Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
33
rivojlanib ketgan emas. Jamiyat nizomining loyihalari madaniyat arboblarining guruhlari tomonidan A.P.Fedchenko boshchiligida ishlab chiqilgan. Bu loyiha 1869-yil Turkiston o’lkasi general-gubernatori K.P.Kaufmanga taqdim qilingan. Oxirgi marta ko’rib chiqish uchun harbiy vazirga ham topshirilgan. Jamiyat amalda o’z faoliyatini boshlagan edi. Ammo harbiy vazir 33 bunga tezda javob bermagan. Jamiyat o’z faoliyatini 1872-yil tugallagan. Toshkent ilmiy-ommabop kutubxonasida ko’plab estaliklar saqlanib qolgan. Yozuvchi amaldor B.B.Krestovskiy tashabbus bilan chiqib, katta yozuvchilarning asarlarini o’qish tizimini takomillashtirishni talab qilgan. Bu uchun ularning to’plamlari soni, qiziquvchilar sonini oshirish lozim deb hisoblagan. Turkiston general-gubernatori, general-leytenant Chernyayevga bildirgi-talabnoma bilan ham chiqqan. Chernyayev esa 1882-yil 3-dekabr kuni,№ 312 sonli buyruqni imzoladi. Unda ushbu jamiyatning kelgusida mustaqil faoliyat yuritishi taqiqlangan edi. Ko’plab kutubxonalar o’z faoliyatini to’xtatdi. Keyingi general-gubernator Rezenbax esa, belgilangan tartib bilan kutubxonalarning ishlashiga ruxsat bergan. 1870-yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi A. Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi) katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kutubxona o’lkani o’rganish bilan shug’ ullanuvchi tadqiqotchilar ayniqsa, mahalliy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kutubxona tashabbuskor ziyolilar harakati tufayli boyib bordi. Kutubxona fondida saqlanayotgan adabiyot va manba majmualaridan O’rta Osiyoga, ayniqsa Turkiston o’lkasiga taalluqli «Turkiston asarlar va maqolalar to’plami» juda qimmatli asar bo’lib, hozir ham u o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Bu to’plamni tuzish ishlarini taniqli rus olimi, biblografi V. I. Mejovning xizmatlari kattadir. U Peterburgda 1868-yildan boshlab 20yil davomida to’plamlarni yaratish ustida ish olib borgan. Masalan, 1888-yilda «Turkiston to’plami» ga kirgan katta-kichik jildlarning soni 416 taga etgan edi. Bu to’plamlar 1867-1887-yillarda yig’ilgan materiallarni o’z ichiga olar edi. Ammo, o’lkadagi chor ma’muriyatining buyrug’i bilan «mablag’ yo’qligi sababli» bu faoliyat to’xtatib qo’yilgan edi. V.I.Mejov «Turkiston to’plami»ga 3 kitobdan iborat sistematik va alfavit ko’rsatkichini ham tuzgan edi. Eng muhimi shundaki, 1872-yilda A. L Kun va boshqa Sharqshunoslar mashxur «Turkiston al’bomi»ni tuzib tamomladilar. Bu al’bomda Turkiston o’lkasining etnografiyasi, arxeologiyasi, kasb-hunar va tarixga doir manbalar suratli tarzda ifodalangan edi. Bu nodir asar hozirgi qadar ham o’z ilmiy qiymatini saqlab keladi. Al’bom 1262 dona rangli va rangsiz fotosuratlar yopishtirilgan 447 kartondan iborat bo’lib, Rossiyada faqat uch kutubxonada - imperator kutubxonasi, Fanlar Akademiyasi kutubxonasi va Turkiston kutubxonasida saqlanilgan. Bu al’bom ilmiy jihatdan ham qimmatli asardir. yilga qadar Turkistondagi ilmiy jamiyatlar tomonidan «Axborot»lar chiqarila boshlangan edi. Jumladan, Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo’limi 32 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр.13. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling