Marg’ilon shaxar 1-son kxm ning yo’nalishi guruh talabasi


Download 201.41 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi201.41 Kb.
#1165020
1   2
Bog'liq
Kashta tikish

Ipni gazlamaga puxtalash. Kashta tikishda hech qachonipning uchi tugilmaydi. Kashta tikilgan buyumning teskarisitoza va batartib bo‘lishi kerak. Ipni gazlamaning o‘ngida kashtatikilgan joyga puxtalab qo‘yiladi. Ipli igna bilan kichkinaginaqaviq hosil qilib, ipni gazlamadan to ikki qavat qilib buklanganipdan hosil bo‘lgan halqa shaklidagi ip uchi qolguncha berkitiladi.Ipli ignani shu halqadan o‘tkazib tortib qo‘yiladi (4-rasm, a).





1. Igna oldinlatilgan chok.

Bir xil yiriklikdagi qator qaviqlar bo‘lib, ularning orasi qaviqning o‘ziga teng bo‘ladi. Gazlamaning o‘ng chetida 5 mm li qaviq bilan (gazlamaning 5-6 mm) ip puxtalanadi. Keyin ignani ikkinchi sanchiladigan nuqtaga sanchib, uni halqa bilan teskari tomonga tortib o‘tkaziladi. Gazlamaning huddi shuncha ipini o‘tkazib yuborib, igna gazlama o‘ngiga chiqarib ikkinchi qaviq hosil qilinadi va h.k. Qaviqlarning yirikligi oq tekis chokda kashta gulining konturi 1 dan 2 mm gacha, sanama kontur choklarni tikishda 3-4 mm, shunday chok bilan tikiladigan kashta gulda 6-8 mm, qaviqlar oralig‘i esa 2 mm bo‘ladi. Bu chokni gazlamadan sug‘irilgan ip izidan va rasm bo‘ylab tikish, igna oldinlatilgan chok qaviqlari 2 va undan ko‘p qator bo‘lishi mumkin. Chou tushirayotganda ip buralib ketmasligiga, qaviqlar hurpayib chiqishiga ahamiyat berish kerak.





2. Qaytma chok.

Bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo‘ladi. Ignani o‘ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi, masalan gazlamaning 4 ta ipi kengligidagi oraliq hosil bo‘ladi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchunip chapdan o‘ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joyidagi nuqtaga igna sanchiladida, uni 2 chi qaviqdan gazlamaning 4 ipi kenglikda chaproqda gazlama o‘ngga chiqariladi. Shunday qilib, teskari tomondagi qaviq, o‘ng tomondagi qaviqqa qaraganda 2 barobar yirik bo‘ladi. 3 chi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda ularning o‘zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi.




3. Suv chok.

Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo‘ladi. Bu chokni o‘ngga tomon yoki o‘zidan oldinga qaratib yo‘naltirib tikish mumkin. Gazlamaga o‘zidan oldinga qaratib birinchi qaviq tushirgandan keyin gazlama teskarisidan ipli ignani o‘ziga qaratib o‘tkaziladi-da, dastlabki qaviq o‘rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Qaviq ipni tortib, o‘zi tomon yotqiziladi, chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan gazlamaga bosib turiladi. Ikkinchi qaviqni tushirishda, ignani birinchi qaviqdan yuqoriga sanchib, ikkinchi qaviq o‘rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Shunday qilib, qaviqlarni o‘zidan oldinga qaratib yotqizib, ignani o‘zi tomon yo‘naltirib chok solinadi. Bunda har bir yangi qaviq o‘zidan oldingi qaviqdan yarim qaviq oldinga o‘tadi.
Suv chokni tikayotganda ip doim bir tomonda-chapda yoki o‘ngda bo‘lishi kerak. Tikayotganda ip yo‘nalishini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki unda chok strukturasi buzilib qoladi. Ba’zan kashta gulda ingichka novda -qalinlashib yo‘g‘on shoxchaga aylanadi. Uni, gazlama o‘ngiga ignani oldingi qaviqning o‘rtasidan pastroqdan chiqarib, yirikroq qaviq bilan tikish mumkin.



4. Chilvir chok.

Oldin to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yoki kashta gulining konturi bo‘ylab ignada oldinlatilgan chok bilan qaviqlar tushiriladi. Keyin gazlamani ilmay har bir qaviq tagidan ipli (ko‘pincha boshqa rangdagi ipli) igna yuqoridan pastga tomon o‘tkaziladi. Agar ipli ignani qaviqlar tagidan navbatma-navbat yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga o‘tkazilsa, yana bir xil chilvir chok hosil bo‘ladi.



5. Iroqsi-mon chok.

Gazlamadan sug‘irib chiqarilgan ikkita ip yuzi bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulning motividan tikiladi. Chokning tekis yo‘li katta murakkab kashtalarni tikishda qo‘shimcha chok sifatida, shuningdek, gazlama bo‘laklarining ulangan chokini yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulning goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o‘ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig‘i bir xil bo‘lishi kerak. Yo‘lning o‘rtasi bo‘ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.



5. Petlya chok.

Petlya chok ba’zan zih chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamaning teskari tomoniga 3-4 sm buklab, shu gazlama rangidagi ip bilan ko‘klab chiqiladi.
Petlya chok qaviqlari chapdan-o‘ng tomon gazlama zahiga perpendikulyar joylashtirib tikiladi. Bu chok kergisiz tikiladi. Gazlamani chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i ustiga qo‘yib, bosh barmoq bilan bosib turiladi. Tikish qulay bo‘lishi uchun gazlamaning narigi tomondagi uchini og‘ir narsa bilan stolga bosib qo‘yiladi. Birinchi qaviqni gazlamaga tushirib, undan pastroqga ipni petlya qilib joylanadi. Birinchi qaviqdan sal o‘ng tomonda igna gazlamaga sanchiladi-da, ipning petlyasi igna tagida qoladigan qilib, yuqoridan pastga yo‘naltirib, teskari tomondan qaviq hosil qiladi. (A rasm).
Ipni tortib qo‘yib, uchinchi qaviq tushiriladi va h.k.
Chok qaviqlarining yirikligi har xil bo‘lishi mumkin. Agar bahiyasimon to‘r (masalan, rangli chirmashma) chetini petlya chok bilan tikiladigan bo‘lsa, qaviqni 2-3 mm balandlikda tikib, ular orasi ikkiga gazlama ipi qoldiriladi. O‘tkazib tikiladigan (o‘yma) kashtalarda ham taxminan shunday qaviqlar tushirib tikiladi. Oq tekis chok bilan tikiladigan kostyum chetlaridagi kunguralar (yoqa va yoqa o‘mizi chetlarining kungurali zixlari) petlya chok bilan tikiladi. Bunday qaviqlar bir-biriga zich yopishgan bo‘lib, kungura shaklida, turli yiriklikda tikilishi mumkin.
Kichkina solfetkalar cheti, peshbandlar etagi, sochiq uchi petlya chok bilan tikiladi. Bunda qaviqlar rangli yo‘g‘on ip bilan tikiladi. Qaviqlar yirikligi 5 -10 mm o‘rtasidagi oraliq 3-4 mm bo‘lishi mumkin. Qaviqlar yirikligigi ham har xil bo‘lib, (B rasmda). Uchtadan va udan ortiq bo‘lib, gruppalanishi (V rasmda) mumkin.


A



B

V

6. Popop chok.

Bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator petlyalardan iborat bo‘ladi. Bu chokni kergida va kergisiz tikish mumkin. Ikkila holda ignani o‘zi tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani kergisiz tikayotganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq shaklda bo‘lishini kuzatib borish kerak. Agar kashta ikki qavat ip bilan tikiladigan bo‘lsa, ipni gazlamaga puxtalab qavig‘i popop chokning birinchi qavig‘i bo‘lishi mumkin. Puxtalangandan keyin, ipni chapdan past tomondan o‘ngga yo‘naltiriladi,ignani esa birinchi petlya o‘rtasidan ip gazlama o‘ngiga chiqqan nuqtasidan gazlama kiritiladi. Igna birinchi petlyaga nisbatan,gazlamaning 4-5 ta ipiga teng oraliqda pastroqdan, ip petlyasi igna tagida qoladigan qilib chiqariladi. Shunday qilib, kashta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, har bir qaviqga gazlamadan bir xil miqdorda ip sanab tikiladi.
Popok chokni siniq chiziq shaklida. Tikish ham mumkin. Bunday chokning teskari tomonidan qaviqlari va o‘ngi tomonidagi petlyalari chokning o‘rta chizig‘idan navbatma-navbat bir chapga bir o‘nga joylashgan bo‘ladi.



7. Puxta-langan petlya va puxtalangan chala petlya.

Popop chokning birinchi petlyasini tikib olib, keyin petlyadan pastroqda gazlamaga igna sanchib mayda qaviq tushiriladi.
Oq va rangli tekis choklardagi kashta gullar va o‘tlar shunday petlyalar bilan tikiladi. Petyalarni aylana bo‘ylab (A va B rasm) va ag‘darib joylashtirish mumkin. Ularni ikkita va uchta qaviq bilan puxtalash mumkin. Ikkita puxta qaviq tushirishda, ipni qattiq tortmay, oldin birinchi, keyin esa ikkinchi puxta qaviq tikiladi. Uchta puxta qaviq tikiladigan bo‘lsa, ip petlyasi dastlabkidan ham bo‘shroq qo‘yiladi-da, oldin o‘rtadagi puxta qaviqni tikib olib, keyin ikki chetidagilari tikiladi (V -rasm)
Ba’zan gulning o‘zagi chala petlya bilan tikiladi ( G rasm), Ip ignani gazlamaning o‘ngiga chiqarib olinadi-da, popop chokdagidek ipni petlya qilib joylab, birinchi igna sanchilgan joydan 5-6 sm o‘ngroqda gazlamaga igna sanchiladi. Ignani ikkita sanchilgan joyning o‘rtasidan va sanchilgan joydan 5-6 mm pastroqdan chiqarib olinadi. Puxtalaydigan qaviqning yirikligi har xil bo‘lib, 10 mm gacha yetishi mumkin. Bu gul o‘zagining aylanasi bilan gul markazining oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.


A

B

V

G

8. Tugun-chalar.

Oq tekis chok bilan kashta tikishda gullar o‘zagi yoki yaproqlarning yarim tugunchalar bilan to‘ldiriladi. ba’zan oq tekis chok bilan tikilgan gul konturi bo‘ylab tugunchalar tikiladi. Ipni gazlamaga puxtalab,keyin uni gazlama o‘ngidagi kontur chizig‘iga chiqariladi. Chap qo‘l bilan ip chap tomonga tortiladi. Ignani uning uchini chapga qaratib, gorizontal ushlanadi. O‘zidan oldinga tomon yo‘naltirib, ignaga 1-2 marta ip o‘raladi, chok solish tugaguncha ipni chap qo‘l barmog‘i bilan tutib turiladi. O‘ng qo‘l bilan ip gazlama yuzasiga o‘tgan joydan ozroqqina oraliqda gazlamaga igna sanchiladi. Ehtiyot qilib ip teskari tomonga tortib olinadi. Hosil bo‘lgan tugunchani gazlamaga tortib borib, tikilgan tugunchadan 1,5-2 mm gacha o‘ngda ignani gazlama o‘ngiga chiqariladi-da, hosil bo‘lgan tuguncha yonida gazlama sanchiladi va gulning o‘zagi to‘lguncha doira bo‘ylab tikilaveradi.







Adabiyotlar ro’yxati
1.Truxanova A.T. «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari», T., 1980 y.
2.Jabborova M.Sh. «Tikuvchilik texnologiyasi», T., O’zbekiston, 1994 y.
3.Litvinova I.N., Shaxova Ya.A. «Ayollar ustki kiyimini tikish», Legpromizdat, 1987
Download 201.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling