Maqsad: Psixologik debrifing


Download 40.23 Kb.
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi40.23 Kb.
#1729701
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu ma`ruza matni


III MAVZU: PSIXOLOGIK DEBRIFING


Maqsad: Psixologik debrifing to`g`risida tushuncha berish, debrifing fazalari haqida tushuncha berish orqali talabalarni fan to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish, bo`lajak pedagog-psixologlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.
Mavzuga oid kalit so`zlar: reabilitatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, psixologik debrifing, zo’riqish, kirish fazasi, dalillarni izohlash fazasi, kechinmalarni izohlash fazasi, belgilarni (simptom) izohlash fazasi, yakunlash fazasi, readaptatsiya fazasi.
Asosiy savollar:

  1. Psixologik debrifing haqida tushuncha

  2. Debrifing fazalari



1-reja bayoni
Debrifing - guruhiy psixik jarohat bilan ishlash metodi bo’lib hisoblanadi. Bu metod Badxen tomonidan 2001 yilda, Komek tomonidan 2004 yilda o’tkazilgan bo’lib, bu fojea yoki falokatli hodisani birgalikda boshdan kechirgan odamlar bilan tashkil etilgan va aniq tizimlashtirilgan guruhiy ish. Debrifing qatnashchilari debrifellar deb ataladi
Debrifing tezkor psixologik yordam choralariga kiradi. U hodisa yuz bergandan keyin imkoni boricha tezroq o’tkaziladi, ba’zida bir necha soatdan keyin yoki fojea ertasiga. Debrifingni o’tkazish uchun optimal vaqt - hodisadan keyin 48 soat ichida o’tkazilishidir. Agar vaqt ko’p o’tkazib yuborilsa, xotiralar chalkashib yoki tumanlashib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda, shaxsning hissiyotini va holatini qayta tiklash esga tushirish maqsadida voqea haqida video yozmalar va filmlardan foydalanish mumkin.
Debrifing muolajasi xavfsiz hisoblanib odamlar uchun u ekstremal vaziyatlar bilan bog’liq kechinmalar, reaktsiya, hissiyotlar bilan bo’lishish imkonini beradi.
Debrifing muolajasi orqali ishtirokchilar engillashadilar, ichki zo’riqishlari pasayadi. Guruhda qolgan ishtirokchilardan madad olish imkoniyati tug’iladi.
Debrifing metodining maqsadi - boshdan o’tkazilgan stressdan keyingi psixologik og’irlikning (psixologicheskaya tyajest) oqibatlarini pasaytirish. Bo’lib o’tgan voqealarni guruhiy muhokamalashning umumiy maqsadi - psixologik qayg’uni (azoblanishni) minimallashtirish. Buning uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
1. Kechinma, reaksiya va hissiyotlarni "qayta ishlash"; yuz bergan hodisa, unga reaksiya mazmunini va tizimini tushunishni tashqillashtirish;
2. Individual va guruhiy zo’riqishni pasaytirish;
3. Ishtirokchilarda o’z reaktsiyalari g’ayri-tabiiy va normal emasligi hislarini pasaytirish. Bu vazifa hissiyotlarni guruhiy muhokamalash yordami bilan echimini topadi;
4. Ichki va tashqi guruhiy resurslar mobilizatsiyasi, guruhiy qo’llash quvvatlashni, tushunishni, hurmatni kuchaytirish;
5. Yaqin kelajakda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan belgi va reaksiyalarni boshdan o’tqazishga tayyorlash;
6. Kerak bo’lganda keyingi yordamni aniqlash.
Debrifing jarohatlar paydo bo’lishini oldini olmaydi, balki ularning rivojlanishi va zo’rayishiga to’sqinlik qiladi, o’z holati sabablarini tushunishga paydo bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlarni engillashtirish uchun qo’llash zarur bo’lgan harakatlarini anglashga yordam beradi. Shuning uchun debrifing - bir vaqtning o’zida ham krizisli interventsiya, ham profilaktika metodidir.
Debrifingni istalgan joyda o’tqazish mumkin, asosiysi o’tkazilayotgan joy qulay, guruh tashqi ta’sirlar (masalan, telefon qo’ng’irog’i) dan izolyatsiyalangan bo’lishi kerak. Ishtirokchilar stol atrofiga joylashadilar. Bu an’anaviy guruhiy terapiyadan yaxshi, agar stullar bo’sh muhit atrofida doira bo’lib joylashsalar ishtirokchilar uchun bu bo’shliq muhiti xavfdek idrok etilishi mumkin.
Eng optimal guruh ishtirokchilari 10 tadan 15 tagacha bo’lib, debrifingni 2 ta tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislar olib boradilar. Sodir bo’lgan voqeaga aloqasi yo’q shaxslarning bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Sessiya vaqti birinchi bo’lib aniqlab olinadi va tanaffussiz 2 - 2,5 soatni tashqil qiladi.
Debrifingni "davolash" deb bo’lmaydi. Uning mazmuni stressdan keyingi og’ir psixologik oqibatlar ehtimolini minimallashdir. Debrifingni olib boruvchi, guruhiy ish, xavotir, jarohat va yo’qotish bilan bog’liq muammo bilan tanishgan bo’lishi kerak. U guruh a’zolarini intensiv emotsionallikni namoyon qilishlariga qaramay o’ziga ishongan va bosiq bo’lishi zarur.
Eng muhimi - guruhiy muhokamani tashqil etishdir. U o’z ichiga gapirib olishni, tinglashni, qaror qabul qilishni, kun tartibiga amal qilishni, uchrashuvlarni qoniqarli yakunlash va ijobiy natijalarga erishishni qamrab oladi.

Download 40.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling