tartibida keltiramiz:
1. OX o’qidagi yoqlarni proektsiyalari kesishadimi?
2. OY o’qidagi ularning proektsiyalari kesishadimi?
3. R yoki Q yoqidan o’tuvchi tekistlikdan nisbatan koordinatalar boshi yotadigan tomonida yotmaydi.
4. Q yoki P yokidan o’tuvchi tekistligiga nisbatan koordinatalar boshi yotadigan tomonidan yotadi.
5. Yoqlarning tasvir tekistligidagi proektsiyalari o’zaro kesishadi. Agar keltirilgan shartlardan birortasi inkor bo’lsa R yoki Q yoqiga nisbatan tasvir tekistligida yaqinrok joylashadi va kuydagicha tasvirlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |