Tajriba namunalari. Uyga olib borib beriladigan, pochta orqali yuboriladigan, boshqa tovarlarga yoki reklama e’lonlariga ilova qilinadigan, tovar yoki xizmatlarning bepul namunalarini taklif qilish
Kuponlar. Ko‘rsatuvchiga ma’lum tovarni sotib olishda kelishilgan tejamni beradigan sertifikatlar. Pochta orqali tarqatiladi, boshqa tovarlarga ilova qilinadi, jurnal yoki gazetadagi reklama e’lonlariga joylashtiriladi.
|
Pullik kompensatsiyalar (pulni qaytarish). Xarid amalga oshirilgach, realizatsiya qilinadigan narx chegirmalari. Iste’molchi ishlab chiqaruvchiga qandaydir shaklda xaridning tasdig‘ini yuboradi va u to‘langan pulning bir qismini «qoplaydi».
|
Upakovka (o‘rash)ning imtiyozli narxi (chegirma). Tovar o‘rami yoki etiketkasiga uni arzon narxda sotib olinishi o‘ramdan foydalangan holda (masalan, bir pachka narxida ikkitasi) yoki tovarga qoshimcha sifatida (masalan, tish cho‘tkasi va pastasi).
|
Sovg‘alar (mukofotlar). Sotilayotgan tovarni sotib olishda sovg‘a sifatida nisbatian past narxda yoki bepul beriladigan tovarlar. «Ichkaridagi sovg‘a» o‘ramning ichida yoki tashqarisida bo‘lib, sotib olingan tovar bilan birga beriladi. «Pochta orqali bepul tovar» - bu xaridi tasdiqlangan xaridorlarga, masalan, o‘ramning ma’lum bir qismi yoki shtrix kodini yuborish bilan uning sotib olingani tasdiqlanganda, o‘sha iste’molchiga yuboriladigan tovar o‘zini-o‘zi bartaraf etuvchi mukofot – bu tannarxi uni sotib olmoqchi bo‘lgan iste’molchi tomonidan to‘lanadigan sovg‘a.
|
Tez-tez xarid uchun taqdirlash dasturi. Mukofotlarni kompaniya tovarlarini yoki xizmatlarini doimiy sotib oladigan iste’molchilarga berishni ko‘zda tutadigan dastur.
|
Sovrinlar (tanlovlar, aksiyalar, o‘yinlar). Sovrin – bu xarid natijasida pul summasini, sayohat yoki tovar sotib olish imkoni. Tanlovga artistlar eng yaxshisini tanlab oladigan iste’molchilar ishlari qo‘yiladi. Aksiyalar iste’molchilar o‘z ismlari va boshqa ma’lumotlarini xabar qilib, uyida ishtirok etishlarini ma’lum qilishlarini talab etadi: g‘oliblar tasodifiy ravishda tanlanadi. O‘yin davomida har bir xaridi davomida biror narsa oladi. Bu Bingo o‘yini uchun raqam, so‘z tuzish uchun harflar v.b. bo‘lib, uni sovrin olishiga yordam beradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |