Readaptatsiya fazasi. Qayta moslashish fazasi
Bu fazada kelajak to’g’risidagi tasavvurlar rejalashtiriladi. Guruhning qo’llab-quvvatlashi asosida guruh a’zolari qiyinchiliklarni engib, kelajakka nazar tashlay boshlaydi. Debrifingning muhim maqsadlaridan biri guruh ichidagi psixologik muvozanatni yaratish hisoblanadi. Atrofdagilarning tushunmasliklari oqibatida yuzaga kelgan kechinmalar eng kuchli asoratlarga va stress holatlarga olib keladi. Keyinchalik ishtirokchilar qanday ko’rinishdagi yordamlardan foydalanishlarini muhokama qilish ham juda foydali hisoblanadi.
Bu erda quyidagi ko’rsatkichlar aniqlashtiruvchi bo’lishi mumkin:
*Agar alomatlar 6 hafta ichida kamaygan bo’lsa...
*Agar keyinchalik alomatlar kuchayib, yangilari paydo bo’lgan bo’lsa;
*Agar kishi uyida yoki ish joyida o’zini munosib tuta olmasa.
Shunday alomatlar mavjud bo’lsa, davolashni davom ettirish lozim.
Yordamning keyingi yo’nalishlarini oydinlashtirib olish uchun guruh
a’zolari o’zaro maslahatlashib qaror qabul qilishlari mumkin. Debrifing
boshlovchilari ishtirokchilarga bir-birlari bilan aloqani buzmaslik uchun aloqa vositalari bilan almashishlari taklif etiladi (telefon, maktub va h.k.)
Nazorat savollari:
Psixologik debrifing haqida tushuncha bering.
Debrifing metodining maqsadi nima?
Debrifingning qanday fazalari bor?
Kirish fazasi nima?
Dalillarni izohlash fazasini izohlang.
Fikrlarni izohlash fazasiga ta’rif bering.
Qayg’urish fazasi (kechinmalar)ning mazmuni nima?
Belgilari (simptom) izohlash fazasini izohlang.
Yakunlash fazasini ta’riflang.
Readaptatsiya fazasi nima?
Adabiyotlar ro`yxati:
N.Komilova., Ijtimoiy reabilitatsiya. O`quv qo`llanma, Toshkent, 2017. 220 b.
2. Малкина-Пых И.Г. Психосоматика. Новейший справочник. СПб. - М., Сова - Эксмо, 2003.
3. Ю.Бурлачук Л.Ф., Коржова Е.Ю. Психология жизненных ситуаций. М., Российское педагогическое агентство, 1998.
4. Цуканова Е.В. Психологические механизмы поведения и деятельности личности в экстремальных условиях (Материалы к лекции). М., РСПИ, 1991.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik Respublika tashhis markazi, Aniq vaziyatlarni tahlil qilish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |