Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 202-guruh talabasi Berdibekova Gauxarning Oʻzbek adabiyoti fanidan taqdimoti
Maqsud Shayxzodaning Mirzo Ulugʻbek tragediyasi
Maqsud Shayxzoda — faylasuf shoir, usta dramaturg,
zabardast olim, mohir tarjimon, ehtirosli publitsist. U XX asr
o ‘zbek adabiyoti tarixida munosib o ‘rin egallaydi.
Maqsud Shayxzoda 1908-yilda Ozarbayjon Respublikasining
Ganja viloyatidagi Oqtosh shahrida shifokor — vrach oilasida
tug‘ildi.
Shoirning «Vatan», «Olqishlarim », «Bu yer — mening
yerim», « 0 ‘zimiz», «Yurtim», «Yettilik balladasi», «Ahdimiz
va baxtimiz», «Paxta manzumasi» kabi she’rlarida xalqning
bunyodkorlik faoliyati zavq-shavq bilan tasvirlaydi.
Maqsud Shayxzodaning tarixiy-biografik janrda yaratilgan
«Mirzo Ulug‘bek» tragediyasi XX asr o ‘zbek adabiyoti tarixida
alohida o ‘rin tutadi.
Ozod Sharafiddinov iborasi bilan aytganda,
bu ajoyib asar: «...uch cho‘qqining biri... «Mirzo Ulug‘bek»
tragediyasini hech bir ikkilanmagan holda jahon adabiyotining
eng yorqin namunalari bilan bir qatorga qo‘ysa bo‘ladi..
Ulug‘bekning donoligini, aql-zakovatini, shaxsiy
fazilatlarini, bashariyat oldidagi buyuk xizmatlarini o ‘sha davrda
toj-taxt uchun olib borilgan tarafkashlik janglari, m a’rifat va
jaholat, fan va din o ‘rtasidagi kurash zaminida ochib bergan.
Shunga ko‘ra tragediyada o ‘sha davr ruhi, davr haqiqati yaqqol
gavdalanadi.
Ulug‘bekning adolatparvarligi,
rostgo‘yligi va ilmiy kashfiyotlari порок raqiblarning buyuk
olim haqida ig‘vo tarqatishlari, Ulug‘bekni dindan yuz o‘girgan
dahriy deb ayblashlari uchun qo‘l keladi.
Tragediyada bosh qahram on tilidan berilgan bunday teran .
m a’noli hikmatli so‘zlar va falsafiy-badiiy um um lashm alar
Mirzo Ulug‘bekka xos muhim bir sifatni — uning dono inson
va buyuk m utafakkir boiganini ochib berishga bevosita xizmat
qilgan. Shu bilan birga, asarning tarbiyaviy-estetik qimmatiga
qimmat qo'shgan.
«Mirzo Ulug‘bek» tragediyasi tili — boy, shirali, aniq va
obrazli. Pyesadagi monolog va dialoglar katta m ahorat bilan
yozilgan. Qisqasi, «Mirzo Ulug'bek» o'zbek dramaturgiyasining
eng sara asarlaridan biridir.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |