Maqsad: Psixologik debrifing


Download 40.23 Kb.
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi40.23 Kb.
#1729701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu ma`ruza matni

2-reja bayoni
Debrifing uch qism va ettita fazadan iborat:

  1. qism – ishtirokchilarning asosiy hissiyotlarini qayta ishlash va stress holatini aniqlash;

  2. qism - belgilarni (simptomlarni) batafsil muhokamalash, hamda, ishtirokchilarda himoyalanganlik va qo’llab quvvatlanayotganlik hislarini ta’minlash;

  3. qism - resurslar mobilizatsiyasi, axborotlar bilan ta’minlanish

Debrifingning fazalari:
1) kirish fazasi;
2)dalillarni izohlash fazasi;
3) fikrlarni izohlash fazasi;
4) kechinmalarni izohlash fazasi;
5) belgilari (simptom) izohlash fazasi;
6) yakunlash fazasi;
7) readaptasiya fazasi.
Kirish fazasi - juda muhim. Agar u yaxshi darajada, tashkiliy ishlari aniq o’lkazilgan bo’lsa, unda guruh keyingi mashg’ulotlarni ham yaxshi o’zlashtirib oladi. Qanchalik kirish qismi uzoq vaqt davom etgan bo’lsa, unga guruhning keyingi mashg’ulotlarda kirishib ketishi darajasi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Eng kami, tig’iz paytda kirishga 15 daqiqa kerak bo’ladi. Kirish qismi debrifing jamoasini o’zida jamlab, uchrashuv maqsadini taxminan quyidagi tartibda oydinlashtiriladi. "Men - N.... Shunga o’xshash vaziyatlarning muhokama muolajalarini avvallari ham bir necha bor o’tkazganman va ular shunday vaziyatlar ediki... Bu muhokamalarni qatnashgan kishilarning ko’p qismi foydali deb topgan. Ular bizga ro’y bergan hodisalar bilan bog’liq hislarimizni bayon etishga va o’zimizni o’nglab olishga yordam beradi. Shuning uchun bu erda muhokama qilingan barcha narsalarni biz me’yoriy (norma) deb hisoblaymiz. Bu sizga hozirdagi holatni va engib bo’lmasdek tuyulayotgan his va holatingiz echimini topishga yordam beradi. "
Etakchi yig’ilganlarga debrifingni asosiy shartlarini tushuntiradi. Ishtirokchilar faktlarni va muammolarini tushuntirib, etkazib bera olmasliklari xavotirlarini ko’rsatishlari mumkin. Etakchi debrifing yangi mashg’ulot ekanligini va ishtirokchilar bunday mashg’ulotlarni ilgari boshlaridan o’tkazmaganliklarini tushuntiradi. Shuning uchun ular buni qanchalik yaxshi bajara olishlari muxokama paytida aniqlanadi. Bunda yo’nalish ma’lum intiqlik tuzilishini yaratadi: har bir ishtirokchi o’z hislari va fikrlari to’g’risida so’zlab berishi va bu mashg’ulotdan o’ziga foydali tomonini ajratib olishi lozim.
Shundan so’ng etakchi debrifing uchun qoidalarni aniqlashtirib oladi. Qoidalar o’zlarida ishtirokchilarni mavjud xavotirlarini minimallashtirishni qamragan bo’ladi.
Odatda ishtirokchilar istamasalar so’zlashmasliklari yoki biron bir xolatlarini aytib bermasliklari mumkinligini eshitib ancha tinchlanadilar. Yagona talab shuki, ular o’z ismlarini aytishlari va guvoh bo’lgan xodisalarga nisbatan o’z munosabatlarini aytib berishlari lozim. Biroq etakchi ishtirokchilar bir-birlarining so’zlarini bo’lmasliklarini va hohlovchilar o’z fikrlarini aytib o’tishlari mumkin ekanini aytib o’tadilar. Guruh a’zolari mashg’ulot maxfiylikni saqlashini aniq bilishlari va bunga amin bo’lishlari lozim. Boshqaruvchi yoki mas’ul shaxs aytib o’tilganlar xonadan tashqariga chiqmasligi to’g’risida kafolat berishi kerak. Guruh a’zolari ham bu erda bo’lib o’tgan voqea hodisalarni, fikrlarni boshqalarga, aytmasliklari, boshqa guruh a’zolari bilan "g’iybatlashmasliklari" to’g’risida iltimos qiladilar.
Ishtirokchilarning ularning hohish -istaklariga qarashi, savol-javoblari yozib olinmasligi borasidagi qo’rquvlarini bartaraf etish lozim. Ular yashirin yozib olish moslamalari bor ekanidan tashvishlanmasliklari kerak. Lekin ularga debrifing jamoalari uchun o’tkazilayotgan mashg’ulotni muallifsiz yozib olish foydali ekanini aytib qo’yish ortiqchalik qilmaydi.
Guruh a’zolari shuni ham bilib qo’yishlari kerakki, debrifing ularni baholamaydi, tanqid qilmaydi va ular ustidan hech qanday hukm chiqarmaydi. Biroq debrifing mutaxassisi jarayonning muhokamasi borasida o’z fikrini ochiq aytishi, uni tanqid qilishi mumkin, aks holda odamlarning o’zlari debrifingdan so’ng shu bilan shug’ullana boshlaydilar.
Ishtirokchilar ularni muhokama qilayotganlarida o’zlarini noqulay his qilishlari mumkin ekanligi haqida ogohlantiriladilar, lekin bu normal holat bo’lib, bu odatda nozik masalalarga to’xtalganda amalga oshadi. Etakchi shuni tushuntirish kerakki, bu oqibatda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan stress holatiga qarshi chiqishini bir usuli hisoblanadi. Guruh a’zolariga tanaffussiz ishlash tavsiya qilinadi. Shuning uchun ularga debrifing boshlanishidan avval ovqatlanib olishlari yoki hojatga chiqib kelishlari aytib o’tiladi. Ishtirokchilarga sekin- asta tashqariga chiqib, yana qaytib kirishlari mumkin o’qtiriladi. Biroq, chiqib ketishidan oldin ishtirokchilar boshlovchiga bu haqida aytib berishi lozim, chunki ishtirokchilarning axvoliga qarab boshlovchi ularga bir ikki ishtirokchini qo’shib beradi.

Download 40.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling