Marhabo karimova qalamidan Eng yomon qarg’ishingiz go’zal bir duo bo’lsin


Download 16.74 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi16.74 Kb.
#999095
Bog'liq
MARHABO KARIMOVA qalamidan


MARHABO KARIMOVA qalamidan

Eng yomon qarg’ishingiz go’zal bir duo bo’lsin


( Sahroda bo’layotgan voqea )
Bir sahroyi ayoning og’ilchasi sho’x ekan
Undan zarar ko’rmagan biror kuni yo’q ekan
Qozondagi taomin tepib qochib ketarkan
Meshi to’la suvini sepib qochib ketarkan

Qarg’ar ekan onasi qilolmasdan epini


Qirqib qochganida kir yoyib qo’ygan ipini
Hoy, hoy ipimni qirqmagin qalbinga ilim to’lgur
Ey meshimni teshmagin ,,Kabaga Imom bo’lgur”

Hayvon dumin kesmagin bozor bo’l to’g’ri yur


G’arib yo’lin to’smagin kabaga imom bo’lgur
Demas ekan juvormak, yaramas, maraz, o’lgur, bo’yning chirigur
Bunaqa qo’pol so’zlarni ishlatmas ekan, bitta ekan qarg’ishi ,,Kabaga Imom bo’lgur”

Niyat ketdi vaqt ketdi misli yil yo shabada


Shu ayolning shu o’g’li Imom bo’ldi Kabaga
Ne ne shoh-u sultonlar orqasidan turib g’oz
Unga iqtido qilib o’qir edilar nomoz

Bolangizni so’kmangiz, duo qiling bolani


It eshshak deb so’kishga hayo qiling bolani
Rasululloh dedilar, yuzlaridan yog’ib nur
Bolalar bu jannatning gul-u rayhonlaridur
To’g’ri bazi gul-u rayhonlar ham kuydirar
Sho’xligi ortib ketsa joningizdan to’ydirar
Bobon derdi ,, hov kelin bolani so’kish asli emas ep
Jahlingiz chiqsa ayting nodon yoki xumpar deb boy bo’lgur deb, o’zingdan ko’paygur deng

Aslo demang o’l, lanat shuni bilib qo’yinki jon bolam urishish ham bir san’at


Ixlos bilan qilingan har niyating ushalar ko’kda omin deb turar farishtalar
It desangiz nima bo’ladi: it bo’lib o’zingizni qopadi
Eshshakdan eshshak har kim o’z tilidan topadi

Farzandingiz bilan el faxrlanib yashasin


It eshshak fellaridan parvardigor asrasin
Olim, shoir, hunarmand, shifokor, polvon bo’lsin bolalar
Yurtga kerakli halol inson bo’lsin bolalar

Bolangizni so’ksangiz ruxsat bor ekan ,,poshsho bo’lgur deb so’king’’


Ey olim bo’lgur xo’jayi xizirga oshno bo’lgur deb so’king
Tildan chiqqan har so’zda ma’rifat ziyo bo’lsin
Eng yomon qarg’ishingiz go’zal bir duo bo’lsin
Download 16.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling