Dastlabki davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo'lgan?
|
Ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishi
|
Ayirboshlash munosabatlarining faollashishiga nimalar turtki bo‘ldi?
|
Barcha javoblar to'g'ri
|
Pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor uning:
|
Qiymat shaklining rivojlanishiga qaratiladi
|
Pulning qiymat shakli nechta ko'rinishda namoyon bo'ladi?
|
5 ta
|
Dastlabki tangalar qachon zarb etilgan?
|
Eramizdan avvalgi VII asrda
|
Dastlabki tangalar qayerda zarb etilgan?
|
Xitoyda
|
Qog‘oz pullar muomalaga qachon chiqarilgan?
|
X asrning oxiri XI asrning boshlari
|
Qog'oz pullar muomalaga qayerda chiqarilgan?
|
Xitoyda
|
O'zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan?
|
Miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan
|
G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temur nomi bitilgan necha turdagi oltin va kumush tangalar muomalaga chiqarilgan?
|
120 dan ortiq
|
O'zbekiston hududida qog'oz pullar dastlab qachon muomalaga chiqarilgan?
|
1918 yilda
|
Buxoro amirligining qog'oz pullari nechanchi yil bekor qilingan?
|
1920 yilda
|
Pulning mohiyati nimada aniq namoyon bo'ladi?
|
Pulning funksiyalarida
|
Anglo - amerikalik iqtisodchilar pulning nechta funksiyasini e’tirof etadi?
|
3 ta
|
Rossiyalik iqtisodchi olimlar pulning nechta funksiyasi maujudligini ta’kidlaydi?
|
5 ta
|
Pulning muomala vositasi funksiyasi qachon namoyon bo'ladi?
|
Sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasida ayirboshlash bir vaqtda bajarilsa
|
Vaqtincha foydalanilmayotgan pullar qanday funksiyani bajaradi?
|
Jamg'arma vositasi funksiyasini
|
Mehnat taqsimoti jarayonida pulning roli nimada namoyon bo'ladi?
|
Tovarlarni ayirboshlashda
|
Tovar xo'jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
|
Milliy valyutaning barqarorligi
|
Iqtisodiyotning markazdan boshqarish sharoitida pulning nechta funksiyasi e’tirof etilgan?
|
5 ta
|
Xorijiy iqtisodchi olimlar pulning qanday funksiyalarini inkor etadi?
|
To'lov vositasi
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va mahsulotlarning qiymati qanday aniqlanadi?
|
Bozordagi talab va taklif asosida
|
Metallar qachondan boshlab pulning funksiyasini bajara boshlagan?
|
Miloddan oldingi VII - VI asrlarda
|
Dastlabki qog'oz pullar qachon muomalaga kiritilgan?
|
XI va XII asrlarda
|
Plastik kartochkalar qachon pulning vazifasini bajara boshlagan?
|
XX asrning ikkinchi yarmidan
|
Natural shakldagi pullarni guruhlanishi qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?
|
Hayvonlar, buyumlar va o'simliklar shaklida
|
Haqiqiy pullarning xossalari qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Ularning muomalada amal qilishini nazorat qilish zarurligi
|
Xitoyning ayrim provinsiyalari va Rossiyada qanday natural pullar juda keng tarqalgan?
|
Buqa
|
Natural pullardan foydalanishga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi
|
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishiga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ ri keltirilgan?
|
Natural pullar o'zining qiymatini yo'qotganligi
|
“Emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” terminlari mа’nosi jihatidan bir-biridan farq qiladimi?
|
Tubdan farq qiladi
|
Plastik kartalarning qulayligi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan?
|
Banklarning xarajat qiladigan mablag'lari tejaladi
|
Pulning nazariyasi iqtisodiy kategoriya sifatida nechta guruhga ajratib o'rganiladi?
|
2 ta guruhga
|
Pulning metallik nazariyasi qanday davrlarda vujudga kelgan?
|
XVI - XVII asrlarda
|
Pulning metallik nazariyasi qanday tuzumda vujudga kelgan?
|
Kapitalistik tuzumda
|
Pulning nominal nazariyasi qachon vujudga kelgan?
|
XVII - XVIII asrlarda
|
Pulning nominal nazariyasi davrini shakllanishiga qanday omillar ta’sir qilgan?
|
Muomalaga haqiqiy bo'lmagan metall pullar
kiritilganda
|
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining kamchiligi nimada?
|
Pulning qiymatini davlat belgilashini e’tirof etishadi
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qobiliyati:
|
Talab va taklif asosida belgilanadi
|
Pulning miqdoriylik nazariyasi haqidagi ta’limot qachon va kim tomonidan ilgari surilgan?
|
XVI-XVII asrlarda, D.Yum tomonidan
|
Miqdoriylik pul nazariyasining “tranzaksion varianti” ta’limoti asoschilari kimlar?
|
M.Fridman, K.Brunner va A.Melttser
|
Miqdoriylik pul nazariyasida “kassa qoldig‘i” haqidagi ta’limotni ilgari surgan nazariyachi kim?
|
A.Pigu
|
O'zbekiston tijorat banklarida elektron to`lov tizimi qachon joriy etildi?
|
1997 yil martda
|
Quyidagilardan qaysi biri naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish qoidalari hisoblanmaydi?
|
Bank mijozning hisob varag`idan uning xabari bo`lmagan hollarda memorial order bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin
|
To‘lov topshiriqnomasi bu:
|
Sotib oluvchining bankka o‘z hisob varag`idan mablag'ni sotuvchi hisobiga o`tkazib berish haqidagi yozma topshirig`i
|
To'lov talabnomasi bu:
|
Sotuvchi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag'ni talab qilishi haqidagi hujjat
|
Akkreditivning shakllari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
|
Qoplangan va qoplanmagan
|
Akseptli to‘lov krelarda:
|
Bank dastlab belgilangan muddatda mijozning roziligini oladi, so'ng to'lovni amalga oshiradi
|
Akseptsiz to‘lov talabnomalarda:
|
Bank dastlab to'lovni amalga oshiradi so'ng
mijozning roziligini oladi
|
Banklarda ikkinchi kartoteka qanday hollarda yuritiladi?
|
Mijozning hisobvarag'ida mablag'lar mavjud bo'lmagan yoki yetarli bo'lmagan hollarda kirim qilinadi
|
Inkasso topshiriqnomasi:
|
Bankka to`lovchining hisob varag`idan so‘zsiz tartibda mablag`larni hisobdan chiqarish huquqini beradi
|
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning eng ko‘p qo'llaniladigan shakli bu:
|
To`lov topshiriqnomasi
|
Naqd pul muomalasida pul harakatining nechta oqimi mavjud?
|
2 ta
|
Muomalaga pullarni emissiya qilish qanday bank zimmasiga yuklatilgan?
|
Markaziy bank
|
Naqd pullar:
|
Yuqori likvidlik qobiliyatiga ega hisoblanadi
|
Naqd pullar bo'yicha talablarni bajarishning asosiy majburiyati:
|
Tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan
|
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy vazifasi nimadan iborat?
|
Muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo`lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iborat
|
Pul massasi bu:
|
Muomaladagi naqd va naqd pulsiz oborotidagi
pullar yig`indisi
|
O'zbekistonda qanday pul agregatlari amal qiladi?
|
MO, Ml, М2, М3
|
“Pul fetishizmi” qanday mа’noni anglatadi?
|
Pulga sig'inish
|
Bimetalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
|
Pul tizimi deganda nima tushuniladi?
|
Pul tizimining asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi
|
Haqiqiy pullar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Oltin va kumush tangalar
|
Monometalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida bitta metallni (odatda oltin yoki kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
|
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to'lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
|
Oltin quyma standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Muomalada oltin tangalarning to'lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
|
Oltin deviz standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
|
Oltin tanga standartidan voz kechilishining asosiy
sabablari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo'ldi
|
Nechanchi yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob-kitoblarda qog‘oz-kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi?
|
1930 yillardan
|
Qaysi standartda oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to’xtatildi?
|
Oltin quyma
|
Pul tizimini asosiy tartibga soluvchi organ qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan?
|
Emission banklar
|
Banknotalar qaysi organ tomonidan muomalaga
chiqariladi va tartibga solinadi?
|
Markaziy bank
|
Xazina biletlari qanday maqsadlar sharoitida
muomalaga chiqariladi?
|
Davlat budjeti taqchilligi va qo'shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida
|
Qaysi davrda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog'oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi?
|
1971-1973 yillarda
|
O'zbekistonda 100 so‘m necha tiyinga teng?
|
10000 tiyin
|
O‘zbehtistonda 1991-1993 yillarda nima uchun mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirishning imkoni yo‘q edi?
|
Milliy valyuta joriy etilmaganligi tufayli
|
O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shartli ravishda nechta bosqichga ajratish mumkin?
|
3 ta
|
O'zbekiston pul tizimining tashkil topishini birinchi bosqichi qaysi davrni o‘z ichiga oladi?
|
1991 yil sentabrdan 1993 yil noyabrgacha bo'lgan davr
|
Oraliq “so‘m kupon”lar qachon muomalaga kiritildi?
|
1993 yil 15 noyabrdan
|
Oraliq “so'm kupon” muomalada qachongacha to'lov vositasini bajardi?
|
1994 yil 1 iyulgacha
|
Milliy valyuta so'm va oraliq so‘m kuponlar qanday nisbatda almashtirildi?
|
1ga 1000 nisbatda
|
O'zbekiston hududida qanday davrda uch turdagi valyuta muomalada to'lov vositasini bajardi?
|
1993 yil dekabr
|
Sobiq Ittifoq respublikalari qachondan milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi?
|
1992 yil may-iyun
|
Rossiya Federatsiyasining yangi namunadagi banknotalari to‘lov vositasi sifatida amal qilishi qachon bekor qilindi?
|
1994 yil 15 apreldan
|
Quyidagidlardan qaysi biri O‘zbekiston pul tizimi elementlari hisoblanmaydi?
|
Qat’iy belgilangan valyuta kursi
|
Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi omil qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Tovar va xizmatlar bahosi pasayadi
|
Inflatsiya tushunchasi iqtisodiy oborotga qachon kirib kelgan?
|
1864 yilda
|
Inflatsiya bilan bog'liq muammolar qachon vujudga kelgan?
|
Qog'oz pullar to'lov vositasi sifatida amal qila boshlagandan
|
Iqtisodiyotda inflatsiya sharoitida qanday holat yuz bermaydi?
|
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi barqarorlashadi
|
Quyidagilardan qaysi biri inflatsiyaning shakliga kirmaydi?
|
Monopol inflatsiya
|
Giperinflyatsiya sharoitida pul muomalasi qanday holatda bo'ladi?
|
Pul muomalasi izdan chiqadi
|
Inflatsiyani keltirib chiqaradigan omillar qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Tovar massasiga nisbatan pul massasining qisqarishi
|
Inflatsiyaga qarshi qanday siyosat mavjud?
|
Umumiy talabni tartibga solish siyosati
|
Sudraluvchi inflatsiyaning yillik darajasi necha foizni tashkil etadi.
|
6-8 foiz
|
Yevrohudud uchun EMB tomonidan belgilangan inflyatsiya darajasining yillik normasini ko‘rsating
|
Yillik 2 foiz
|
XVF ekspertlarining fikriga ko‘ra inflatsiyaning oylik darajasi necha foizdan oshishi giperinflatsiya deb hisoblanadi
|
50 foiz
|
Pul islohotini o'tkazishning zarurligi nimada?
|
Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash
|
Pul islohotlarining qanday turlari mavjud?
|
Denominatsiya, devalvatsiya, revalvatsiya, nulifikatsiya
|
Denominatsiya bu...?
|
Eski pul birligini yangi pul birligiga ma'lum nisbatda almashtirish
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominaldagi pul birliklari
muomalaga kiritilgan?
|
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so'm
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominallardagi tiyin metall tangalar muomalaga kiritilgan?
|
1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin
|
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 200 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?
|
1997 yildan
|
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 500 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?
|
1999 yildan
|
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 1000 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?
|
2001 yildan
|
Deinflatsion siyosat o‘z ichiga qanday tadbirlarni qamrab oladi?
|
Davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko'tarish) va pul massasini cheklash
|
Qanday turdagi siyosatni olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo’lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni o'sishini ma'lum chegarasi o'rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo'yiladi?
|
Daromadlar siyosati
|
Dastlab qanday munosabat vujudga kelgan?
|
Tovar-pul munosabatlari
|
Kredit qanday munosabatlar asosida tashkil topdi?
|
Tovar-pul munosabatlarida
|
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning qanday bo‘g‘inlarida o’rganiladi?
|
Barcha bo'ginlarida
|
Kreditor va kredit oluvchi o'rtasida asosiy omil nima hisoblanadi?
|
Iqtisodiy manfaatdorlik
|
Kreditning zarurligi qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Banklarni moliyaviy muassasa ekanligi
|
Kredit munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sababi?
|
Kapital muomalasi va aylanishi hisoblanadi
|
Kreditning mohiyatiga iqtisodchi olimlarning qarashlari
|
Bir-biridan keskin farq qiladi
|
Kreditning subyektiv mohiyati nimada namoyon bo'ladi?
|
Kreditor va kredit oluvchining munosabatlarida
|
Kreditning funksiyalari qaysi javobda to'liq keltirilgan?
|
Qayta taqsimlash, muomala jarayonini tezlashtirish, pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish, pul kapitalini jamg'arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyalari
|
Kreditning tamoyillari qaysi javobda to‘liq keltirilgan?
|
Maqsadlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlik, to'lovlilik tamoyillari
|
Kreditning shakllari qaysi javobda to‘liq va aniq keltirilgan?
|
Tovarli kredit, pulli kredit, aralash kredit
|
Kredit shakllari ichida ko'proq qaysi biri qo'llaniladi?
|
Aralash kredit
|
Bank krediti muddatiga ko'ra qanday kreditlarga bo'linadi?
|
Qisqa va uzoq muddatli
|
Qaysi iqtisodchilar ssuda va kredit o'rtasidagi farqni ajratib berishga harakat qilganlar?
|
Rimlik huquqshunoslar
|
Kreditning qanday turlari mavjud?
|
Bank, davlat, tijorat, iste’mol, xalqaro kreditlar
|
Bank kreditida kreditning obyekti nima hisoblanadi?
|
Pul kapitali
|
Dastlab kreditning qanday shakli vujudga kelgan?
|
Tovarli kredit
|
Xalqaro amaliyotda tijorat krediti asosan qanday qimmatli qog'oz vositasida beriladi?
|
Vekselda
|
Davlat kreditining asosiy belgisi nimadan iborat?
|
Kredit berish va olishda davlat bevosita ishtirok etadi
|
Iste’mol krediti qanday maqsadlarga beriladi?
|
Asosan jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo'lgan tovar va buyumlarni sotib olishga
|
Kredit marjasi nimani anglatadi?
|
Kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o‘rtasidagi farq
|
.................................. foizlarni hisoblash asosiy
qarzning qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi
|
Oddiy foiz stavkasida
|
....................... hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig‘iga qo‘shilib hisoblanadi
|
Murakkab foiz stavkasida
|
Kreditlar bo'yicha qaysi foiz stavkasida inflatsiya darajasi hisobga olinadi?
|
Real foiz stavkasida
|
Qanday turdagi foiz stavkasi rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida inflatsiya yuqori bo'lgan sharoitda kreditlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi?
|
Antisipativ
|
Kredit bahosining funksiyalari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
|
Taqsimlash, rag'batlantirish, tartibga solish, himoyalash
|
Tijorat banklari operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari, xizmat haqi va komission to'lovlar qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq banklar tomonidan qanday belgilanadi?
|
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasiga ko'ra
|
Qaysi qonunchilik hujjatiga muvofiq banklar kredit operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar?
|
“O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun
|
"Praym-rayt" stavkasi qaysi bozor stavkasi o'zgarishi natijasiga asoslanadi?
|
Pul bozori
|
LIBOR stavkasining mazmuni nima?
|
London banklararo foiz stavkasi
|
UZIBOR stavkasining mazmuni nima?
|
O'zbekiston banklararo depozit stavkasi
|
Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi:
|
Aniq ma'lumotlar mavjud emas
|
Banklarning vujudga kelishi haqida fikr yuritgan iqtisodchi olimlarni necha guruhga ajratish mumkin?
|
Uchta guruhga
|
Tarixiy manbalarga ko'ra, dastlabki banklar qayerda tashkil topgan?
|
Gretsiyada
|
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklar:
|
Ibodatxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi
|
Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklarning dastlabki kо‘rinishlari qayerda va qachon vujudga kelgan?
|
Angliyada, XVI asrda
|
“Bank” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
|
Qadimgi fransuzcha “banque” va italiyancha “banca” so'zlaridan paydo bo'lgan bo'lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi
|
Banklar nechta funksiyani bajaradi?
|
5 ta
|
Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi?
|
Bank operatsiyalarining zarurligi, turlari, xo'jalik yurituvchi subyektlar va aholini ularga ehtiyojida
|
Banklarning o'ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo'ladi?
|
Xo'jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o'rtasida hisob-kitoblar tashkil etish va nazoratni amalga oshirish
|
Mulkiy jihatdan banklar tasniflanishi qanday javobda to'liq va to'g'ri keltirilgan?
|
Davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank
|
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan qanday tasniflanadi?
|
Emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg'arma bank
|
Banklarga bo‘lgan ishonchning pasayishiga sabab bo'ladigan omillar qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini to'liq va muntazam ravishda bajarsa
|
Kredit uyushmalari dastlab qachon va qayerda tashkil etilgan?
|
1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida
|
AQSh FZT qachon tashkil etilgan?
|
1913 yil
|
AQSh FZT boshqaruvchilar kengashi a’zolari soni necha kishidan iborat?
|
11
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik hisobotini taqdim etishning so'nggi muddati:
|
15 may
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaysi organ oldida hisobdor hisoblanadii?
|
Senat
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustav
kapitali miqdorini aniqlang
|
2 mlrd. so'm
|
Markaziy banklar uchun ta’qiqlangan faoliyat turi
|
Tijorat bilan shug'ullanish
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidaqi qonun qachon qabul qilinqan?
|
1995 yil 21 dekabr
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi asosan qanday tarkibiy tuzilishga ega?
|
Bank tizimi ikki bo‘g‘indan iborat bo'ladi
|
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
|
1987-1990 yillarga
|
O‘zbekistonda haqiqiy ikki pog'onali bank tizimi qachon tashkil topdi?
|
Mustaqillikka erishgandan so‘ng, 1991 yilda
|
Dastlabki Markaziy bank qayerda va qachon tashkil topgan?
|
Stokgolmda, 1650 yilda
|
Dastlabki emission banklar qayerda va qachon tashkil etilgan?
|
Angliyada, 1694 yilda
|
Dastlabki Markaziy banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan?
|
Davlat kapitali shaklida, aksiyadorlik kapitali shaklida, aralash kapital shaklida
|
Jahon amaliyotida Markaziy banklarning asosiy maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
|
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash
|
Markaziy bankning funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri va to‘liq keltirilgan?
|
Banknotalar emissiya qilish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, banklarning banki, hukumat banki funksiyalari
|
Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlari qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
|
Banklarning faoliyatini litsenziyalash
|
Markaziy bank qachon va kimga hisobot taqdim etadi?
|
Keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Oliy Majlis Senatiga taqdim etadi
|
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kim tomonidan kiritildi?
|
1991 yilda V.Grilli
|
Mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bankni ko'rsating
|
Germaniya markaziy banki
|
AQSh FZT raisi kim tomonidan taqdim etiladi?
|
AQSh Prezidenti tomonidan
|
AQSh FZT raisining vakolat mudddati necha yil?
|
8 yil
|
YEMBning vakolatlari qaysi shartnomaga muvofiq о‘zgartirilishi mumkin?
|
Maastrixt shartnomasi
|
Tsukerman indeksi bo'yicha Markaziy bank mustaqilligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar nechtani tashkil qiladi?
|
16
|
AQSh FZT kimga hisobdor hisoblanadi?
|
AQSh Kongressiga
|
GMT indeksi bo'yicha MBning siyosiy mustaqillik koeffitsientining maksimal darajasi necha ballni tashkil etadi?
|
8 ball
|
GMT indeksi bo'yicha MBning iqtisodiy mustaqillik koeffitsientining maksimal darajasi necha ballni tashkil etadi?
|
7 ball
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining vakolat mudddati necha yil?
|
5 yil
|
“Bank Kengashi” yana qanday nomlanadi?
|
Kuzatuv kengashi
|
Bankning oliy boshqaruv organi bu?
|
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi
|
Aksiyadorlari 1000 kishidan ortiq bo'lgan tijorat banklari Kengashi kamida necha a’zodan iborat bolishi kerak?
|
9 nafar
|
Yangi tashkil qilinayotgan xususiy banklar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori qancha bo'lishi lozim?
|
100 mlrd. so'm
|
Tijorat banklari qaysi funksiyasini amalga oshirishida pul mablag'lari ishtirok etmaydi?
|
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlar berish
|
Tijorat banklari uchun xos bo'lmagan funksiyani ko‘rsating
|
Mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash
|
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining nechanchi bo‘g‘inida faoliyat yuritadi?
|
Ikkinchi bo‘g‘inida
|
Hozirgi kunda tijorat banklari mijozlarga necha turdagi xizmatlarni ko'rsatadi?
|
300 dan ortiq
|
Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi dastlabki qonun qachon qabul qilingan?
|
1991 yil
|
Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi ikkinchi tahrirdagi qonun qachon qabul qilindi?
|
1996 yil 25 aprel
|
Tijorat banklari riskli aktiv operatsiyalari natijasida:
|
daromad oladi;
|
Banklarning daromadlari qanday tarkibdan tashkil topadi?
|
Foizli va foizsiz
|
Mikromoliyalash tashkilotlari bank tizimining qaysi bo‘g‘iniga kiradi?
|
Ikkinchi bo‘g‘iniga
|
O'zbekiston qonunchilik hujjatlari asosida mikromoliyalash tashkilotlari tarkibi qaysi javobda to'liq keltirilgan?
|
Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari
|
Qanday tashkilot mikromoliyalash tashkilotlari tarkibida asosiy moliya muassasasi hisoblanadi?
|
Kredit uyushmalari
|
Kredit uyushmalarining passiv operatsiyalari:
|
Ularga daromad keltiradi
|
Lombardlar qanday moliya muassasasi hisoblanadi?
|
Ixtisoslashgan tijorat tashkiloti
|
Lombardlar faoliyatini qaysi tashkilot ro‘yxatga oladi va litsenziyalaydi?
|
Markaziy bank
|
Bank inqirozining qaysi shaklida banklarning ko‘pchilik qismi to‘lovga layoqatsiz bolsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar?
|
Yashirin inqiroz
|
Banklardan yoppasiga omonatlarni olish bilan bog'liq bo'lgan holatlar bank inqirozining qaysi shakliga xos?
|
Inqirozning ochiq shakli
|
Bank tizimining aksariyat qismi to'lovga layoqatsizligini anglatadigan inqiroz bank inqirozining qaysi shakliga xos?
|
Tizimli bank inqirozi
|
Banklar o'rtasida korrespondent munosabatlarda qollaniladigan “loro” hisorbvaraqlar:
|
Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisob varaqlari
|
Banklar o'rtasida korrespondent munosabatlarda qo'llaniladigan "nostro" hisorbvaraqlar:
|
Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisob varaqlari
|