Marhum ustoz shoir Abdulla Oripov bir suhbatda: "O‘tkan kunlar"ning bosh qahramoni Kumush va Otabek emas, Yusufbek hoji
Download 425.83 Kb.
|
o\'tgan kunlar romani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozgʻuchidan
Oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman[1]. 1969-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ushbu roman asosida „Oʻtgan kunlar“ nomli film suratga olingan. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan[2]. Roman 1920-yillar boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan[3], va 1926-yilda alohida kitob holida chiqarilgan.
Sujet Roman XIX asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan mavjud. Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qiladi. Adabiyotshunoslar Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy oʻy-fikrlarini soʻzlagan, deb bilishadi. Yozuvchi bir vaqtning oʻzida oʻzbek ayolining taqdirini ham kuzatib boradi. Ayrim anʼanalar, jumladan, koʻpxotinlik, Kumush va Zaynabning oʻrtasida oʻlimga olib boruvchi xusumatga sabab boʻladi. Yozuvchi goʻzal, Otabekka boʻlgan sevgi bilan ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtuvchi Kumush obrazini yaratadi. Biroq asar fojia bilan yakunlanadi: Kumushbibi kundoshi tomonidan zaharlab oʻldiriladi, Otabek esa vatanini himoya qilaman deb vafot etadi[4]. Yozgʻuchidan Modomiki, biz yangi davrga oyoq qoʻydiq, bas, biz har bir yoʻsunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga oʻxshash dostonchiliq, roʻmonchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishgʻa, xalqimizni shu zamonning „Tohir-Zuhra“lari, „Chor darvesh“lari, „Farhod-Shirin“ va „Bahromgoʻr“lari bilan tanishdirishka oʻzimizda majburiyat his etamiz. Yozmoqgʻa niyatlanganim ushbu — „Oʻtkan kunlar“ yangi zamon roʻmonchiligʻi bilan tanishish yoʻlida kichkina bir tajriba, yana toʻgʻrisi bir havasdir. Ma'lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydongʻa chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabi'iy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan choʻchib turmadim. Moziygʻa qaytib ish koʻrish xayrlik, deydilar. Shunga koʻra mavzu'ni moziydan, yaqin oʻtkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari boʻlgʻan keyingi „xon zamonlari“dan belguladim. Abdulla Qodiriy — Julqunboy Eʼtirof „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida yangi realistik nasrga asos soldi. Keyinchalik mashhur sharqshunos akademik Yevgeniy Bertels shunday yozadi:
Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev shunday yozadi:
Tanqid „Oʻtkan kunlar“ romani xalq tomonidan yaxshi kutib olingan biroq shoʻro hukumati ideologlari, kommunistik partiyaga moyil kishilar, shoʻroviy adabiy tanqidchilar tomonidan qattiq qoralangan. Tanqidlarning asosini asarning markscha-lenincha gʻoyalarga zid ekanligi, asarda burjua sinfiy kurashi, boylar tomonidan kambagʻallarni ezish sahnalari koʻrsatilmaganligi, oʻzbekning oʻtmishi bezab koʻrsatilganligi va bu bezaklar sovetlar qoralayotgan inqilobgacha boʻlgan davrni odamlar koʻziga juda chiroyli qilib koʻrsatishi kabi iddaolar tashkil etadi. 1928-yilda rus tanqidchisi Mixail Sheverdin „Oʻtkan kunlar“ asari haqidagi tanqidiy maqolasiga xulosa oʻrnida shunday yozadi:
„Oʻtkan kunlar“ romani haqida eng katta adabiy-tanqidiy materialni 1929–1930-yillarda Sotti Husayn yozadi. U asarni oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, badiiy ijodni mavjud shoʻrolar hokimiyati manfaatlariga xizmat qildirish nuqtai-nazaridan tahlil qiladi. Shu bois adibning mahorati, soʻz ustasi ekanligi, asarning sevib oʻqilishini inkor qilmagan holda asarni markscha-lenincha mafkura targʻibotchisi boʻlmagani uchun keskin tanqid qiladi. Xususan, tanqidiy maqolalaridan birida u shunday yozadi:
Senzura va nashrlar „Oʻtkan kunlar“ ilk bor 1925-yilda 1-boʻlimi (1926-yil xatoliklar tuzatilib qayta nashr qilingan), oʻsha yil 2-boʻlimi va 1926-yilda 3-boʻlimi alohida-alohida kitoblar holida arab alifbosida nashr etiladi. Ularning muqovasi „Mushtum“ jurnalining oʻsha paytdagi rassomi Ishtvan Tullya tomonidan bezatilgan (adadi – 10000 nusxa)[9]. 1933-yil esa senzuradan oʻtkazilib, bir qancha oʻzgarishlar va qisqartirishlar bilan qayta nashr etiladi. 1926-yilgi asl nashriga asoslangan oʻzbek kirill alifbosidagi ilk toʻliq nashri Toshkentda 1994-yilda chop etiladi[10]. Roman 1933-yil Boku shahrida lotin alifbosida, 1958-yil Toshkentda kirill alifbosida va 1958–1961-yillar Karachi shahrida oʻzbek tili arab alifbosida chop etiladi[11]. Tarjimalar 1931-yil Xolid Said va Abdulla Qamchinbek tomonidan ozarbayjonchaga oʻgirilgan[12]. 1958-yil Lidiya Bat va Vera Smirnova tomonidan „Minuvshiye dni“ nomi bilan rus tiliga tarjima qilingan[13][14]. 2019-yil Islom Karimov fondi buyurtmasiga asosan „Days Gone By“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan va Fransiyaning „Nouveau Monde Editions“ nashriyotida chop etilgan, tarjimon – Kerol Yermakova, muharrir – Juli Uikeden[15]. Bu tarjimaga rassom Bobur Ismoilov illustratsiyalar chizgan[16]. Shuningdek, 2019-yil amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Edvard Riz tomonidan „Bygone Days“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan[17]. Mark Edvard Riz ushbu kitob tarjimasiga 15 yil vaqt sarflagan va asar amerikaliklarga tushunarli boʻlishi uchun 400 dan ortiq izoh va sharhlar yozgan. Ushbu nashr nusxasi AQSHning Kongress kutubxonasidan oʻrin olgan[18]. Download 425.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling