Maqsad: Psixologik debrifing
Qayg’urish fazasi (kechinmalar)
Download 40.23 Kb.
|
3-mavzu ma`ruza matni
Qayg’urish fazasi (kechinmalar)
Odatda bu debrifingning eng uzoq davom etadigan fazasi. Bundan oldingi faza inson uchun salbiy oqibatlarni keltiruvchi va nixoyatda kuchli bo’lgan kechinmalarni faollashtiradi. Bu bosqichning vazifasi ishtirokchilar uchun shunday sharoit yaratishki, ishtirokchi o’zida ular tomonidan qo’llab- quvvtlanayotganligini ko’rib voqealar haqida o’z fikrini bayon etishi mumkin bo’lsin va xuddi shunday voqealarni boshdan o’tkazayotgan boshqa ishtirokchilarni ham qo’llab- quvvatlanishini his etsin. Kishilar u yoki bu qarorini qabul qilishlarining sabablarini aytib o’tayotganlarida ular tez-tez qo’rqib, nochorlik, yolg’izlik, o’zlariga nisbatan tanqid to’g’risida so’z yuritadilar. So’zlab berish jarayonida guruh a’zolarida o’xshashlik, umumiylik va tuyg’ularning haqqoniyligi hissi uyg’onadi. Bunga quyidagi savollar turtki bo’ladi: Hodisaga qanday fikr bildirdingiz? Bo’lgan voqealar ichida siz uchun eng dahshatlisi qay biri edi? Siz ilgari hayotingizda shunga o’xshash kechinmalarni boshingizdan o’tkazganmisiz? Quyidagi hislarning sababchisi nima: G’am; Xafagarchilik; Qo’rquv. Yana shunday turdagi savollarni berish mumkin: "Hodisa rivojlanganda atrofingizda bo’lib o’tayotgan ishlarga nisbatan ta’surotingiz qanday edi?", Siz nimani ko’rdingiz, tuydingiz, eshitdingiz? Qo’llanishi mumkin bo’lgan boshqa savollar: Jismoniy darajada nimalarni his qildingiz? Agar bu bir voqeani boshdan o’tkazgan guvohlar jamoasi bo’lsa, unda quyidagi savolni ham berishingiz mumkin: "Ko’rganlaringiz, eshitganlaringiz, his qilganlaringiz va xattoki tuyganlaringiz ichida qay biri xotirangizda muxrlanib qoldi va sizni ko’proq tashvishlantiradi?" Agar guruh kichik bo’lsa unda doira ketma-ketligida savol-javob o’tkazishi mumkin, agar katta guruh bo’lsa, unda hohlagan kishidan so’rash mumkin. Ishtirokchilar diqqatini hikoyani muhokama qilishga, qayta ko’rib chiqishga, savollarni aniq etkazib berishga qaratishga harakat qiling. Ishtirokchilar ularning har bir hislari yashashga loyiq ekanligini, ular muhit va hurmatga sazovvor ekanligini bilishlari lozim. Debrifing etakchisi har bir shaxsning muloqotda ishtirok etishini ta’minlab berishi kerak. U debrifing qoidalari bo’lgandagina aralishishi mumkin. Buni alohida va mukammal bilishi lozim, chunki debrifmingning asosiy terapevtik jarayoni shuki kishilardagi, oiladagi, do’stlar orasidagi, o’zaro emotsional muammolarini mustaqil ravishda hal qila olishlariga tayyorlashdan iborat. Agar ishtirokchilardan birining ahvoli yomonlashsa, unda guruh a’zolarining yordami ayni muddao hisoblanadi. Ular ahvoli yomonlashgan ishtirokchilarning elkasiga qo’lini qo’yib yoki bu erda ko’z yosh to’kish uchun qulay paytligini aytgan tarzda ahvoli yomonlashgan ishtirokchi uchun dalda bo’lib, yordam berishi mumkin. Bunday paytda ishtirokchilarni yolg’iz tashqariga chiqarish mumkin emas, boshlovchi bunday paytda ishtirokchi bilan birga borib, tinchlantirib qaytarib guruhga olib kelishi lozim bo’ladi. Eng ko’p psixologik talofat olgan, kamgap va alomatlari kuchli bo’lgan ishtirokchiga katta ahamiyat berishi kerak (albatta bu jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi). Ba’zan eski xotiralar yana qaytalanib, jabrlanuvchini tashvishga solishi, bezovta qilishi va qo’rqitishi mumkin. Debrifing boshlovchisi kishilar uchun alohida tinchlantiruvchi uslublardan foydalanib, yangi mashg’ulotlarni taklif etishlari lozim. Download 40.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling