Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 BOB.
- XIX asrning ikkinchi yarmida Turistonda siyosiy ahvol.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertasiya kirish, 4 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlari va illyustrativ materiallardan iborat. Ilmiy ishning hajmi 117 bet.
Ushbu dissertasiya ishi Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni yoritishga yordam beradi. Mazkur ilmiy tadqiqot natijalaridan ilm va fan masalalarda, Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi hamda sharqshunoslik haqidagi ilmiy maqolalar, o’quv qo’llanma dasturlar maxsus kurslar tayyorlashda, oliy va o’rta maxsus maskanlarida talabalar, magistrlarga ma’ruzalar o’qishda foydalanish mumkin. 7
BOB. XIX ASRNING IKKINChI YaRMIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY, IQTISODIY ShAROIT. XIX asrning ikkinchi yarmida Turistonda siyosiy ahvol. Yevropaning mustamlakachi davlatlarining ko’pchiligidan farqli ravishda Rossiya imperiyasi hukumati bosib olingan va olinayotgan yangi hududlarda ko’chirib keltirilgan ruslarning sonini ko’paytirishni u joylarni mustamlakaga aylantirishning eng muhim omillaridan biri, deb hisoblardi. Rossiya imperiyasiga qaram bo’lgan Polsha va Finlyandiyada bunga deyarli amal qilinmadi. Chunki Rossiya imperiyasi, birinchidan, bu hududlarga rus fuqarolarini joylashtirish Yevropa davlatlari bilan shusiz ham faol keskin munosabatlarini yanada og’irlashtirib yuborishini, ikkinchidan Rossiya imperiyasining mazkur mamlakatlar ustidan hukmronligi g’oyat omonat bo’lib, uzoq davom etmasligini tushunar edi. Turkistonda esa garchi XIX asrning o’rtalarida bu yerda «ekspansiyaning ikki qarshi oqimi to’qnashgan, Rossiya imperiyasi ham, Angliya ham hujumkor siyosatni o’tkazib kelgan. Bunda har ikkisi ham bir-biridan cho’chib turgan» bo’lsada, Rossiya imperiyasining harbiy-siyosiy doiralari anchagina muhim (bosib olinayotgan hududlarning yonma-yonligi mintaqadagi o’zaro dushmanlashib kelgan xonliklardan harbiy jihatdan ustunligi va xakozolar) ustunliklarga ega edi. Imperiya hukumati XIX asrning 60-yillarida ayniqsa Krapostnoylik huquqi bekor qilingach, yuz minglab rus qishloq aholisini O’rta Osiyoga chiqarib yuborish yo’li bilan katta xarajatlarsiz ko’plab ishchi guberniyalar qishloqlaridagi ijtimoiy-siyosiy keskinlikni yumshatishga umid bog’landi. Lekin muhimi, strategik tashqi siyosiy maqsadlar bilan bir qatorda, Rossiya imperiyasini bu mintaqadagi katta mustamlakachilik rejalarini amalga oshirishga undagan narsa bu yerda moddiy (tabiiy ishlab chiqarish) boyliklar hamda mehnat resurslaridan metropoliya manfaatlari yo’ lida foydalanish imkoniyatlari edi. Kavkaz, Volgabo’yi, Sibir singari salohiyati bor mintaqalarni rivojlantirishga mablag’ sarflashni, harakat qilishni istamagan, ba’zan esa sarflay ham olmagan Rossiya imperiyasi hukmron doiralari Qo’qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligining juda qimmatli moddiy va qishloq xo’jalik xomashyo manbaini (eng avvalo paxta tolasi va ipakni) ancha ilgaridan mo’ljallagan edi. Rossiyaning to’qimachilik, ya’ni yengil sanoati asosan AQShdan keltiriladigan paxtaga bog’liq edi. Biroq XIX asr o’rtalariga kelib, Rossiya- Amerika aloqalari yomonlashgach, Rossiya paxtani Yevropa mamlakatlari orqali sotib olishga majbur bo’ldi. Rossiya imperiyasining hukmron doiralari savdogarlar, sayyohlar, tabiatshunos olimlar va boshqalar orqali o’lkaning moddiy boyliklarini, barcha xo’jalik, harbiy imkoniyatlarini puxta o’rganishdi. Shu munosabat bilan o’lkaga harbiy yurishlar boshlanmasdan avval, maxsus ekspedisiyalar uyushtirilib, Orol dengizi, tog’ massivlari, qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik ishlab chiqarishi, xonliklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’rganildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling