Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet50/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

55




Ulug’bek maqrasasida tadqiqot ishlari olib borildi. Abu Tohir Xojaning «Samariya» asaridagi ma’lumotlardan foydalangan.
Mirzo Buxarin to’plagan kolleksiya bilan Ermitajda ko’plab tadqiqotchilar tanishib chiqqan. Yana bir mahalliy kolleksioner Xofiz bo’lib arxeologik topilmalar aniqlay olgan. Uning o’limidan so’ng kolleksiya bilan qiziqish to’xtab qolgan emas. Topilmalarning ko’pchiligi Buxoroning sharqiy qismidan olingan. Topilmalarning ichida yuzlab sopol parchalar mavjud edi. Bronzadan yasalgan oynalar, ossuariylar, 500 ta terrakota, 10000 ga yaqin tanga o’rin egallagan. Hofiz bilan Barshevskiy to’plagan topilmalarining ko’pchiligi yaxshi saqlab qolinmagan.
O’rta Osiyo moddiy madaniyatining tarixi asta-sekinlik bilan bo’lsada o’rganilib borildi. Bu o’lkani arxeologik o’rganishning birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, mahalliy aholi, o’lkashunoslar, havoskorlar, kolleksionerlar tarkibi oshib borganligini aytish mumkin. XIX asr 80- yillaridayoq Toshkentga amaldorlar, o’qituvchilar, vrachlar, guruhlari tuzildi. Ular Turkiston havoskor arxeologlar to’garagining kelgusidagi bo’lg’usi a’zolari edi. Turkiston o’lkasining tarixiy-madaniy o’tmishini o’rganish masalalarini muhokama qildilar. Ulardan ba’zilari u yoki bu ko’rinishda Toshkent ilmiy- o’lkashunoslik tashkilotiga a’zo bo’ldilar. Ulardan biri Toshkent Erkaklar Gimnaziyasining direktori N.P.Ostroumov edi. Rasmiy maxsus arxeologlar muassasasi hisoblangan-Peterburg arxeologiya komissiyasi bilan yaqin aloqada bo’lgan.

  1. 2. Mahalliy o’kashunoslarning arxeologiya sohasiga qo’shgan hissalari.

Mirzo Abduazim Somiy Bo’stoniy ham buxorolik, mashxur o’lkashunos tarixchi olim (1833-1914). U amir Muzaffarning shaxsiy munshiysi (kotibi) bo’lib xizmat qilgan. U amir Abdulahad hukmronligining (1885-1910) so’nggi davrlarida podsholikka qarshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda kechirgan. Somiy bir necha adabiy va tarixiy asarlar yozib qoldirgan. «Mirot ul-xayol» («Xayol kuzgusi»), «Insho», «Tuhfayi shohiy» («Podsho tuhfasi»), «Tarixi salotini Mang’itiya» («Mang’it hukmdorlari tarixi») shular jumlasidan. «Tarixi salotini Mang’itiya» asarining muhim tomoni shundaki, unda Buxoro xonligining O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi arafasidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli, Buxoro-Rossiya munosabatlari ancha keng yoritilgan.
Jahon madaniyatining beshiklaridan hisoblangan Xorazmda uzoq vaqtlardan davom etib kelayotgan bir an’ana bor. Bu shajaraviy tarixnavislikdir. Bu an’ana ilmni yuksak qadrlagan yurtning madaniyatli-ma’rifatlilik darajasini ham ko’rsatadi. Xorazm va Movarounnahrning ana shu ruhda voyaga etgan ahli, ayniqsa ma’rifatparvar oilalar o’zining yetti avlod shajaraviy solnomasini yuritganlar, avlodlar uzviyligi uzilmasligi o’zligini anglagan komil insonlar o’z ildizlaridan ma’naviy-ilmiy chanqoqliklarini qondirib turishlari zaruratidan keyingi avlodlaridan biri yoki munosib shogirdlaridan biriga uni davom ettirishini vasiyat qilishgan. El-ulus o’tmishini keyingi avlodlarga yozib qoldirish an’anasi o’lkada «Avesto»dan boshlanadi. Al-Xorazmiy, Beruniy, Muxammad Solih, Munis



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling