Maqsad: Psixologik debrifing


Dalillarni izohlash fazasi


Download 40.23 Kb.
bet3/6
Sana28.10.2023
Hajmi40.23 Kb.
#1729701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu ma`ruza matni

Dalillarni izohlash fazasi.
Bu fazada har bir shaxs hodisa paytida u bilan nima ro’y berishini alohida aytib o’tadilar. Ishtirokchilar hodisani qanday qo’zg’alganligini va keyingi bosqichlarda nimalar yuz berganini so’zlab berishlari mumkin. Debrifing jamoasining boshlovchisi vaziyatni oydinlashtiruvchi, mavhumlikni bartaraf etuvchi savollarni ularga berib borishi mumkin. Bu shuning uchun muhimki, hodisa qanchalik aniq bayon etilsa, har bir guruh a’zolari voqeani shu holicha qabul qiladi, aks holda har bir shaxs o’zicha tasavvur qilib, voqea to’g’risida noto’g’ri xulosaga ega bo’lishi mumkin. Oqibatda ularning his-tuyg’ulari ham noto’g’ri yuzaga kelishi mumkin. Vaqtga oid hissiyotlar ham ko’p holatlarda buzilishi mumkin.
Ishtirokchilardan doira orqali ketma-ketlikda quyidagi savollarga javob illimos qiling:

  • Kimsiz va xodisa (yoki jabrlanuvchi) bilan qanday bog’liqligingiz bor?

  • Hodisa ro’y berganda qaerda edingiz?

  • Nima voqea sodir berdi?

  • Siz nimalarga guvoh bo’ldingiz? Eshitdingiz?

Debrifelar har bir javobini qisqacha aytib o’tadilar. Shu tariqa har bir kishi voqcani qanday starzda ko’rganligi, nimalar yuz berganligi, keyin nima voqealar bo’lganligini aytib o’tadilar. Bu erda ishtirokchilar vaziyatni almashtiruvchi savollar berishlari mumkin. Bu esa o’z navbatida mo’ljal olish hissini qayta tiklab, fikrlar va hislarni me’yorlashtiradi. Mana shu debrifingning asosiy vazifasi - odamlarga vaziyatni bir muncha ob’ektiv tarzda ko’rsatish imkonini beradi.
Faktlar fazasining davomiyligi o’zgarishi mumkin. Lekin voqea qanchalik ko’p davom etgan bo’lsa, faktlar fazasi ham shunchalik ko’p davom etadi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, bu faqatgina ishning bir bosqichi.
Fikrlarni izohlash fazasi.
Fikrlar fazasida debrifing qaror qabul qilish jarayoni va tafakkurga asoslanadi. Bu fazani ochib beruvchi savollar quyidagicha ko’rinishga ega:
-Siz nima voqea ro’y berganini anglab etganingizdan so’ng, aqlingizga kelgan birinchi fikr nima edi?
-Siz nima bo’lishini bilganingizdan so’ng sizning birinchi fikringiz qanday edi? (ushbu savol bevosita guvox bo’lmagan kishilar uchun ta’luqli hisoblanadi) Kishilar ko’pincha voqeadan so’nggi birinchi fikrlarini bayon etishga qarshidir, chunki ular birinchi fikr ojizlik va qo’rquvni namoyon etadi deb hisoblaydilar. Birinchi fikr ko’pincha yurakdagi xavotirni ochib beradi. Keyingi savol quyidagicha: "Voqea sodir bo’lmasdan oldin nima bilan shug’ullanayotgan edingiz?", "Nima uchun siz bajargan ishingizni bajarishga qaror qildingiz?". So’nggi savolga ko’pincha birinchi fikr ishtirokchilari himoya qilinadi. Tezkor harakat vaqtida ishtirokchilarda g’azab paydo bo’lishi mumkin (boshqaruvchilarga nisbatan), chunki yuqoridagilarning savollari be’mani va g’alati bo’lib tuyuladi.

Download 40.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling