Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet33/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

36




(1896-yil), Preobrejenskim qishlog’ida Yettisuv viloyatidan tosh bolg’a, Orenburg viloyatidan, Issiqko’l atrofidan tosh qurollarni topilishi dastlabki ibtidoiy davr to’g’risidagi tasavvurlarni vujudga keltirdi.
A.S.Uvarovaning ikki tomli «Rossiya arxeologiyasi tosh davri» asarida XIX asrning 80-yillariga oid O’rta Osiyo tosh davriga oid topilgan ma’lumotlar to’g’ risida yetarlicha ma’lumotlar beradi.
Oktabr to’ntarilishigacha bo’lgan-yillarda arxeologlar o’rtasida O’rta Osiyo tosh davri to’g’ risida yakdil bir fikr yo’q edi. A.A.Semenov 1925-yilda «Turkiston o’z tosh davri va uning o’ziga xos yevolyusiyasiga ega 1926-yilda esa «O’rta Osiyoda insoniyatning bo’lishi shubxali» nomli ilmiy asarlarini nashr qildi. Endilikda Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’ zolari O’rta Osiyo tosh davri yodgorliklarini o’rganish bo’yicha ekspedisiya uyushtiradi.

  1. yil I.T.Poslavskiy, N.G.Xludov bilan birgalikda Saymalitoshdan tosh davri tasviriy san’at namunalarini topish bilan ibtidoiy odamlarning hayotini yoritishdagi o’z maqsadlarini yoritishga harakat qilishdi.

1906-yil 11-dekabrda to’garak a’zolarining majlisida tosh davri predmetlari haqida I.T.Poslavskiy daklat qildi. Bu daklatda Manuil Andreyevich Kirxgofning ikkita o’q-yoy uchlari va qoya tosh va g’ orlardagi rasmlari haqida axborat beradi.
P. S. Nazarov, I. T. Poslavskiyning Turkiston o’lkasi tosh davri qurollari haqida dakladini to ’ ldirib Orenburgning guberniyasi va To’rg’ay viloyatidan topilgan materiallar haqida gapiradi. A.A.Semenov ko’rsatishicha tosh davrining
35
bunday topilmalari Kavkaz orti viloyatida ham uchraydi.
Turli mutaxassislikdagi olim va havaskor o’lkashunoslar tomonidan ibtidoiy davr haqida ancha muncha manbalar to’plashga yerishildi. Shulardan, A.I.Pavlovning kuzatishlari qiziqarlidir. U 1901-yili hozirgi Bo’zsuv arig’i va Toshkent yaqinidagi Qoraqamish atroflaridan Peleolit davri odamlarining qurol- aslohalarini yig’ib olgan va keyinchalik ularni Moskvadagi geologik qidiruv institutiga taqdim qilgan. So’nggi-yillarda bajarilgan arxeologik tekshiruv ishlari bu joylarda ibtidoiy jamoalar yashaganligini ko’rsatdi. 1892-yilda geolog Shmidt Qirg’izistonning Issiqko’l atrofidan, Qaysara stansiyasi yaqinidan bir necha chaqmoqtosh buyumlari topib Peturburgdagi Davlat Ermitajiga topshirgan.
Shunday qilib, ibtidoiy davr tarixini o’rganishga bo’lgan qiziqish sekin-asta orta bordi. Bu borada THAT a’ zolarining bajargan ishlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, 1893-yili I.P.Ostroumov Keles daryosining o’ng qirg’ og’idagi Qoratepa poseleniyesini qazish vaqtida chaqmoqtoshdan yasalgan kamon o’qlarini, 1902- yilda I.P.Poslavskiy. N.G.Xludov tomonidan ro’yxatga olingan Soymalitosh qoya suratlarni tekshirib, bu ibtidoiy san’at namunalarini sinchiklab o’rganish dasturini tuzgan edi.36
Ibtidoiy davr tarixi haqidagi masalalar THAT yig’ilishlarida deyarli doimiy tinglanib borilgan. Masalan, 1906-yil 11-dekabrida bo’lib o’tkan to’garak yigilishida I.P.Poslavskiyning hisoboti eshitilgan. U turli kasb egalari tomonidan

35 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане, Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т., 1958. Стр. 101-102.
36 Набиев А. Тарихий Улкашунослик. Т.: «Укитувчи», 1996. 32-бет.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling