Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
8
Chunonchi, 1848-yil iyul - 1849-yil sentabrda Rossiya harbiy dengiz floti leytenanti A. I. Butakov rahbarligidagi ekspedisiya Orol dengizida qirg’oqlar, orollar va suv havzasi xususiyatlarini tadqiq etdi.1841-yilda K.Butenev rahbarligidagi ekspedisiya Buxoro amirligining turli hududlarida ma’lum va topilishi mumkin bo’lgan foydali qazilma konlarini aniqlash bilan shug’ullandi. U o’rta asrlardagi qazish ishlarini izlari va geologik alomatlari, mis va temir rudasi konlari, Nurota tog’larida feruza koni borligidan dalolat berayotganini takidlagandi. Ayni mahalda Rossiya imperiyasi hukumati o’z maqsadini ko’zlab, XIX asrning 30-yillaridan boshlaboq xonliklar o’rtasidagi ziddiyatlarni chuqurlashtirish, Buxoro amirligining Buyuk Britaniya, Afg’niston bilan diplomatik va boshqa munosabatlarini zaiflashtirish, O’rta Osiyo xonliklari bozorlarida Rossiya mollari pozisiyasini kengaytirish, shuningdek, bu xonliklar to’g’ risida har qanday ma’lumotlar to’plash bo’yicha turli chora-tadbirlarni faollik bilan qo’llab kelgandi. Masalan 1833-yili Orenburg general-gubernatori V.Perovskiy bilan P. I. Demezonni (Mirza Ja’far nomi bilan) Buxoroga qushbegi Muhammad Hakimbiy bilan muzokoralar olib borishga jo’natar ekan, unga jumladan, quyidagilarni aniqlashni topshirdi: «Buxoroliklar inglizlar va ularning Ost-Indiya kampaniyasi to’g’risida qanday fikrda? Shuyil ichida Buxoroga ingliz mollarning sifati qanday yedi,. Qanaqa bahoda sotildi va ular yaxshi sotib olindimi?». Ayni mahalda B.Perovskiy; «Bu narsa juda muhim va shuning uchun e’ tibor berish kerak»,- deb qayd etgandi. Buxorodagi va boshqa xonliklardagi Rossiya-Angliya ta’ siri va hukmronligi uchun raqobatda savdoga ham katta e’tibor berilganligi shundan ko’rinib turibdi. Biroq Rossiya imperiyasining hukmron savdo-sanoat doiralari savdo sohasidagi yerkin raqobatda Angliyani yengaolmasliklarini, chunki sifati Rossiyanikidan qolishmaydigan sanoat mollari xonliklar bozorlarida ataylab arzon sotilishini yaxshi tushunardi. Masalan 1940-yilda Turkistonning yaxshi bilimdoni, Orenburg general-gubernatorining safdoshi Ya.V. Xannikov ta’kidlaganidek, xonlikda sotiladigan Rossiya to’qimachilik buyumlari 24 foiz foyda qoldiradi. Biroq «1830- yillarda G’ulja va Buxoroda paydo bo’lgan ingliz mollari Rossiyaning kreditini barbod qilishdek oshkora niyat bilan haddan tashqari past bahoda, aynan Rossiyada 50 rubl arshinni, Rossiyada 25 rubl turadigan bir bo’lak qalin surp 3 kumush rubldan ikki tomoni oxarlangan 12 arshin chit 4 kumush rubldan sotilgan. Rossiya imperiyasi hukmron doiralarining fikricha bunday sharoitda xonliklar bozorida Rossiya mollari jumladan yag’och-taxta, cho’yan, don ko’ngildagidek o’tishi uchun bu yerda Rossiya imperiyasi hukmronligini o’rnatish kerak edi. Zero u bu xonliklarga Angliyaga qaraganda yaqinroq edi. Turkiston (1867- yil iyul), Dasht (1881-yil) va Xiva xonligi (1873-yil) ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o’rnatilmagunicha Rossiya imperiyasi ayni shu yo’nalishda bosqinchilik amaliyotini olib bordi. Rossiya hukumati va savdo-sanoati doiralari O’rta Osiyodagi savdo- iqtisodiy ekspansiya uchun jiddiy tayanchlarni (Orenburg, Troiuk va Kavkazortida) 6 Жуковский С.В. Сномения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Изд. Прегресс. М., 1915. Отр. 34. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling