Maqsadi hamda vazifalari
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy madaniyat tarixi fanining eng muhim vazifasi
Download 28.93 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
- Jismoniy madaniyat tarixi oquv fanining ozlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy madaniyat tarixi fanining eng muhim vazifasi – bo’lajak jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Jismoniy madaniyat va sport tarixi farmining o'qitishdan maqsad - talabalarning jismoniy madaniyat va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, tizimlari to'g'risidagi nazariy bilimlarni shakllartirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga jismoniy madaniyat va sport tarixini ilmiy - nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat. Jismoniy madaniyat tarixi o'quv fanining o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat, jismoniy madaniyatni paydo bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi, O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport harakatini rivojlantirish tarixi to'g'risidagi bilimlarga, jismoniy madaniyat va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish qonuniyatlarini bilishi kerak; fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak; ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak; amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo'lishi kerak; fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak. Jismoniy madaniyat va sport tarixi fani o'quv rejasiga kiritilgan pedagogika, O'zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologik fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati hamda jismoniy madaniyat va sportni boshqarish fanlari bilan uzviy aloqada o'qitiladi. Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur o'rin egallamoqda. Uni o'qitish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning dolzarb muammolaridan biridir. «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», - deb yangi tariximizga yo'l ochib beidi. (O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov) Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin. Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy madaniyat va sport tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport univversiteti (O'zDJTSU) va Respublika oliy o'quv yurtlarininig jismoniy madaniyat fakul'tetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining jismoniy madaniyat bo'limlari, Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida Davlat ta'lim standartlari asosida «Jismoniy madaniyat va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy madaniyat va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilim hamda amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy madaniyat va sport tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini tashkil etish va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan bin bo'lib hisoblanadi. «Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, eng avvalo, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib oladi. Shuningdek, jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy madaniyat va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika tarixi, jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq holda o'rganilmoqda va rivojlanmoqda. Jismoniy madaniyat va sport tarixi fanini o’rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov va boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ularning asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan jismoniy madaniyat tarixining rivojlanish yo'llarini o'iganish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz. Jismoniy madaniyat harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy turmush hamda mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiaton Respulikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi Qonuni, “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Sog'lom avlod davlat dasturi”, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini hayotga singdirish, bolalar sportini rivojlantirish, o'quvchi yoshlarning «Umid nihollari», «Barkamol avlod» sport o'yinlari hamda talabalar «Universiada» larini tashkil qilishda asosiy maqsad buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlodlarini tarbiyalashdir. Aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jismoniy rivojlanishini ta'minlashda jismoniy madaniyat va sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda. Bu jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarining zimmasiga g'oyat katta sharafli mas'uliyatni yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jismoniy madaniyat va sportining mohiyatini tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy tarbiya hamda uning tarixi asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda. O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning tarkib topishi va ijtimoiy tuzumlar asosida uning rivojlanishiga doir mukammal ishlangan o'quv qo'llanmalar darslik deyarli yo'q. R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1968) «O'zbekistonda fizkultura tarixi» o'quv qo'llanmani yaratgan. Unda qadimgi ajdodlarimizning jismoniy madaniyati haqida jiddiy ma'lumotlar uchramaydi. X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramov (1997) «Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ommabop va o'quv qo'llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy madaniyati to'laqonlik bilan mazmun topmagan. R.Abdumalikov, J.E.Eshnazarov «Ajdodlar jismoniy madaniyati tarixini o'rganish masalalari» (1993) o'quv qo'llanmasida asosan xalq og'zaki ijodi durdonalari, tarixiy muzeylardagi ashyolar, Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijalaridagi ba'zi ma'lumotlarga tayangan holda mazkur muammoga ozroq bo'lsada, oydinlik kiritilgan. O'zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq (1991) mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklami ochiq-oydin ko'rsatish vazifa qilib qo'yildi. Respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi» - degan so'zlari asosida «O'zbekistonning yangi tarixi» (3 ta kitob, 2000 y.) nashrdan chiqarildi. Tarixiy jarayonlar bu kitoblarda «Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» (1-kitob), «O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida» (2-kitob), «Mustaqil O'zbekiston tarixi» (3-kitob) o'z nomi bilan asosli ravishda ifoda topdi. Dunyodagi juda ko'p mamlakatlar hozirgi O'zbekiston va uning tarixiy o'tmishini yaxshi bilishadi va yanada chuqurroq o'rganish maqsadida ularning rasmiy vakillari yurtimizga tez-tez tashrif buyurishmoqda. Bu jarayonlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa rasmiy rahbarlar hamda mutaxassislarning chet ellarga qilgan rasmiy safarlarida ayniqsa, ko'proq namoyon bo'ldi. Jahonda buyuk tarixiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu yo'lda O'zbekiston mustaqil davlat maqomini o'z qo'liga kiritdi. Shu sababdan, mamlakatimiz jahondagi buyuk va eng taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya va h.k.) bilan yelkama-yelka bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda. Shular qatorida Arab mamlakatlari, Hindiston, Yevropa va boshqa mintaqalardagi davlatlar bilan ham madaniy aloqalarni kuchaytirmoqda. Milliy madaniyat taraqqiyotida O'zbekiston dunyo davlatlari, hatto butun Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o'ziga xos xususiyatlar O'zbekiston o'zining geografik va tabiiy qulayliklariga ko'ra qadimdan insoniyat tarixining ilg'or madaniy markazlaridan joy olib kelgan. Download 28.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling