Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
44
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarini o’rganishni Buxoroning O’ninchi asrdagi tarixini bilishda ahamiyat kasb etadi. «Buxoro tarixi» asari fors tilida yozilgan V.V.Bartold Narshahiyning qo’lyozma to’plamlarini olib Toshkentda tahlil qilgan. Ushbu to’plamni rus tiliga tarjima qilib, o’rta asr Buxoro tapografiyasi va tarixi uchun qimmatli ma’lumotlarni keltirib o’tgan. Likoshin Bartoldning yordamida tarjimani o’z muallifligi ostida nashr qildirgan. Sharqshunos Avtodidakt N.S.Likoshin (1860-1927) boshqa bir qator manbaalarini ham tahrir qila boshladi. «Buxoro tarixi»ni tarjima qilishda o’z bilimi, kuchi favqulotda qobiliyati intiluvchanligini namoish qila olgan. Murrakab bo’lgan tarjima ishlari mana shu tariqa amalga oshirilgan 1885-yil taniqli sharqshunos N.N.Pantusov (1849-1909) Mulla Niyioz Muhammad bin Ashur-Muhammad Quqandiyning (tahallusi Niyoziy) «Shoxruhiylar qo’lyozmalari» nomli to’plamni o’rganib, nashrdan chiqardi. N.N.Pantusov Turkistonshunos bo’lib, Peterburg universitetida ta’lim olgan. Nashriyot «Tarixi Shoxruhiy» nomi ostida chiqdi («Shoxruh tarixi») Unda Qo’qon xonligidagi Shoxruhxondan- Hudoyorxongacha tarixiy davr yoritilgan.44 V. V. Bartold ham ular bilan hamkorlikda qo’lyozmalarni o’rginish ishlarini davom ettirdi «Tarixi Shohruhiy»da 1845-1865-yillardagi voqyealar chorizmning O’rta Osiyo xonliklarni bosib olish voqyealari aks ettirilgan. Bartold dissertasiya himoyasini amalga oshirgunga qadar ham O’rta Osiyoda ko’plab ilmiy izlanishlarni olib bordi. O’rta Osiyoning turli viloyatlarini ilmiy tomondan o’rganib chiqishga harakat qildi. Ingliz sharqshunosi Stenli Len Pulning «Musulmon sulolalari» to’plamini rus tiliga tarjima qildi. 1899-yil uni nashrga berdi. G’arb tadqiqotchilarining ishlarini oddiy tarjima qilish emas balki original izlanish ishlarini amalga oshira olgan. To’plamga qo’shimchalar kiritib musulmon sulolarining shajaralari ularning xronologiyasini aniqlab ko’plab tuzatishlar kiritgan. P.A.Greznovich va I.I.Unyakovlar ushbu to’plam borasida Bartoldning olib borgan ishlarini yuksak baholagan. V.V.Bartold boshqa to’plamlarida Turkiston tarixiga oid ko’pgina manbaalarini tahlil qildi. Arab tarixchi geograflarining bergan ko’rsatma guvohliklarini tahlil qilib ko’rgan. Tarixshunoslikdagi ko’plab materiallarga tanqidiy sharxlar berib o’tgan. Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va Sirdaryo atrofidagi yerlarni o’rganib, tarixiy ma’lumotlarni keltirib o’tgan. Tohiriylar, Somoniylar, Safforiylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar, Xorazmshohlar tarixiga tegishli ko’plab materiallarni tahlil qilib chiqqan. Bundan tashqari V.V.Bartold Chingizxon imperiyasi tarixi va Turkiston yerlarining bosib olinishi davrini ham o’rgangan. V.V.Bartold o’zining «Ulug’bek va uning davri» nomli kitobida mug’ullar imperiyasi uning yemirilishi Ulus amirlari, Temur hukmronligi siyosiy voqyealarni yoritib o’tgan. «Mir Alisher» nomli ishida siyosiy munosabatlarni batafsil yoritishga harakat qilgan. V.V.Bartoldning «Turkiston Mug’ ullar bosqinchiligi davrida» nomli mavzudagi dissertasiyasi yaxshi natija va ijobiy tugallangan. Magistrlik darajasidan Doktorlik darajasi berilgan opponentlari 44 Лунин Б.В. Жизнь и деятельность академика В.В.Бартольдда Средняя Азия в отечественном востоковедении. «Фан», Т., 1981. Стр. 43-45. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling