Margarin assortimenti va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 114.6 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Ma\'ruza.Margarin assortimenti va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayonez ishlab chiqarish texnologiyasi
O‘simlik moyi
65,4 65,6 35,0 Tuxum kukuni 5,0 5,0 6,0 Quruq sut 1,6 1,6 2,5 Shakar 1,5 1,5 3,0 Tuz 1,2 1,3 2,0 Soda 0,05 0,05 0,05 Gorchitsa kukuni 0,75 0,75 1,2 80 %-li sirka kislotasi 0,65 0,75 1,1 Qora murch - 0,175 - Garmdori - 0,05 - Suv 23,85 23,2 49,15 Ja’mi 100 % 100 % 100 % Mayonez ishlab chiqarish texnologiyasi Mayonez ishlab chiqarishda davriy va yarim uzluksiz ishlovchi texnologik sxemalardan foydalaniladi. Davriy usul quyidagi bosqichlardan iborat: - komponentlarni tayyorlash - pastani tayyorlash - «dag‘al» emulsiyani tayyorlash - mayda dispersli emulsiyani tayyorlash - aromatik va ta’m beruvchi qo‘shimchalarni qo‘shish. Komponentlarni tayyorlash. Sochiluvchan komponentlar: quruq sut, shakar, tuxum va gorchitsa kukunlari va tuz, katakchalar o‘lchami 1-3 mm li vibroelaklarda elanadi. Sirka kislotali tuzli eritma mahsus idishda tayyorlanadi. U erga birinchi konsenratsiyasi 13-15% bo‘lgan tiniq tuzli eritma beriladi, keyin 80 %-li sirka kislota kerakli miqdorda solinadi. Eritmani konsentratsiyasi 7-9 % bo‘lishi kerak. Mayonez pastasini tayyorlash. Aralashtirgichlarning biriga 90-100 0 S li suv quyiladi va gorchitsa kukuni solinadi. Gorchitsa kukuni: suv nisbati 1: (2-2,5)ga teng bo‘lishi kerak. Bir jinsli modda hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. So‘ngra 35-40 0 Sli suv, quruq sut, soda va shakar qo‘shiladi. Quruq sut: suv nisbati 1:3ga teng bo‘lishi lozim. Keyin aralashtirgichni ishlatib g‘ilofiga bug‘ beriladi. Komponentlarning yaxshi erishi uchun haroratni 90-95 0 C gacha etkazib 20-25 minut davomida ushlab turiladi. So‘ngra aralashmani 40-45 0 C gacha sovitiladi. Ikkinchi aralashtirgichga tuxum kukuni va 40-45 0 C li suv beriladi. Ularning nisbati 1:2ga teng bo‘lishi lozim. Aralashtirib, 60-65 0 C gacha isitilib, 20-25 minut davomida ushlab turiladi. Keyin 30-40 0 C gacha sovitiladi. Kichik quvvatli liniyada mayonez olish. Hozirgi vaqtda mayonez ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar ko‘payib bormoqda. Tayyor mahsulot sifati talab darajasida bo‘lishi va standart talablariga javob berishi uchun sifatli hom ashyolardan, chidamli emulsiya hosil bo‘lishini ta’minlovchi uskunadan foydalanish, hamda texnologik rejim va sanitar – gigienik talablarga rioya qilish kerak. Dag‘al mayonez emulsiyasini gomogenlash uchun “Bagri” aktivatori ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan. Uskuna aylanish chastotasi 50 s -1 bo‘lgan konussimon rotor va statordan iborat. Uskunaning konstruktiv tuzilishi mo‘‘tadil kolloid strukturali, yuqori sifatli, turg‘un emulsiyali mayonez ishlab chiqarishga imkon beradi. “Bagri” aktivatori asosida, ishlab chiqarish quvvati har xil bo‘lgan, “Malish” liniyalari yaratilgan. Ular bilan kichik korxonalarni jihozlash mumkin. Liniyalarni texnik xarakteristikasi Ko‘rsatgichlar “Malish 1” “Malish 2” “Malish 3” Ishlab chiqarish quvvati, t/kun 1,2 2,1 3,2 Egallaydigan yuza, m 2 14 16 60 Uskuna quvvati, kVt 25 28,2 43,0 Suv sarfi, m 3 /min 8 30 70 Ishchilar soni 1 2 3 “Malish” liniyasida mayonez ishlab chiqarishning texnologik sxemasi quyidagicha. Quruq komponentlr tarozi (1)da tortilib, aralashtirgich (2)da retseptura bo‘yicha kerakli miqdoridagi suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga tortib olingan tuxum kukuni solinadi. Mayonez pastasi (3) nasos yordamida aralashtirgi(4)ga beriladi va retseptura bo‘yicha o‘simlik moyi, sirka eritmasi qo‘shiladi. Mayonez emulsiyasini filtrlar bloki (5) orqali nasos yordamida aktivator “Bagri”(8)ga yuboriladi. Hosil bo‘lgan mayda dispers mayonez emulsiyasi tayyor mayonezga mo‘ljallangan idish(7)ga beriladi va qadoqlash avtomatiga uzatiladi. “Malish” liniyasida olingan mayonezning saqlash muddatini oshirishga ishlab chiqarishni aseptik sharoitda, ya’ni potokli pasterizatsiya hamda aseptik qadoqlash bilan erishiladi. Buning uchun uzoq muddatli (60 minut) pasterizatsiyadan mahsus vannadan iborat bo‘lgan aralashtirgich “Bakelin”da olib boriladi. Bu apparatlar 0,86-0,1 turdagi, quvvati 3,15 kVt bo‘lgan 4ta elektr isistgichlardan iborat bo‘lib, ular yordamida isitish, hamda 95 0 C da pasterizatsiya jarayoni olib boriladi. Aseptik qadoqlashda, ishlatiladigan bekitish materiallariga foydalanishdan avval ishlov beriladi. Aseptik texnologiyada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining organoleptik xususiyatlari oshadi va ovqatlanish fiziologik talablariga javob beradi. Asosan chet el aseptik qadoqlash uskunalaridan foydalaniladi. Tekshirish uchun savollar. 1. Margarin retsepturasi 2. Margarin ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyolar. 3. Margarin kim tomonidan ishlab chiqarilgan 4. Margarin uchun ishlatiladigan emulgatorlar 5. Sutli margarin retsepturasi. 6. Me’yorlash usullari 7. O‘ta sovitish jarayoni 8. Emulsiyalar xaqida tushuncha. 9. Me’yorlash usullari 10. Aralashtirish, emulsiyalash jarayonlari 11. Sutni tayyorlash, pasterizatsiyalash. O’simlik moy sirka kislota eritmasi Ichimli suvi Sovuq suv quruq koponentlar Moynezni qadoqlash Malish turidagi liniyada mayonez olishning texnologik sxemasi 12. Retseptura bo‘yicha kompanentlar va ularni tayyorlash. 13. Mayonez ishlab chiqarish texnologik sxemasi. 14. Mayonez retsepturasi «Tayanch» so‘z va iboralar Margarin, kulinariya yog‘i, sutli margarin, emulsiya, aromatizator, tuz, sut, shakar, emulgator, vitamin, pasterizatsiya, sterilizatsiya, retseptura, aromatizatorlar, komponentlar, emulsiyalash, aralashtirish, me’yorlash, o‘ta sovitish, kristall struktura, monolit, vatator (o‘ta sovitgich)., kulinariya yog‘i, , emulsiya, aromatizator, tuz, sut, shakar, emulgator, vitamin, pasterizatsiya, sterilizatsiya, retseptura, aromatizatorlar, komponentlar, emulsiyalash, aralashtirish, me’yorlash, o‘ta sovitish, kristall struktura. Download 114.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling