MARDON RAJAPOV
7-SINF O`ZBEKISTON TARIXI-2017
1-30-§§
MUVAFFAQIYATNING ASOSI
MUNTAZAMLIKDIR. HAR BIR
QOLDIRILGAN ISH KELAJAK
CHIROQLARINI SO`NDIRISHI VA
ORZULARINGNI PARCHALAB
YUBORISHI MUMKIN..
(MR)
TESTLAR SONI: 60
TEST
PRO
1. Xorazmda Afrig`iylar hukmronligi davrida mamlakatning
ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan
omilni aniqlang
A) Eftallar hujumi
B) kumush tangalarning zarb etilishi
C) sug`orish inshootlarining takomillashuvi
D) Xitoy bilan diplomatik aloqalarining o`rnatilishi
2.Xalifa Ma`munning xalifalik yillari oralig`ida sodir bo`lgan
voqeani aniqlang.
1) Tohiriylar davlatida Abul Abbos Abdullohning
hukmronlik yili boshlandi
2) at-Termiziy tavallud topdi
3) al-Farg`oniy Suriyaning sinjor dashtidan yer
meridianining bir darajasini o`lchashda qatnashdi
4) Tohiriylar davlati vujudga keldi
5) Oq kiymlilar qo`zg`alonining oxirgi bosqichi bo`lib o`tdi
A) 1,2,4 B) 1,2,3,4
C) 2,3,4,5 D) 1,4,5
3.Turk xoqonligi quyidagi qaysi hududni egallashi natijasida
Eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldi?
A) Yettisuv va Sharqiy Turkiston
B) Yettisuv va Sirdaryo bo`ylari
C) Amudaryo va Kaspiy dengizi bo`ylari
D) Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylari
4. Qaysi davlatda hukmdоrning hоkimiyati urug`-aymоq
udumlariga tayangan harbiy-ma`muriy bоshqaruvga
asоslangan?
A) Turk xоqоnligi B) Erоn sоsоniylari
C) Kidariylar D) Xioniylar
Do'stlaringiz bilan baham: |