Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet3/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

4




Yaqin va o’tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Darvoqye, «vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatlarda to’g’ ri yo’lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning ko’zini ochar ekan. Shunda ko’p xatolarning oldini olish mumkin bo’lar ekan» 5.
Endilikda, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda qad rostlaganining yigirma bir-yilini kechirayotgan damlarda kechagi kunga nazar tashlash, so’ nggi mustamlakachilik asoratini o’rganish ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy tarixini o’rganish, avaylab himoya qilish kerak bo’ladi.
Turkistonda rus sharqshunosligi qanday bo’lganligi, qo’lga kiritilgan yutuqlar, arxeologiya sohasidagi izlanishlarni o’rganib chiqish katta ahamiyat kasb etadi. XIX asrning ikkinchi yarmida o’lkamizdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvol og’ir bo’lib ilmiy-madaniy rivoji uchun mavjud sharoit u qadar imkon bermas edi. Rus sharqshunos olimlari o’z izlanishlarini boshlab yubordilar. Mahalliy hududlar, arxeologik markazlarda izlanishlar olib borildi. Ammo rus chorizmining O’rta Osiyoga kirib kelishi ko’pgina sohalarning yemirilishiga olib kelganligi bizga ma’lum. Rus sharqshunoslari olib borgan tadqiqotlarning natijalari, o’lkamizning qanday yutuqlarga ega ekanligini bilib olish asosiy maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi. Sharqshunos olimlarning qadimiy tariximizni o’rganishda sa’y- harakatlarini izsiz qoldirmaslik lozimdir. O’lkamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, arxeologik topilmalarni ro’yxatga olishdi.Qadimiy manzilgohlarimizning joylashuvi u yerdagi topilmalar yoshi ahamiyati rus sharqshunoslari va mahalliy hujjatlarni tuzgan kishilarning asarlarida o’z aksini topgan.
Turkistonda o’tkazilgan dastlabki arxeologik tadqiqotlarni bilish, ularni tahlil qilib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy o’lkashunoslar ham bu borada juda ko’plab ishlarni amalga oshirgan. Tarixiy adabiyotlar orqali ularni tahlil qilib chiqish ham asosiy talablardan biridir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling