Maqsad: Psixologiya fanini o’rganmoq uchun uning qadimgi tarixini bilish, uning maqsadi, vazifasi, predmeti, ilmiy va falsafiy qarashlarini o’rgatishdan iboratdir. Metodik ta’minot
Download 74.09 Kb.
|
Документ
REJA: KIRISH. Psixologik blimlarning uyg’onish davridagi ilm-fan taraqqiyoti bosqichlari. O’rta asrlarda psixologiya fanining yuzaga kelishi. Xulosa. Psixologik bilimlarning o’rta asrlarda va uyg’onish davrida qanday yuzaga kelishi jarayonlarini batafsil o’rganib, hozirda ilmiy izlanishlar asosida haosil bo’layotgan psixologik bilimlar darajasi bilan solishtirish orqali keng asosda o’rganib fanga tadqiq etish jarayonlarini o’rganib o’tish lozimdir. X-XSH asrda qator Evropa davlatlarida fan taraqqiyoti asosan to’xtab qolgan edi. Bunga sabab esa bu davrda jahon davrlarida ichida dinning taqsimlanishi, bunda yana UP-USH asrda o’rta Osiyo va Arab davlatlarida musulmon dinining hukmron bo’lishi, Evropa davlatlarida esa xristianlikning katologik, iua dinlarining vujudga kelishi bu dinlar orasidagi o’z mavqeini kuchaytirish va kengroq tarqati uchun olib borgan qarashlaridir. Buning natijasida USH-XSH asrlarda bo’yoq inkvezatsiya davri boshlandi. Din yo’llanmalariga mos bo’lmagan har qanday dunyoqarash qabul qilinmas edi. Bularga, ya’ni unga qarshi chiqqanlar esa jazolanar edi. Ilm-fan taraqqiyoti bunda skelostika yuzaga keladi. Evropada ilm-fan to’xtagan paytda,xuddi shu davrda arab davlatlarida ilm-fan taraqqiyoti o’zining eng yuqori nuqtasiga etdi. Uyg’onish davrining asoschilaridan rus olimasi Antonina Nikolaevna Jdanning fikricha: «O’rta Osiyo mutafakkirlari va arab mutafakkirlari bo’lmaganda Evropadagi va butun jahondagi fan taraqqiyoti mutlaqo yo’q bo’lib ketar edi» deb ta’riflaydi. Evropada buyuk invenzatsiya davrida ilm-fanga taaluqli bo’lmagan hamma asarlar yondirilib yuboriladi. Me’morchilik va madaniyatga xos bo’lmagan madaniy obidalarning hammasi vayron etiladi. Xuddi shu davrda O’rta osiyo allomalari Al Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy va arab allomalaridan Usmon Rushib va boshqalar antik falsafa yuzaga kelgan bilimlarni, yunon faylasuflarining ishlarini va Evropadagi qator olimlarning ilmiy ishlarini o’zlarida saqlab qoladi. Natijada bularning ta’sirida fan taraqqiyoti tezlashtirishdagi asarlarni yaratdi. O’rta asrlarda Evropada USH-1X asrgacha bironta ham ilmiy asar yaratilmagan, deganlari notug’ri bo’lar edi. CHunki bu davrda ilmiy dunyoqarash chuqur yo’nalishda bo’lsa ham, qator dunyoqarashlar yuzaga keldi. Bu davrda shaxs tushunchasi bo’yicha mistik dunyoqarashlar Boyltsi U1-UP asr, F.Akvinskiy XSH asr, Dunskat XSH asr, A.Dante XSH-X1 asrlar R.Bekon XSH asr, Avgustin XSH asrda diniy dunyoqarash bo’yicha fandagi qator vazifalarni hal etishga qaratilgan, ko’zga ko’ringan vakillardan biri F.Akvinskiy 1226-1274 yil, u yuqori lavozimdagi «dindor» bo’lib katolittsizm g’oyalarini fanga olib kirgan va diniy nuqtai nazardan jon haqidagi ta’limotni hal qilishga qartilgan. Uning fikricha jon va ta’na alohida-alohida xususiyatlarga ega. Ruh tanani harakatga keltiradi. SHuning uchun har xil ko’rinishdagi ruhlar mavjud. Masalan: o’simlik, hayvon, bunan tashqari Akvinskiy insonning ruhi faqat Allohga bo’ysunadi, bilish faoliyati yoki bilish jarayonlari faqat Alloh tomonidan belgilanadi degan tushunchani ilgari surgan. Uning qarashlari falsafada naminazilm oqimini vujudga keltirdi. Undan so’ng Dum Skot va Okanlar inson idrokini, uning ya’ni uning aqlidan yuqori turadi deydi. Okanning dunyoqarashi bo’yicha «Okan ustarasi» nomini oldi va har xil hodisalar yuzaga kelishinining printsiplarini yaratishni harakat qildi. Bundash tashqari XSH asrlarda Ekxart jon haqidagi ta’limotda metitizmni yuzaga keltirdi. Bu olimlardan so’ng yangi oqimga nazar tashlaan olimlardan Rodjer Bekon hisoblanadi. X1U asrga kelib qator olimlar: Kopernik, Kepler, Bruno, Galileolar mexanika, astanomiya va matematika sohasida yangi zamon faniga asos soldi. SHu asrda A.Vasiliy inson tanasining tuzilishi haqida asar yaratdi. Va Galen anatomiyasini fandan siqib chiqardi. Lengel Served esa «Kichik qon aylanishi doirasi» haqidagi ta’limotni yaratadi. Nemis olimlari R.Glklenius. O.Kosmonlar 1590 yilda fanga «Psixologiya» terminini kiritdi. R.Bekon tonidan yangi g’oyalarning shakllanishi bo’ldi. Xulosa: O’rta asrlarda yuzaga kelgan psixologik bilimlar, psixologlar olib borgan ilmiy ishlar natijalari Uyg’onish davrining o’ziga xos ilmiy tajribalarini o’zaro psixologiyaga ta’siri, shuningdek hozirdagi bu ishlarni qay yo’sinda o’rganish yo’llari, usullarining fanga talqinini ochib berish orqali bilim ko’nikmalarini oshirish. Tayanch tushunchalar: Invezatsiya – Sxolostika - o’rta asr feldal jamiyatidagi diniy feodalistik falsafa. Nominalizm - idealistik falsafaning umumiy nomi. Nazorat savollari: Nechanchi asrda Evropada ilm fan taraqqiyoti to’xtab qolgan edi? Nima uchun invenzatsiya davri boshlandi? Qaysi davrda shaxs tushunchasi yoki mistik qarashlar paydo bo’ldi va asoschilari kim? Akvinskiy kim va u fanga qanday ilmiy g’oyalarni olib kirdi va qanday oqim paydo bo’ldi? Kichik qon aylanishi doirasi haqidagi ta’limotni kim yaratgan? Nechanchi yilda va qaysi mamlakat olimlari fanga «Psixologiya» terminini kiritdi? IV-mavzu: ONG HAQIDA TUSHUNCHA. Maqsad: Psixologiyada ilk ong tushunchasini keng tadqiq qilgan holda, bu tushuncha bilim, ko’nikmaga ega bo’lish olrqali ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, hamda talabalar orasida munozarali suhbatlar orasida ong tushunchasini talqin etish. Metodik ta’minot: Jadval, savolli tarqatma kartochkalar, Adabiyotlar: S.G.YAroshevskiy. A.N.Jdan. Bg’Yu.B. Gippereyter «Xrestomatiya» po istorii psixologii» M.Izd. «MGU»-1981. A.N.Jdan. «Istoriya psixologii» M.Nauka. –1990 . A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya» T.Uzb. 1992 yil. REJA: Ong haqida umumiy tushuncha. Ongning strukturasi tuzilishi. Ongning muhim psixologik ta’rifi. Ong va ongsizlik. Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday. Uning birinchi ta’rifi-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo’lishiga olib keladi.
Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir.Odam o’z hatti-harakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo’l bo’lib, uni o’zidan o’zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hakazo. K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o’zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o’zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi. Bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning harakterini belgilab beradi va kishi o’z irodasini ana hu maqsadga bo’ysundirish lozim» deb ta’kidlagan edi. Maqsadni ko’zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo’nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko’ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak.
Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi, unda murakkab ob’ektiv eng avvalo o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda esa (jalb etilgan) ijtimoiy boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi potologiya normal ongni mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: Bemor bunga qadar behad yaxshi ko’rgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi. YA’ni kishilar to’g’risida zarda bilan gapiradi va hakazo. Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean-butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til, alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.» Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi. Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir. Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy mahsul, til amaliy-haqiqiy ongdir. Nazorat savollari: Ong nima? Ongning to’rtta ta’rifini keltiring. Ongning strukturasi qanday? CHet el olimlari ong haqida? Ong tushunchasi Freyde talqinida? Ongsizlik nima uning arajasi qanday? Til bilan ongning bog’liqlik tomonlari nimada? Ong bilan ongsizlikning farqi yoki bog’liqligi nimada? Mavzu: RUH HAQIDA TUSHUNCHA. Maqsad: Ruh haqida tushuncha hosil qilgan holda, bilim ko’nikmaga ega bo’lish. SHuning uchun ruh mavzusi haqida ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish. Metodik ta’minot: Kartochalar, tarqatma materiallar, mavzuga oid savolli tarqatma materiallar. Adabiyotlar: Dinshunoslik . O.Umarxonova. Umumiy psixologiya A.V.Petrovskiy Toshkent-2002 y. «Sechenov mirovaya psxologicheska misl’» M.G. YAroshevskiy M-1980 y. Osnovi obshey psixologii. Tom. S.Rubinitenti. M.-1989 . REJA: Ruh hozirgi kun talqinida. Ruh diniy tushunchada. Psixologiyada ruh haqidagi tushuncha doirasini kengaytirish orqali, ilk tushunchalarning paydo bo’lishi bu tushunchalarni hozirgi kunda qanday talqin etilishi jarayonarini kuzatgan holda bog’liq o’zaro farq qiladigan tomonlarini solishtirgan holda o’rganish. O’rtaga tashlangan munozarali savollar orqali ruh tushunchasi haqida bilim va ko’nikmalarni yanada boyitish va ijodiy fikrlashni ta’minlash. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim-qadim zamondan kishini tevarak –atrofdagi odamlarning psixik jihatidan tuzilishi xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z hatti-harakatlrini hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlar xonning ta’siri deb izoh berilgan. Xon tushunchasining paydo bo’lishi ibtidoiy xalqlarning animistik qarashlari bilan bog’liqdir. Ibtidoiy olamning tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Bunday tasavvurlar hayot hodisalari va ongni shu jumladan ketish va shu kabilarni, noilmiy, primetiv materialistik tarzda talqin oqibatida tarkib topgandir. Ibtidoiy odam bu xildagi hodisalarning sabablarini tushuntirib berish vositalriga ega bo’lmasdan bevosita idrok qilinadigan yurakdagi narsani haqiqiy mohiyat sifatida qabul qilib ketgan jumladan tush kurish, uxlayotganda tanani tark etib er yuzida kezib yuruvchi ruhning tsavvurlari deb tasavvur qilingan. Ibtidoiy odam o’limni hayotiy jarayonning oxirgi bosqichi deb tushunmagan. SHu bois o’lim uyquning bir turi sifatida idrok etilib bunda ruh allaqanday sabablarga ko’ra. tanaga qaytib kelmaydi-deb izohlagan. Ibtidoiy odam bu hodisalarni taxminan quyidagicha tushungan.
Marhumlarning ruhlari ham go’yo odamlarniki kabi mashg’ulotlar va sotsial-tartib mavjud bo’lgan hamjamiyatni tashkil etarmish. Tirik odamlar va marhumlarning ruhi o’zaro aloqada bo’lib, moddiy va xo’jalik jihatidan bir-biriga bog’liqdir. YOvvoyi odamning tabiat qarshisidagi ojizligi sababli indivitning ham jamiyatning ham ruhdan ana shu tarzda tobeligi haqidagi tasavvurlar natijasida ruhi tabiat ibodat tarzidagi munosabatlar tarkib topdi. Bu esa dinning dastlabki shakli edi. Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari rejalashtirish va ijroning jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning ma’naviy kuchlarining tabaqalashuvi sinfiy jamiyatda paydo bo’lishi va kishining mavhumlashtirilishi qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan ham tabiati haqidagi g’oyalar paydo bo’ldi. SHu bilan birga oldingi animistik afsonaviy tasavvurlar o’z ruhni borliqning naturafilosofik manzarasi nuqtai nazaridan tushuntirishga urinishlari egallay boshladi. Insonning naturafilosoflarni Fans, Anaksimen (Er.av. U asr) va Geraklit ruhni odamning ibtidosini tashkil etuvchi narsalar, suv. Havo, olovlarning odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzda talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining o’ziga xos shakli materiyaning jonliligi to’g’risidagi xulosaga olib keladi. Ruh bilan aqlning tananing a’zolari bo’lgani uchun ularning o’zi ham tana hisoblanadi. Atomislarning fikriga ko’ra sharsimon kichik va shuning uchun ham ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning soddaligiga qarab unda jonli narsa tananing eng sodda funktsiyalardan tortib to psixikaga aql-idroklar qadar jonliligi xususiyatining materiyasigina xos xususiyat ekanligi taqdirlanishi progressiv hol edi. SHunday qilib psixik faoliyatini ilmiy tushunish yo’lidagi dastlabki yirik muvaffaqiyatlar uning fizikaviy olam qonunlariga bo’ysunishini isbot qilish bilan organizmning fiziologik tushunchasiga bog’liqligi kashf etish bilan uzviy bog’liqdir. Aflotun psixologiyada duolizmni ya’ni moddiy va ruhiy olamning, tana bilan psixikaning ikkita mustaqil va antogonistik ibtidolari tarzida tushuntiradigan ta’limotning duolizmga qaraganda uning shogirdi Arastu eramizga qadar 384-322 yillarning ta’limotiga ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosga qayta ko’rib uni biologiya va tibbiyot bilan bog’ladi. Arastuning «Jon» to’g’risidagi asari psixologiyaning bu davrga kelib o’ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Uning yutuqlari ham hafyvonlardagi ham odamlardagi konkret hayotiy ko’rinishlarni ko’rsatish. Tasvirlash, tahlil qilish bilan bog’liq edi. Arastu ruhiy faoliyatni o’rganishning tjriba metodini ob’ektiv metodni himoya qilib chiqqan edi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrda psixologik g’oyalarning rviojlanishida tayanch nuqtaga asos bo’ldi. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko’rinishlariga nisbatan qo’llanavermasdan faqat hozirgi biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanadi. Psixika kategoriyasining zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo’lib qolmasan balki ularning unga mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan balki balki bu harakatlarni uning ham kamayayotganini bilishga qodirdir. Bir vaqtlar yagona hisoblangan ruh haqidagi tushuncha organizmning tuzilish va funktsiyalarni tajriba tariqasida tadqiq etish borasidagi taraqqiyotning , shuningdek sotsial ehtiyojlarning ta’siri ostida bir qancha mayda tushunchalarga bo’linib ketdi. XUP asr biologik bilimlar taraqqiyotida yangi darni ochib berdi. Tanaga nisbatan ham, ruhga nisbatan ham qarashlarda tub burilish yuz berdi. Inson tanasi mashinaga o’xshatiladi, texnika qurilmalarning tuzilishi qanday printsipga asoslangan deb tasavvur eatiladi. Binobarin tana ham mashina singari ruhni boshqarishga muhtoj emas deb qaraladi. Frantsuz olimi- Dekart (1595-1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor tabiatga ega ekanligining kashf etilishi ana shu g’oya bilan uzviy bog’langanligidir. Ko’pina faktlar refleks haqidagi tushuncha yordamida hatti-harakata butunlayigagina izohlab berish umkinligiga shubha bildirishga majbur etadi. Lekin unga qaramay bu tushunchada qimmatbaho bir g’oya mujasamlashgan ediki, unga ko’ra organizmning faolligi moddiy a’zoga moddiy ta’sir ko’rsatish bilan belgilanadi. Bu g’oyadan voz kechish ruhning tanani harakatga keltiruvchi kuch ekanligi haqidagi eski asavvurlarga qaytishdan iborat bo’ladi. Fanda murakkab vaziyat vujudga keldi. Bir tomondan tirik mavjudotlarning faoligi sabablarini faqat refleks haqidagi tushuncha izohlab berar edi. Ikkinchi tomondan ushbu faollikni uni nervlarning oddiy mexanik aloqalarida tashqari olib chiqishi mumkin emasligi ko’rsatiladi. T a ya n ch t u sh u n ch a l a r: Animistik, naturafilosofik, giloloizm Nazorat savollari: Ruh deganda nima tushuniladi? – Ta’rif. Ruhning diniy tomonidan qaralishi? Ibtidoiy odam tasavvurida ruhning tushunchasi? Nechanchi asrda biologik taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi? Aflotunninng shogirdi kim bo’lgan o’sha davrda? Mavzu: PSIXOLOGIYANING ONG HAQIDAGI BILIMLAR DOIRASINING RIVOJLANISHI. Maqsad: Ong haqidagi tushuncha doirasini kengaytirish orqali, talabalarni ushbu mavzu bo’yicha bilim, ko’nikmalar bilan qurollantirish orqali bilim doirasini nazariy jihatdan kengaytirish. Metodik ta’minot: ko’rgazmali materiallar, rasmlar Adabiyotlar: A.N.Jdan. «Psixologiya ot antichnosti do nashix dney». M. Nauka-1989 g. M.G. YAroshevskiy «Istoriya psixologii» M.Nauka.-1976 g. Yu.B.Gipperreyter «Vvedenie v obhuyu psixologiyu». M.MUGU-1987 g. REJA: Kirish Ongning psixikaning kriteri sifatida ajratilishi. XUP asrda filosofik bilimlarda emperik psixologiyaning kurtaklari Assotsiativ psixologiyaning shakllanishi XUSH asrning oxiri X1X asrningboshlarida psixologik g’oyalarning vujudga kelishi. Psixologiyaning ong haqidagi bilimlar doirasini rviojlanishi XUP asrning birinchi yarmidan X1X asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. XSH asrdan so’ng psixologiya sxolastika biimlar girdobidan asta-sekinlik bilan Emperik bilimlar doirasiga o’ta boshladi. Bu esa psixologiyani, ongni va uning kelib chiqishi haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. XUP-X1X asrdagi ko’pgina olimlar ongni psixikaning kriteri sifatida ajratishga harakat qildi. Bu ta’limotga yondoshuv, ba’zi olimlarda mexanik qarashlarni, ba’zilarda senzualizmni shakllantiradi, yana ba’zilarda esa sub’ektiv idealizmni, yana elementar materializm dunyoqarash yuzaga keldi. Lekin hamma yo’nalishlarda bilish jarayonini o’rganish va bilish nazariyasini yaratish faqat ong yordamidagina amalga oshadi, degan tushunchani ilgari surdi. Bu bilimlarning rivojlanishiga va yuzaga kelishiga dastlabki harakatlarni amalga oshirgan olim Ren Dekart edi. Uning lotincha nomi Kortezi (Renatoz Kortezi) deb yuritilgan. Frantsuz faylasufi fizik va matematik (1596-1650 yillarda) Gollandiyada yashab ijod etgan. Uning nomi bilan psixik bilimlarning rivojlanishi bosqichining shakllanishi bilan bog’liqdir. Faylasufning ong haqidagi fikrlari psixologiyada psixofizik muammoni yuzaga keltirdi. Aristotelning XUP-X1X asrgacha mavjud bo’lib kelgan «Jon» haqidagi ta’limotiga tub o’zgarish kiritilgan. Psixika bu insonning ichki dunyosi va ruhiy borlig’a ega. Tanaga va tashqi materiyaga qarama-qarshi hisoblangan. Ular butunlay boshqa-boshqa deyiladi. Bu ta’limotni emperik yo’l bilan o’rganishga dav’at qiladi va sistemasini yaratdi. Uning fikrlari X1X asrning 2-chi yarmigacha falsafa fanida, so’ng psixologiya fanida ishlab chiqila boshladi. U fanga birinchi bor refleks tushunchasini kiritdi va bu tushuncha bilan hayvonlarning yashash sharoitini, ichki va tashqi dunyosini, inson hatti-harakatlarining tabiiy asoslarini o’rganishga kirishdi. Dekart yaratgan sistemasi falsafada va psixologiyadagi yo’nalishlari bir-biriga bog’liqdir. Bu uning o’limi oldidan yozgan «Jon hohishi» (Strasti dushi) asarida yaqqol ko’zga ko’rinadi. Dekart birinchi navbatda hissiy olamni borligiga ikkilanadi. His qila olish darajasidagina biz tashqi olamni anglaymiz. His ila olmaganda esa tashqi olamni anglay olmaymiz. YA’ni bizning sezgilarimiz hamma tashqi olamni his qilish xususiyatiga qodir emas. Butun hayotimiz davomida aqalli bir marta bo’lsa ham, bizni o’z hislarimiz aldaydi, u Aristotelning jon, tana alohida-alohida,-degan fikriga qarama-qarshi chiqadi. «Men» tushunchasini shakllantiradi. «Men» tushunchasida (shubha) eng asosiy deb hisoblaydi. Agar hamma shubhali ko’rinishlardan shubhani ajratadigan bo’lsak faqat shubhaning o’zi qoladi, bu esa tafakkurdir. Tafakkur-faqat inson aqligagina bog’liq narsa, tana esa tafakkurga, tafakkur esa tanaga bog’liq emas deydi. Uning zamondoshi Gobis Dekard fikrlariga qarama-qarshi fikr, ya’ni tanaga xos bo’lib, u nomaterialistik xususiyatiga ega bo’ladi va alohida (substantsiya) yuzaga keladi. Dekart esa birinchi substantsiya fikrga, ikkinchi substantsiya tanaga, uchinchi substantsiya harakatga bog’liq degan fikrga bog’liq deb hisoblab, fikr esa tanaga muitlaqo aloqasi yo’q deydi. Harakat va tananing jonga bog’liqligi mutlaqo bog’liq deb hisoblaydi. Jon hech qachon o’lmaydi, o’lim esa tananing biron-bir nojo’ya harakatlari natijasida vujudga keladi, deb hisoblaydi. Dekart hayvonlarning hayoti va hatti harakatlarini aql bilan emas, tananing mexanik xussuiyatlari soat mexanizmlari kabi_ tana xususiyatlari yordamidagina amalga oshiriladi va butun umri davomida tananing butun qismida yashaydi va kun kechiradi. Dekard o’z fikrlari bilan falsafada va psixologiyada ikkita substantsiya haqidagi ta’limotni yaratdi. (Jon alohida, tan alohida). Ma’lum xato kamchiliklarga qaramasdan R.Dekart mexanik mat’erializm g’oyalarini birinchi bor fanga olib kirdi. Benedik Spenoza psixologiyasi. (1632-1677) Buyuk Gollandiya mutafakkiri B.Spenoza Gegelning fikricha u R.Dekart dualizmini fandan butunlay siqib chiqargan mutafakkir hisoblanadi. Uning asosiy ishi hisoblangan «Etika» asari faqat nomi bilangina ajralib turmasa. Asosiy fikri individual hulqni yaratish va buning asosida erkin hayotga yo’l ochish tushunchasini shakllantirish edi. B.Spenoza bilan Dekart orasidagi eng asosiy qarama-qarshi substantsiya asosida kelib chiqadi. Spenoza fikrida-borliq va substantsiya bir narsa deb tushunadi. Bu asosda borliq, narsa va predmetlar yig’indisi, borliqda yashash esa shu borliqda bor yoki yo’q bo’lishidir. Bu bilan Spenoza monistik ta’limotiga asos soldi. Dekart materiyani, borliqni ilohiy kuch yaratgan degan bo’lsa, Spenoza monistik ta’limotiga asos soldi. Dekart materiyani, borliqni ilohiy kuch yaratgan degan bo’lsa, Spenoza esa tabiat birlamchi sababga muhtoj emas deb materialistik dunyoqrashni shakllantirdi. Har qanday narsa o’zining substantsiyasiga, ya’ni moduziga ega deydi, shunga asosan tana va aql bir narsa, ikkalasi birikkan holda fikrlovchi narsani qabul qiladi. Bu esa individualizmdir. Inson bilan hayvon orasida farq bo’lib, inson o’zining tafakkuri bilan alohida substantsiyaga ega deb tushuntirdi. Spenoza bilish va effektiv holatlar haqidagi ta’limotni yaratishga harakat qildi. U bilishni to’rttaga ajratdi: bilib eshitish orqali bilish asosida; tajriba asosida: sabab va oqibat orqali; bevosita idrok asosida: -Fan madaniyat ishlab chiqarishning taraqqiyoti yangi bilimlar ishlab chiqarishga turtki bo’ldi. XUSH asrning o’rtalarida falsafaga Emperizm nazariyasi kirib kela boshladi. Bu nazariyaning asoschisi buyuk ingliz olimi F.Bekon hisoblanadi. Bu ta’limotning rivojlanishi va fanda mustahkam o’rin olishga Bekoning izdoshlari G.Gobos (1588-1679) va D.Lok (1632- 1709) katta hissa qo’shdi. Gobos Dekartning ikkita substantsiya haqidagi ta’limotiga qarshi chiqdi. Tana va ruh bir xil narsa deb tushuntiradi. Agar ikki xil narsa bo’lsa, u bir-birini yo’q qiladi. Ong-esa bu harakat tushunchasi bilan vujudga keladi. Sezgi-bu organizmlarimizning harakati deb tushuntiradi. Psixika real materiallar jarayoni soyasi bo’lib, uning sababini parallelizm ruhida tushuntirishga harakat qildi. Gobosning eng asosiy fikri-bu obrazlardir. U qobiliyatlar haqidagi ta’limotga ham asos soldi. Qobiliyatlarning tug’ma bo’lishi mumkin emas, tug’ilgan vaqtda hamma bir xil bo’ladi degan epifenomenni fanga kiritdi. U sub’ektsiz psixologiyani vujudga kelishiga harakat qildi. Ongni esa mazmunning mexanik harakatlari kartasidan ko’chirma deb qaradi. SHaxs esa mutlaqo psixologik ma’noga ega emas deb hisoblaydi. Emperik psixologiyaning eng asosiy otasi- bu ingliz faylasufi, pedagogi va davlat arbobi D.Lok hisoblanadi. Uning asosiy izlanishlari bilishning kelib chiqishi va hajmi hisoblanadi. O’rta asr sxolastikasi va Dekart ta’limotiga qarshi chiqqan holda inson ruhi passiv ko’rish deb hisoblaydi. Uning qalbini toza pataga o’xshatadi. Tarixiy tajriba va insonning bilish jarayonini boyitadi. Tajriba ikkita manbaga ega: sezgilar refleksiya yoki aqlimizning ichki idrok qilish holati; Tajriba- ichki tashqi ko’rinishlar ega, bu ta’limot bilan u interspektiv psixologiyani vujudga keltirdi. Lok ta’limotini nemis filosofi idealisti G.Lebents (1646-1716) bilan tortishuvni yuzaga keltirdi. Lebents psixofizik muammolarni hal qilishni «Garmonlar taqsimlanishi» gipotezasi orqali bayon qildi. U jon va tana alohida qonuniyatlarga bo’ysunadi. Jon maqsadli vositalarga tayanadi, tana harakatlarga tayanadi degan fikrni ilgari surdi. Lebents bilan Lokning orasidagi asosiy tortishuv-«bizning tortishuvimiz asosiy muammoga kelib taqaladi, ya’ni jon haqiqatdan ham tajribalar yordamida yoziladigan toza taxtaga o’xshaydimi yoki u biron-bir nazariya va tushunchaga asoslanadimi degan savoldir» . Lebents tug’ma g’oyalarning mavjudligini ta’kidlab, olam predmetlardan iborat bo’lib, ular aqlni va fikrni yuzaga keltirdir deydi. U psixologiya faniga birinchi bo’lib apperseptsiya tushunchasini kiritdi. Uning fikricha apperseptsiya bu ruhning alohida kuchi bo’lib, tashqi taassurotlar bilan birgalikda bizning bilishimizni va xulqimizni aniqlaydi va qaror qabul qilishni yuzaga keltiradi. Lebents pertseptsiya va apperseptsiya tushunchalari bilan bir qatorda ongsizlik muammosini ham psixologiya faniga olib keldi. XUSH asrda ingliz psixologiyasida emperizm yo’nalishining rivojlanishi assotsiativ psixologiyaning shakllanishiga olib keldi. Bu borada qator ingliz olimlari:
D.Berkli, Lok g’oyalarini rivojlantirib borib psixologik ta’limni sensualizmdan sub’ektiv idealizmga qarab olib o’tdi. Uning eng asosiy ishlaridan biri bo’lgan «Ko’rish nazariyasining yangi tajribasi» 1709 yildagi asarida birinchi bor uch o’lchov haqidagi fikrni kiritdi, ya’ni idrok protsessida fazo, figura, harakat. Bundan tashqari Berkliga tashqi olamni idrok qilish bo’yicha idealistik psixologiyadagi g’oyalardan biri – «Agar men ko’zimni ochsam tashqi olamni idrok qilaman, demak mening ruhim bor. Agar men ko’zimni yumsam, men tashqi olamni idrok qilmayman, demak mening ruhim yo’q» -degan fikrni ilgari surdi.
Bu psixologiyani frantsuz ma’rifatparvar faylasuflari: D. Lomagriy, K.Golvettsi, D.Didro, P.Golbax va ularning o’ng qanot vakillari- F.Volter, E.Kondilyak, SH.Montiske va chap qanot oqim vakili Jan Jan Russo. Nemis klassik falsafasida: XUSH asrning ikkinchi yarmida Anglida shakllangan imperik psixologiya Germaniyaga ham kirib kela boshladi. 70-yillarda Lok, Yum, Gard ishlari, ulardan so’ng Bonni, Galvetsi, Kondilyak ishlari nemis tiliga tarjima qilindi. Germaniya Rene Dekard ta’limoti keng tarqalgan edi. Lebents va o’zining izdoshlari X.Vol’f (1679-1954) Lebents ishlarini sistemalashtirdi va ommalashtirdi. Germaniyada psixologiyani Lebents ta’limoti bo’yicha yaratishga harakat qildi. Hatto Vol’f, Kand shu ta’limni rivojlanyapti degan fikrni ilgari surdi, lekin Kants buni inkor qildi. X.Vol’fning sistemasi psixologiyada imperik psixologiya 1734 va ratsional psixologiya bo’limiga yo’nalishlarining kompromissi edi. SHuning uchun u 1732 yilda emperik psixologiya, 1734 yilda ratsional psixologiya bo’limiga bo’ldi. Emperik psixologiya Vol’fning fikricha XUSH asrda keng tarqalgan jonning paydo bo’lishi haqidagi ta’limotini ilgari surish edi. Lekin bu holatni u tushunarsiz amalga oshirdi. Psixologiyadagi o’lchov muammosini pala-partish tushuntirishga harakat qildi. Ratsional psixologiyada esa jonning o’lmasligi haqida g’oyalarni ilgari surdi. Lebents eng asosiy fikri u fan uchun qobiliyatlar nazariyasini yaratdi. Qobiliyatni birinchi hohish, ikkinchi bilish qobiliyatlariga ajratdi. Hohish qobiliyati-kuchli va kuchsiz bo’ladi degan fikrni ilgari surdi. X. Vol’f psixologiyasini I . Kant (1724-1804) qattiq tanqid qildi. Kant fazo va vaqt idrokining shakli sifatida ilgari surilgan fikrlarni nemis psixologiyasi va idrok psixologiyasining shakllanishiga asos bo’ldi. Kant birinchi bor psixologiya alohida fan bo’lishi kerak degan fikr tashladi. I.G.Fixte (1762-1814) idealistik ta’limini yaratdi. «Men» tushunchasini kiritdi. Men tushunchasi sub’ekt aktivligini yuzaga keltirdi, degan g’oyani yaratdi. Fixtening shogirdi Vol’f, I.SHellin (1775-1854) o’z uztozini sub’ektivizmda ayblaydi va uni tanqid qiladi. U asosan tabiat bilan ruh orasidagi bog’lovchi degan fikrni ilgari surdi. Ongning vujudga kelishi sezgilardan-irodagacha bo’lgan rivojlanishi deb tushundi. Gegel’-(1770-1831) psixologiyada sub’ektiv ruh haqidagi ta’limotni yaratdi. Sub’ektiv ruh individual ongga ega degan individual fikrni ilgari surdi. Individual ong o’z taraqqiyotida uch bosqichga ega.
Bu psixologiyadagi ong rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Lyudvig Feyerbax (1804-1872) materialistik tushunchalarni psixologiyaga kiritdi. Inson tafakkuri sub’ektga talluqli degan fikrni ilgari surdi. Psixologiyadagi antropologik printsipni olib kirdi. Xulosa qilsak, demak XUP asrning ikkinchi yarmi va XUSH asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrda psixologik bilimlarning rivojlanishi uchun va bu bilimlarning sxolastikada qutilishi uchun yuqoridagi omillarning hammasi o’zlarining hissalarini qo’shdilar. O’zlarining idealistik, materialistik, dunyoqarashlari bilan psixologiyaning taraqqiyotini tezlashtirdi va birinchi bor psixologiyaning ongni o’rganishga yana ong psixikasining kriteriyasi sifatida ajralishiga sabab bo’ldi va birinchi bor imperik assotsiativ psixologiya maktablarini yuzaga keltirdi. Tayanch tushunchalar: Sentsualizm-sezgilarnin bilishning birdan-bir manbaini tan oluvchi falsafiy oqim. Monistik-dualizmga qarama-qarshi o’laroq dunyodagi barcha hodisalarning asosini bitta narsa yo belgi, yo materiya , yo ruh tashkil qiladi deb ta’lim beruvchi falsafiy ta’limot. Gipoteza-tabiatda, jamiyat, va inson tafakkuri sohasidagi muayyan hodisani to’liq tushuntirish yoki isbotlash uchun etarli dalillarga ega bo’lmagan ilmiy faraz, taxmin. Apperseptsiya-idrok protsessining shhaxsning avvalgi bilim va tajribalari, qiziqishi, ehtiyoj va odatlari, psixik hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishi. Assotsiativ psixologiya- assotsiattsiyalar tushunchasining asosi bosh printsipi deb hisoblovchi, ilmiy - g’oyaviy mohiyati jihatidan turlicha bo’lgan psixologik oqimlar yig’indisi. Nazorat savollar: Psixologiyaning ong haqidagi bilimlar doirasining rivojlanishi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi? Qaysi faylasufning ong haqidagi fikrlari psixologiyada psixofizik muammoni yuzaga keltirdi. «Jon hohishi» asari kim tomonidan yaratilgan, ta’rif bering. Nomaterialistik xususiyat deganda nima tushuniladi? Dekart substantsiyani nechaga bo’ladi va qaysilar? Benedik Spenoza psixologiyasi haqida ma’lumot bering. B.Spenoza bilishni necha qismga ajratadi va har biriga ma’lumot bering. Nechanchi asrda qaysi fanga emperizm nazariyasi kirib keldi va uning asoschisi kim? G.Gobos nima uchun R.Dekardning substantsiya ta’limotiga qarshi chiqdi? To’liq ma’lumot bering. Nemis faylasufi, idealisti G.Lebents ta’limiy fikrlari va g’oyalari qanday? Asssotsiativ psixologiyaning shakllanishi ? XUSH asrdagi frantsuz psixologiyasi? Nemis klassik falsafasi asoschilari va ularning ishlari? I.G.Fixte, Gegel, L.Feyerbaxlarning psixologik qarashlari? Mavzu: PSIXOLOGIK BILIMLARNING RUH HAQIDAGI TA’LIMOT ASOSIDA RIVOJLANISHI. Maqsad: Psixologik bilimlarni rviojlantirish asosida ruh tushunchasi ta’limoti bilan birgalikda o’rganish orqali, bilimlar saviyasini kengaytirish. Metodik ta’minot: Mavzuga oid tarqatmali materiallar va rasmli kartochkalar. Adabiyotlar: A.N.Jdan «Psixologiya ot antichesnosti do nashix dney» M.Nauka-1989. Yu.B.Gipperreyter «Vvedenie v obhuyu psixologiyu» M.MGU – 1987 g. «Xrestomatiya po istorii psixologii» A.N.Jdan. M.G.YAroshevskiy, Yu.B. Gipperreyter M.MGU-1981 g. Download 74.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling