Maqsad: Psixologik debrifing


Download 40.23 Kb.
bet5/6
Sana28.10.2023
Hajmi40.23 Kb.
#1729701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu ma`ruza matni

Belgilari (simptom) izohlash fazasi. Alomatlar fazasi.
Ba’zan bu faza oldingi yoki keyingi faza bilan uyg’un holda o’tkaziladi. Lekin ayrim holatlarda bu fazani alohida ajratish ancha samarali hisoblanadi.
Alomatlar fazasi paytida ayrim reaktsiyalarni batafsil muhokama qilishga to’g’ri keladi. Ishtirokchilardan voqea hodisa ro’y bergandan so’ng, ular uyga qaytganlarida yoki voqeadan so’ng bir necha kun o’tganda sizda qanday alomatlar kuzatiladi kabi savollar bilan murojat etishlari mumkin. Albatta hodisa kechinmalari to’g’risida savol berilgandan so’ng, odatiy turmush tarziga qaytish borasidagi savollarni ham berib o’tish lozim.
Yuz bergan voqealardan so’ng stress holatining yuzaga kelishi bu tabiiy hol bo’lib, kuchli stressni boshdan o’tkazgan kishi odamovi, kamgap va boshqalardan o’zini olib qochadigan bo’lib qoladi. Qo’rquv esa hatti- harakatlarga ham o’zgartirish kiritishi mumkin. Fobiya reaktsiyasi (qo’rquv) voqea guvohlarida voqea sodir bo’lgan joylarga bora olmasliklarida namoyon bo’ladi, ayniqsa bu joy ularning ish joylari bo’lsa, bunday dahshatli voqealardan so’ng ishtirokchilar ko’pincha yashash joylarini o’zgartiradilar, ish joylarini almashtiradilar, avtomobil tezligini kamaytirgan holda boshqaradilar.
Alohida e’tiborni oilaviy hayotlariga ta’sir etishi mumkin bo’lgan psixologik jarohatga qaratishi lozim.
Kishilarga ularning oilasi ular kechinmalarini tushunayotgandek tuyulishi mumkin. Ba’zan debrifingga jabrlanuvchilaming oilalarini ham jalb etish foyda beradi. Albatta ular bu hislarini his qilishi uchun tasmalar yoki qo’lyozmalarni o’qib chiqishlari kerak bo’ladi. Bir muddat oila a’zolariga shunday voqealar bayon etilgan faktlarni ko’rsatish, ularga yaqin kishilarning axvolini yanada chuqurroq his qila olishlariga imkon beriladi.
Yakunlash fazasi. Nihoya fazasi (xotimalar).
Bu fazada boshlovchilarning biri ishtirokchilarning reaktsiyalari borasida xabar berishi lozim. Buni guruhning faol a’zolaridan biri amalga oshirishi yaxshiroq hisoblanadi. Natijalarni solishtirgan holda guruh ahvolini qoniqarli darajaga ko’tarish mumkin bo’ladi. Har bir ishtirokchining individualligi alohida belgilangan bo’lishi lozim. Ishtirokchilarda reaktsiyalarni ko’rsatishga majburiyat hissi tug’ilmasligi lozim, agar ular hohlasalar bu reaktsiyalarni hohlagan paytda ko’rsatishlari mumkin. Agar mavjud bo’lsa hodisani va mashg’ulotni tasmaga yozib olingan surati shtirokchilardagi mavjud reaktsiyalarni aniq va batafsil ko’rsatib berishi mumkin.
Albatta buni debrifing paytida amalga oshirish mumkin emas, chunki bu jarayonni izdan chiqarishi turgan gap.
Debrifingdan so’ng ishtirokchilar yana bir necha marotaba debrifing uyushtirib, uchrashuv belgilasalar maqsadga muvofiq bo’ladilar. Albatta debrifingda yana bir bor takror qatnashish majburiy emas, hohlaganlar, jarohati batamom bitganlar unda ishtirok etishlari mumkin. Muolaja reaktsiyasi sekin- asta ishtirokchilarga namoyon bo’lib boradi.

Download 40.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling